2-mavzu Sanoat texnologiyasi. - Sanoat texnologiyasi.
- Sanoat tushunchasi, tamoyillari va tarkibiy qismlari.
- Savdo va tijorat aloqalari tizimlarning globallashuvining zamonaviy tendensiyalariga mos keladigan murakkab va ko‘p qirrali jarayonlar.
- Sanoat ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy global texnologik tendensiyalari.
1995-yilda Kanadalik iqtisodchi Don Tapscottning “The Digital Economy» kitobi nashrdan chiqadi. Unda Don Tapskot rivojlangan mamlakatlardagi jamiyatning evolyutsion tendensiyalarini tahlil qilish natijalarini bayon qildi. Axborot 8 muhitni yangi iqtisodiyotga, ya’ni raqamli iqtisodiyotga aylantiradigan 12 muhim belgilarni keltirgan (1 mavzuda ko’rsatib o’tilgan). - 1995-yilda Kanadalik iqtisodchi Don Tapscottning “The Digital Economy» kitobi nashrdan chiqadi. Unda Don Tapskot rivojlangan mamlakatlardagi jamiyatning evolyutsion tendensiyalarini tahlil qilish natijalarini bayon qildi. Axborot 8 muhitni yangi iqtisodiyotga, ya’ni raqamli iqtisodiyotga aylantiradigan 12 muhim belgilarni keltirgan (1 mavzuda ko’rsatib o’tilgan).
- 2017-yilda raqamli inqilob hal qiluvchi bosqichga kirdi – dunyoning har ikkinchi aholisi Internetga ulandi. McKinsey Global Instituti (MGI) ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi 20 yil ichida ish operatsiyalarining 50% gacha dunyoda avtomatlashtirilishi mumkin va bu jarayonni 18-19-asrdagi sanoat inqilobi bilan taqqoslash mumkin . Sanoat inqilobi alohida mamlakatlarga iqtisodiy o‘sishning ajoyib sur’atlarini ta’minlashga imkon berdi va bir necha o‘n yillar davomida ular global iqtisodiyotning yetakchilariga aylandilar. Hozirgi vaqtda, iqtisodiyotning globallashuvi va axborotkommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi davrida ko‘plab mamlakatlar iqtisodiyotlari yangi raqamli shakliga o‘tmoqda. Raqamli iqtisodiyot mamlakatlar va butun mintaqalar iqtisodiyotining qiyofasini va tuzilishini o‘zgartirmoqda. Tarmoq ichidagi raqobat kuchaymoqda, bozorlar kengaymoqda, ayrim mamlakatlar sanoatlarining jahon bozorlarida raqobatbardoshligi oshmoqda. Natijada milliy iqtisodiyotlarning o‘sishi kuzatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |