Raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmatlar sohasi innovatsiyalari


Download 40.68 Kb.
bet1/2
Sana15.03.2023
Hajmi40.68 Kb.
#1270870
  1   2

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA XIZMATLAR SOHASI INNOVATSIYALARI
XXI asr raqamli texnologiyalar asri. Hozirda har bir soha yangi tehnologiyalar asosida o’zini yangicha ko’rinishini ochib bermoqda. Xususan xizmatlar sohasi. Biz hayotimizning barcha jabhalarida xizmat turlarida keng qamrovda bevosita foydalanamiz. Chunki xizmatlar sohasi juda ham keng qamrovli soha bo’lib hisoblanadi.Ayniqsa so’ngi yillarda xizmatlarning Online turidan ko’p foydalanayapmiz. Buning asosiy sabablarida biri COVID-19 pandemiyasi bo’ldi. Aniqrog’i 2020-yilning ‘Ajal oqimi’ bo’ldi desak ham adashmagan bo’lamiz. Bu o’z-o’zidan insonlarni yanada harakat qilishga ,yangi xizmatlarni yaratishga va ulardan foydalanishga undadi.Yaratilib uncha omma tomonidan qo’llanilmagan xizmatlarni yanada rivojlanib, ko’proq jabhalarni egallashga imkon yaratdi. Endilikda bu xizmatlar biz uchun odatiy ko’rinishday tuyuladi. Shu o’rinda bizga bir savol tug’ilishi aniq “O’zi xizmat deganda nimani tushunamiz?” Xizmat- bu iste’molchilarning ehtiyojlarini qondiradigan muhim va alohida bo’lgan nomoddiy faoilyatdir. Xizmatlar tovar yoki boshqa, boshqa xizmatlarni sotish bilan bog’liq bolishi shart emas. U iste’molchiga soha xodimi tomonidan takliflarni berilishi, unga didi va talabidan kelib chiqgan holda xizmat ko’rsatilishidir. Xizmatlarga biz bank xizmatlarini, sog’liqni saqlash xizmatlarini, qo’riqlash xizmatlarini va yana bir qancha xizmatlarni misol qilib o’tishimiz mumkin. Va bu xizmatlar doimo qayta ishlanish jarayonidan o’tadi va “Xizmat innovatsiyasi”ga aylanadi. Xizmat innovatsiyasi bu mijozga xizmat ko’rsatish usulini o’zgartirish. Xizmat innovatsiyalari barcha sohada butun dunyoda amalga oshiriladi. Albatta bu xizmat ko’rsatuvchi firmalarni o’z ichiga oladi, lekin mahsulotga asoslangan firmalar ham xizmat innovatsiyalarini ishlab chiqishi mumkin. Xizmat innovatsiyasining kaliti shundaki, u mijozga xizmat ko’rsatish usulini o’zgartiradi. Zamonaviy dunyo , zamonaviy tovarlar, zamonaviy xizmatlar… Biz barchasida zamonaviy so’zini ishlatayapmiz, va ba’zi insonlarda zamonaviy so’z nima degani degan tushuncha ham hosil bo’ladi. Bu bir so’z bilan aytganda ommalashuv ya’ni insonlar tomonida ko’p talab qilinadigan tovar va xizmatlarning umumiy mazmuni. Hozirda eng ommalashgan xizmat turi bu online magazinlar, onlayn taxi xizmatlari, online to’lov xizmatlari va boshqalar. Siz hozirda uyingizdan chiqmagan holatda o’zingiz uchun keralaki bo’lgan oziq-ovqat, kiyim-kechaklarnixarid qilishingiz, yoki uyingizdan chiqmagan holda taxi chaqirishingiz , yoki ichki va tashqi sayohatlar uchun aviachiptalar harid qilishingiz, yoki davlat to’lovlarini va chet elga pul o’tkazmalarini amalga oshirishingiz va bundan tashqari yana bir qancha xizmat turlaridan foydalanishingiz mumkin. Bu xizmatlarning qulaylik tomoni shundaki siz bularni barchasini uyingizdan chiqmagan holatda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Bu qulayliklar uchun hozirda mamlakatimizda barcha kerakli shart-sharoitlar yaratilgan . Xususan bozor erkinligi va sizning haq-huquqingiz qonuniy tomondan ham himoyalangan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganlariday: <>. Bu shuni anglatadiki har birimiz o’zimizga berilgan imkoniyatdan to’g’ri foydalanishimiz mumkinligi va mamlakatimizda ham xizmat ko’rsatish sohasiga bo’lgan e’tibor juda yuqoriligi.
Biz yaratayotgan har bir xizmat doimo o’z o’rniga ega bo’lishi uchiun unga yangiliklar kiritamiz, har doim xizmatni takomillashtirib turamiz.Yangi xizmatlar ishlab chiqish g’oya ishlab chiqishdan to bozorga chiqishgacha bo’lgan yangi xizmatlar takliflarini ishlab chiqishning umumiy jarayoni sifatida qarashimiz mumkin.Taklifni esa biz xizmatning asosiy atributlari ya’ni xizmat ishlab chiqish va iste’molchilar dididan kelib chiqgan holda bozorni o’rganish va eng xizmat sifatidan foydalanishimiz kerak bo’ladi. Sizda “xizmat sifati nima” degan savol o’z-o’zidan tug’ilishi mumkin. Xizmat sifati- bu tashkilot o’z xizmatlarini mijozlar kutganlari bilan solishtirganda qanday taqdim etish o’lchovidir. Biz mijozlarga ko’rsatadigan xizmatimiz ular kutgan natijadaligi va ularda bu xizmatdan qoniqish hosil bo’lishi samarali xizmatdir. Agarda bu xizmat mijozlarda qoniqish tug’dirmasa va ular kutgan natijada xizmat bo'lmasa bu tashkilot yoki kompaniyamizning inqiroz yoki obrosizlanish, bozordagi o’rnimizni yo’qotishga olib keladi. Xizmat sifatining besh mezoni mavjud va ular quyidagilar:
Ishonchlilik-bu tashkilot yoki kompaniyaning o’z mijozlarining ehtiyojlarini qondiradigan tarzda ma’lum bir xizmatni bajarish qobilyatiga aytiladi.
Haqiqiylik- bu xizmat ko’rsatishdagi ko’rinishni(masalan , ishchi hodimlarning kiyim-kechagi va xulq atvori) va ishonchliligini taminlashga aytiladi.
Empatiya- bu tashkiloy yoki kompaniya o’z xizmatlarini mijozlar istaklari va talablariga nisbatan hamdardlik va g’amxo’rlik ko’rsatish tarzida taqdim etish.
Ta’sirchanlik- bu kompaniyaning sodiqligi va mijozlarga tezkor xizmat taqdim etish qobiliyati.
Kafolat- bu mijozning ma’lim bir tashkilotga bo’lgan ishonchi va ishonchliligidir.

Har qanday ta’lim sohasining tarixi muhim mavzudir. 1990-yilgacha turli olimlar(masalan Shumpeter) xizmat tadqiqotlarini olib borishgan. Ammo 1990-yillarning boshidan beri bir necha mualliflar xizmat ko’rsatish bo’yicha tadqiqotlar olib borishdi. Biz 1993-yildan hozirgi kungacha bo’lgan xizmat adabiyotining umumiy yo’nalishi bo’yicha keng qamrovli ma’lumotlarga ega bo’lishga , uni kengaytirishga va undagi mavjud bo’shliqlarni to’ldirishga harakat qilayapmiz. Buning uchun eng avvalo Fiks va boshqalar tomonidan taklif qilingan evolutsiya metaforasini kengaytirish lozim.


Quinn va Paquetti- xizmat ko’rsatish texnologiyalarini tashkiliy inqiloblarini yaratish(1990) .Bu to’g’ri ishlab chiqilgan xizmat ko’rsatish texnologiyasini nisbatan tajribasiz odamlarga juda murakkab vazifalarni bajarishga yordam beradi.
Cook, Goh va Chungdan foydalanish tipologiyasi(1999). Mijoz bilan muomila xizmatini ko’rsatish tizimida jismoniy mavjudligini bildiradi. Xizmat ko’rsatish tizimlari doimiy ravishda joylash va bu xizmatni yaratish jarayonida mijozlar bilan yaxshi darajada muomilada bo’lishi kerak.
Lusch, Vargo va Malterning xizmatlar almashinuvi marketing: Global marketingni boshqarishda yetakchilik rolini o’ynash(2006). Bu xizmat ko’rsatish darajasi uchun tovarlarning optimal konfigurasini,mavjud bo’lsa , xizmat ko’rsatish evaziga optimal to’lov mexanizmini aniqlanishini taminlaydi.
Xizmat haqida turlicha olimlarning o’z qarashlari mavjud.


Download 40.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling