Raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalar


Download 348.44 Kb.
bet4/4
Sana17.12.2022
Hajmi348.44 Kb.
#1026151
1   2   3   4
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalar

,

  • Fuqarolarning davlat organlari bilan aloqasini elektron shaklda amalga oshirish, ya’ni davlat o‘z fuqarolari uchun elektron xizmatlar ko‘rsatishi va elektron mahsulotlarni taklif etishi — bu raqamli iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblanadi.
  • Elektron davlat xizmatlarini aholi va tadbirkorlik sub’eklariga taqdim etib borish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) o‘z faoliyatini olib bormoqda. Bugungi kunda ushbu portal orqali 218 ta elektron davlat xizmatlari taqdim etib kelinmoqda, jumladan 2020 yil davomida 45 ta yangi xizmat joriy etildi. Xususan, uy-joy va kommunal xizmatlar uchun onlayn to‘lovni amalga oshirish, shifokor qabuliga elektron tarzda yozilish, fuqarolarni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olish, kadastr pasportini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ipoteka kreditlari bo‘yicha davlat subsidiyasini olish xizmatlari va boshqa bir qator xizmatlar elektron shaklga o‘tkazildi va portal orqali ishga tushirildi. Elektron davlat xizmatlari bo‘yicha yil boshidan beri 3,1 milliondan ortiq arizalar kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 foizga oshdi.
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining izchil rivojlanishining yana bir muhim omillaridan biri sohada raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni ichki va tashqi bozorlarda ilgari surish, innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirishdir.
  • Aynan mana shu maqsadni ko‘zlab barpo etilgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park)ning rezidentlari hisoblangan 416 tashkilotda bugun besh ming nafardan ortiq mutaxassis faoliyat yuritmoqda. Eng muhimi, ushbu tashkilotlarning 14 tasi xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan bo‘lsa, 54 tasi yangi ochilgan.

  • Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan TATU tuzilmasida O‘zbek-Belarus qo‘shma fakulteti tashkil etilib, 2019/2020 o‘quv yilida 505 nafar talaba qo‘shma fakultetning birinchi bosqichini yakunladi. 2020/2021 o‘quv yili uchun qo‘shma fakultetga 500 nafar talaba qabul qilindi.
  • TATU va uning filiallarida jami 1 5000 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda.
  • 2020 yilda TATU va uning hududiy filiallarida umumiy qiymati
  • 14,7 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan 66 ta ilmiy-tadqiqot ishlari (2,4 mlrd. so‘m qiymatidagi 9 ta fundamental, 4,6 mlrd. so‘m qiymatidagi 21 ta amaliy, 4,2 mlrd. so‘m qiymatidagi 8 ta innovatsiya loyihalari va 3,5 mlrd. so‘m qiymatidagi 28 ta xo‘jalik shartnomalar) amalga oshirildi.
  • TATU 2019 yilda Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” dasturi doirasida qiymati 998 ming yevro bo‘lgan 2 ta yangi loyihalarda ishtirok etishni boshladi hamda ushbu loyihalar 2019-2021 yillar davomida amalga oshirilishi belgilangan. Natijada bugungi kunda umumiy qiymati 1,7 mln. AQSh dollari bo‘lgan 9 ta “Erasmus+” dasturi doirasidagi loyihalar amalga oshirilmoqda.
  • TATUda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi 7 ta ixtisoslik bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalar himoyalarini o‘tkazadigan 2 ta ilmiy kengash faoliyat yuritmoqda.
  • Prezidentimizning 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan Toshkent shahrida Amiti universiteti tashkil etilgan va o‘z faoliyatini 2019/2020 o‘quv yilidan boshlagan Toshkent shahrida Amiti universitetiga xorijiy mamlakatlardan 17 nafar PhD darajasiga ega professor-o‘qituvchilar jalb qilingan bo‘lib, 2019/2020 o‘quv yilida 498 nafar talaba birinchi bosqichni yakunladi. Toshkent shahridagi Amiti universitetiga 2020/2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq onlayn shaklda tashkil etilib, 384 nafar talaba qabul qilindi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 348.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling