Raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalar


Big Data termini haqida tushuncha?


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/43
Sana24.01.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1114062
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot yakuniy savollaga javob

68.Big Data termini haqida tushuncha? 
«Big Data», ya’ni salmoqli ma’lumot atamasi kuniga 100 gb.dan ko‘p ma’lumot tushadigan 
oqimlarga nisbatan qo‘llanilgan ekan. Keyinchalik ma’lumotlarning keskin ko‘payishi oqibatida 
bu tushuncha keng qamrov kasb eta boshlagan. Ushbu atama odatda (terabayt, ekzabayt va 
petabaytlar darajasidagi) katta hajmdagi ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladi. Big data(katta 
ma'lumotlar) - juda katta hajmdagi bir jinsli bo'lmagan va tez tushadigan raqamli ma'lumotlar 
bo'lib, ularni odatiy usullar bilan qayta ishlab bo'lmaydi.


69.Kognitiv texnologiyalar tushunchasi va mohiyati?  
Kognitiv texnologiyalar deganda bilim, tajriba, aloqa va qarorlarni ishlab chiqish uchun va 
faollashtirish uchun aqlli tizimlarni ratsionalizatsiya qilish va shakllantirish uchun keng 
ko‘lamdagi texnologiyalar tushuniladi. 
Kognitiv texnologiyalarning mohiyati - odam olingan ma’lumotni qanday qabul qilishi va 
ishlov berishni, qaysi shakllarni (kognitiv sxemalar)ni yarata olishini topishdan iborat. 
70.Big Datadan foydalanish asosiy muammolari?  
Katta ma'lumotlarning eng katta muammosi - uni qayta ishlashning narxi. Bunga qimmatbaho 
uskunalar va katta miqdordagi ma'lumotlarga xizmat ko'rsatadigan malakali mutaxassislarning 
ish haqi xarajatlari ham kirishi mumkin. Shubhasiz, uskunalar doimiy ravishda yangilanib 
turilishi kerak, shunda u ma'lumotlarning ko'payishi bilan minimal ish qobiliyatini yo'qotmaydi. 
71.Kognitiv modellashtirishning maqsadi nima?  
Kognitiv modellashtirish murakkab va noaniq vaziyatlarda (geosiyosiy, ichki, harbiy va 
hokazo), bunday vaziyatlarda sodir bo‘layotgan jarayonlar to‘g‘risida miqdoriy yoki statistik 
ma’lumot yo‘q bo‘lganda boshqaruv qarorlarini tizimlash, tahlil qilish va qabul qilish uchun 
mo‘ljallangan . 
72.Blokcheynda qanday algoritmdan foydalanamiz? 
Blokcheynning huquqiy layoqati va ishonchliligini ta’minlaydigan mexanizmlar – bu konsensus 
algoritmlari. 

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling