Raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalar
)Zamonaviy innovatsion raqamli texnologiyalar?
Download 67.11 Kb.
|
Raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiya
8)Zamonaviy innovatsion raqamli texnologiyalar?
Raqamli texnologiyalar hayotimizga shunchalik singib ketdiki, bugungi kunda nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham ularsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Tabiiyki, boshqa sohalarda bo'lgani singari kabi paqamli texnologiyalarni soliq ma'murchiligida joriy etish ham uning faoliyatini tubdan o'zgartirmoqda. Bu nafaqat soliq to'lovchilar va soliq organlari o'rtasidagi munosabatlar bilan bog'liq bo'lib qolmay, balki deklaratsiyalarni taqdim etishdan tortib, to soliqlarni to'lash va ma'lumotlarni saqlash usullarigacha ham yangilikliklar kirityapti. Xususan, tizimda yagona elektron platformani yaratish orqali ma'lumotlarni kiritish, to'plash, shakllantirish, tahlil qilishning zamonaviy uslubi yo'lga qo'yildi. Buning natijasida soliq hisobotlarini topshirish jarayoni 5-7 barobarga qisqardi. Ayni kezda 112 guruh va 1348 tovar va xizmatlar sinfidan iborat bo'lgan O'zbekiston Respublikasi tovarlar va xizmatlarning yagona elektron tasniflagichi uchun veb-portal joriy qilingan. Mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodlari yordamida 900 mingdan ortiq elektron hisob-fakturalar yaratilgan 9)Raqamli texnalogiyalar va ularni rivojlanish tendensiyalari? “Raqamli iqtisodiyot” tovarlar va xizmatlarni yaratish yoki moslashtirish, bozorga chiqarish yoki iste'mol qilish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanishni anglatadi. Raqamli yangiliklar qatoriga raqamli banking, elektron tijorat, virtual ta’lim, smartfon ilovalari va hamkorlik platformalari kiradi. Raqamli texnologiyalarining asosiy rivojlanish bosqichlari sifatida esa quyidagilarni keltirishimiz mumkin: 1-bosqich. Boshqaruv jarayonlarni kompyuterlashtirish va avtomatlashtirishning amalga oshirilishi (shu jumladan, ARM. ERP. EDI, SRM, SAPR, ASU, ASUTP va boshqalar). Telekommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi. shu jumladan. simli va simsiz, optik aloqaning amalga oshirilishi. 2-bosqich. On-line platformalarning hayotga tadbiq qilinishi (qidiruv tizimlari, elektron savdo maydonlari, masofaviy ta’lim, ijtimoiy tarmoqlar). Bulutli va virtual texnologiyalarning hayotga kirib kelishi. 3-bosqich. Katta ma’lumotlarning prediktiv analitikasi, buyumlar interneti, robototexnika, additiv texnologiyalarning keng miqyosda ishlatilishi (shu jumladan, 3D-printerlar), sun’iy intellekt (shu jumladan, mashina yordamidagi ta’lim jarayoni). 10)Eng rivojlangan AKTga ega mamlakatlar qaysilar? Isroilning asosiy yutugʻi IT — kelajak sohasi ekanligini aksariyat davlatlardan oldin, 25 yil ilgari proznoz qilib, bor kuchni uning rivojiga qaratganidir. Bundan oʻn yetti yil ilgari Gruziyada “rangli inqilob” natijasida hokimiyat tepasiga kelgan Saakashvilining nomi eslanganda uning Gruziyada amalga oshirgan islohotlari tilga olinadi. Saakashvili mamlakatdagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash olib borgan, koʻplab vazirlik va tashkilotlarni tugatib, ixchamlashtirgan. Ungacha boʻlgan 20 turdagi soliqdan, bor yoʻgʻi yettitasini qoldirib, qolganini bekor qilgan. Ayni paytda Gruziya Sobiq Ittifoqdan qolgan eski tizim bilan boshqariladigan qoloqlik botqogʻidan chiqib olib, shiddat bilan rivojlangan davlatlardan biri. Uni, shubhasiz, taʼlim va kompyuter texnologiyalariga boʻlgan eʼtibor shu darajaga olib chiqdi. Bugungi kunda Gruziya etakchi dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilari va boshqa axborot texnologiyalari kompaniyalari uchun jozibador mamlakatga aylangan. Eng muhimi, Gruziyaning IT mutaxassislari dunyoning istalgan eng kuchlikompaniyalarida bemalol ish topib keta oladi! Bir paytlar Belorussiya tang ahvolda qolayotgan davlat edi. Na eksport qiladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, na tabiiy boyliklari boʻlgan ushbu mamlakat iqtisodiy tanglikdan chiqish yoʻlini IT taʼlimida deb bildi va bu mutlaqo toʻgʻri edi. 11)Bulutli texnologiyalarni rivojlantirish bosqichlarini ayting? Bulutli dasturlar texnologiyasi - bu Internetga asoslangan platforma, bu resurslar serverdan mijozga tarmoqlar kanallari orqali ma'lumot yetkazadi. Shu sababli, texnologiya yorug'lik tezligida yangilanayotgan hozirgi dunyoda qaysi texnologiyaga o'tish kerakligini va texnologiyadan to'g'ri foydalanishni bilish juda muhimdir. Shunday qilib, bulutli texnologiyalarning mashhurligi va Internetning salbiy ta'siriga qaramay, u eng tezkor texnologiya bo'lib qoladi va u bugungi bozorning so'nggi tendentsiyasiga aylandi. 12)Raqamli iqtisodiyotning eng istiqbolli texnologiyalari va ularning xususiyatlari Download 67.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling