Raqamli iqtisodiyotda moliyaviy texnologiyalar roli
Download 0,75 Mb.
|
1 2
Bog'liqRaqamli iqtisodiyotda moliyaviy texnologiyalar roli
Raqamli iqtisodiyotda moliyaviy texnologiyalar roli.6mm-20 guruh talabasi Abdusalomov SamariddinReja: 1. Raqamli texnologiyalar (Digital technologies) tushunchasi, uning maqsadi va vazifalari. 2. Tizim haqida tushuncha va uning asosiy turlari. Raqamli axborot tizimlarning ta’rifi va tavsifi. Raqamli axborot tizimlarining strukturasi va tarkibiy elementlari. 3. Raqamli axborot tizimlarning dasturiy ta’minoti va turlari. Raqamli texnologiyaning jahon miqyosidagi o‘rni. Raqamli texnologiya bu – xo‘jalik yuritishning bir zamonaviy shakli bo‘lib. unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko‘rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni xizmat qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy ho‘jalik yuritish shakllariga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, bulutli texnologiyalarni. masofaviy meditsina xizmatlari ko‘rsatishni, aqlli texnologiyalar yordamida mahsulot yetishtirish va uni yetkazib berishni, turli xildagi tovarlarm saqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin Raqamli texnologiyalar quyidagi tizimli o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi: Ta’lim, ishlab chiqarish va boshqaruvdagi virtualizatsiya jarayonlarining amalga oshishi:
Biznesda mustahkam raqobat ustunlikka erishish, eng yuqori cho‘qqiga chiqish hamda bu maqomni saqlab qolish unchalik oson ish emas. Xususan, AQSH statistika ma’lumotlariga ko‘ra. 2000 yil Fortuue 500dan o‘rin olgan kompaniyalaming 52%dan ko‘prog‘i hozirgi kunga kelib mavjud emas. Yana bir muhim ko‘rsatkich: Standard & Poor’s 500ga kiradigan kompaniyalarning o‘rtacha umr uzunligi 1960 yilda 60 yilni tashkil qilgan bo‘lsa. 2020 yilga kelib, 12 yilga qisqarar ekan. Yetakchilik muddatining bunday besh karra qisqarishining sababi butun biznesning. jumladan, servis biznesining raqamli asoslarga o‘tishi sanalib, biz hozirgi kunda bu hodisaning guvohi va qatnashchisi bo‘lib turibmiz. «Raqamli inqilob» (Digital Disruption) - fenomeni tahlilchilar orasida ham, kompaniyalar direktorlar kengashilarida ham dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Servis biznesi qaysi bir ma noda «default» (shartlarsiz tan olingan) maqomidagi raqamli biznesga aylanmoqda. Bir tomondan, hech bir kompaniya ham foto biznesida bir paytlar plenkadan «raqam»ga sakrab o‘tish vaqtini sezib-sezmay o‘tkazib yuborgan Kodak qismatini takrorlashni istamaydi. Boshqa tomondan, Amizon, Uber, Airbnb va boshqalar raqamli inqilobdan qanday qilib foydalanish hamda biznes yuritishning tamomila yangicha sxemalari o‘ylab topish va amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatadilar. Raqamli biznes bu jismoniy va raqamli dunyolarni birlashtiradigan yangi biznes-modellar paydo bo‘lishidir. School of Management esa raqamli o‘zgarishni «korxonalar qiymati va unumdorligini tubdan oshirish uchun zamonaviy tcxnologiyalardan foydalanish sifatida ta’riflaydi. Ijtimoiy tarmoqlar, smartfonlar bozori, internetga keng polosali ulanish, mashinali o‘qitish texnologiyalari va sun’iy intellektning «portlab» o‘sishi kompaniyalar faoliyat yuritayotgan dunyoni o‘zgartirib yuboradi. Ular yoki yangi bozordagi bo‘sh joylarni egallashlari yoki mavjud bo‘sh o‘rinlarni o‘zgartirgan holda o‘zlarini o‘zgarishlarga moslab olishi lozim bo‘ladi. Tashkilotlarni raqamli o‘zgartirish jarayoni - yangi axborot texnologiyalarining rivojlanishi va butun dunyo bo‘ylab faol tarqalishiga javob hisoblanadi.Raqamli o‘zgartirish turli darajalarga erishib, ular o‘rtasidagi farq ikkita atama - «raqamli ko‘rinishga keltirish» va «raqamlashtirish» o‘rtasidagi farq bilan bir xil ma’noga ega bo‘ladi. Raqamli korinishga keltirish bu axborotni jismoniy vositalardau raqamli vositalarga o‘tkazishdir. Raqamli ko‘rinishga keltirishga misollar elektron kitoblar, videokurslar, suratning raqamli nusxasini yaratish va boshqalar. Bunda axborot strukturasining o‘zgarishi ro‘y bermaydi, u faqat eleklron shaklga ega bo‘ladi, xolos. Raqamli ko‘rinishga keltirish ko‘pincha mavjud biznes-modelni takomillashtirish va biznes- jarayonlarni optimallashtirish uchun foydalaniladi. Raqamlashtirish esa - raqamli shaklda bo‘lgan butunlay yangi mahsulotlar yaratishdir. Masalan. multiplikatsiyali dinamik o‘quv kursi yoki hujjatni sharhlashning interaktiv tizimi - bu raqamlashtirishdir. Raqamlashtirish asosida yaratilgan mahsulotni uning sifatini jiddiy yo‘qotmasdan turib, texnik vositalarga o‘tkazishning imkoni yo‘q, shu sababli raqamlashtirish, raqamli ko‘rinishga keltirishdan farqli ravishda, biznesga sezirarli darajada keskin rivojlanish va yangi raqobatli ustunliklar qo‘lga kiritishga imkon bcradi. Download 0,75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling