Raqamli iqtisodiyotda menejment


Download 378.8 Kb.
Sana14.11.2023
Hajmi378.8 Kb.
#1772534
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyotda menejment1

Raqamli iqtisodiyotda menejment

Topshirdi:Atabayev Tohir

Reja:


Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik yuritishning yangi, zamonaviy usuli bo'lib, unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko'rinishdagi katta ma'lumotlar majmuyi va ularni qayta ishlash jarayoni tushiniladi. Raqamli iqtisodiyotni Internet iqtisodiyoti , yangi iqtisodiyot yoki veb -iqtisodiyot deb ham atashadi . Raqamli iqtisodiyot tobora an'anaviy iqtisodiyot bilan chambarchas bog'liq bo'lib, aniq chegaralanishni qiyinlashtirmoqda. 
Raqamli iqtisodiyot axborot -kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) samaradorligini oshirish uchun biznesning barcha sohalarida tarqalishi bilan asoslanadi.
Jahon banki tamonidan 2016-yilda berilgan tarif-Raqamli iqtisodiyot bu iqtisodiy rivojlanishning yangi paradigmasi bo'lib, real vaqtda ma'lumotlar almashinuviga asoslanadi. Bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlarning tizimi bo'lib, axborot kommunikatsion texnologiyalar tizimiga asoslanadi.
Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat
Raqamli iqtisodiyot mavzusining ahamiyati Google qidiruv tizimida yaqqol ko'rinadi; u 0,44 soniyada 823 000 000 masalani topa oladi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, «menejment» ma’nosi «boshqaruv» atamasiga
qaraganda ancha tor. Masalan: mashina, dastgoh texnologik liniyalarini
boshqarishi mumkin, bu esa muhandis va texnologlarning vazifasiga kiradi.
Menejment esa ayni firmaning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni
anglatadi.Shunga muvofiq tarzda boshqarishning ham bitta asosiy yo’nalishi mavjuddir. Eng asosiysi, iqtisodiy boshqaruvdir. Chunki, iqtisod – moddiy ishlab chiqarish jamiyat hayoti va taraqqiyotining negizini tashkil etadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgan hozirgi davrda iqtisodni boshqarishga jiddiy e’tibor berilayotgani bejiz emas. Milliy tiklanish iqtisodni qayta qurishdan boshlanadi. Iqtisodiy jihatdan O’zbekistonning rivojlangan mamlakatlarga yetib olishi iqtisodiy boshqaruvni to’g’ri yo’lga qo’yilishi bilan chambarchas bog’liqdir1.
Ijtimoiy-siyosiy boshqaruv kishilarning turli jamoalari (ijtimoiy guruhlar,
millatlar, jamoalar va b.) o’rtasidagi munosabatalarni boshqarishdir. Boshqaruvni bu
turining asosiy mohiyati - turli guruhlar ittifoqini yanada mustahkamlash va taraqqiy
ettirishdan iborat. Mehnat jamoalarining ijtimoiy rivojlanishida boshqarish katta
ahamiyat kasb etadi. Chunki, barcha ishimizning va rejalarimiz taqdiri ko’p jihatdan
jamoa munosabatlarining takomillashuv darajasiga, “ijtimoiy mikroiqlim”ning
sog’lom bo’lishiga bog’liqdir. Shu jihatdan bu turdagi boshqaruvdan ko’zlangan
maqsad davlat boshqaruvini takomillashtirib,raqamli iqtisodiyotdagi ro’lini oshirishdan iboratdir.
Menejment (inglizcha: management) — boshqarish, tashkil etish) — maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. Menejmentning holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat. 
Dunyo hamjamiyatida ro‘y berayotgan bunday jadal o‘zgarishlar va raqobatning keskinlashuvi jarayonida innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni keng joriy etmasdan turib, yaqin va uzoq kelajakda mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, uning raqobatdoshligini ta’minlay olmasligimiz ayni haqiqat bo‘lib, bu esa, o‘z navbatida, ilmiy va amaliy harakatlarni kuchaytirishni talab etadi.
Download 378.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling