Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini oʼrni


Download 211.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana14.10.2023
Hajmi211.61 Kb.
#1703635
1   2   3
Bog'liq
O’zbekistonda kimyo fanining rivojlanishi va qishloq xo’jaligidagi (3)

2. O’zbekistonda kimyo fani
rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar


O’zbekistonda nafaqat anorganik
kimyoning, balki kimyoning hamma
tarmoqlarini rivojlanishi uchun yirik o’zbek
kimyogar olimlaridan Obid Sodiqovich
Sodiqov, Sobir Yunusovich Yunusov, Malik 
Nabievich Nabiev, Hamdam Usmonovich
Usmonov, Karim Sodiqovich Axmedov, 
Zokirjon Salimovich Salimov va boshqalar
o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar. 

Quyida kimyo fanini rivojlanishiga munosib
hissa qo’shgan buyuk o’zbek kimyogar
olimlari haqida qisqacha ma’lumotlar
berilgan. 
1-rasm. Obid Sodiqovich Sodiqov
(1913-1987)
O’z.FA
akademigi.
O’z.FA.Prezidenti
(1966-1984).
Beruniy
nomidagi
O’z.R.Davlat mukofati laureati.
O’z.R va Q.Q.A.R xizmat ko’rsatgan fan va
texnika arbobi. Dunyoga mashhur
bo’lgan
1200 ta kimyogar olimlar orasidagi
yagona
o’zbek olimi.



Sodiqov Obid Sodiqovich organik, bioorganik va tabiiy birikmalar kimyosi sohasidagi yirik olim, 
ilmiy ishlari O’rta Osiyodagi alkaloidli o’simliklarni tekshirish, yangi alkaloidlar ajratib olish, 
ularning tuzilishi va konformatsiyasini aniqlashga, paxta tsellyulozasi kimyosi va texnologiyasiga, 
g’o’za tarkibidagi alkaloidlarni, O’rta Osiyo yovvoyi o’simliklarni tarkibidagi alkaloidlarni
muhofaza qilish sohasidagi katta ilmiy muammolarni hal etishga qaratilgandir. 

G’o’za bargi, chigiti, guli va g’o’zapoyadan turli yuqori molekulali uglevodorodlar, spirtlar, turli
vitaminlar ajratib olindi. Limon va olma kislotalari olishning yangi va arzon usuli yaratilib ishlab
chiqarishga joriy etilgan. 

Alkaloidlar bilan bir qatorda turli fiziologik xususiyatli o’simlik moddalarining boshqa turlarini
ham chuqur o’rganish asosida ayrim guruh moddalarining o’simliklar hayot faoliyatidagi fiziologik
vazifasini aniqlash katta ahamiyat kasb etdi. Natijada o’simliklarda kechadigan ko’pgina
kimyoviy jarayonlar mexanizmi o’rganildi. 



Bu tadqiqotlarda spektroskopiya, kvant kimyosi, stereokimyo kabi eng zamonaviy tahlil usullari
qo’llanildi.Bu organik kimyo, bioorganik kimyo va biokimyo kabi fanlarining muhim nazariy
masalalarini hal etishga imkon berdi. 

O.S.Sodiqov rahbarligida respublikamizda birinchilardan bo’lib, turli guruhdagi tabiiy
birikmalarning reaktsiyaga kirishish mohiyatini, ularning tuzilishi va molekulalari konformatsiyasi
bilan o’zaro aloqadorligi o’rganildi. 

O.S.Sodiqov O’z.R.FA.Prezidenti sifatida bioorganik kimyo, polimerlar kimyosi, paxta
tsellyulozasi, biologiya, geologiya kabi sohalarning yanada rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan
buyuk olimdir. O’zbekiston Fanlar Akademiyasining va bir qator chet ellar akademiyalarining
akademigi, alkaloidlar kimyosi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan o’zbek kimyogarlaridan biri
Sobir Yunusovich Yunusovdir. 


2-rasm. Sobir Yunusovich Yunusov (1909-1995) 
O’zFA akademigi, «Leopol’din» nomidagi nemis
tabiatshunoslari akademiyasi akademigi. 
D.I.Mendeleev nomidagi oltin medal sohibi. 
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika
arbobi. Beruniy nomidagi O’z.R.Davlat mukofоti
laureati” Buyuk xizmatlari uchun”ordenlari bilan
mukofatlangan.

Ilmiy ishlar io’simliklar tarkibidan alkaloidlarni izlash, 
ularni ajratib olish, xalq xo’jaligining turli sohalarida
qo’llanilishiga bag’ishlangan. Akademik Sobir 
Yunusovich rahbarligida alkaloidlarning o’simliklarda
yig’ilish dinamikasi va hosil bo’lish mexanizmi chuqur
o’rganildi. To’rt mingdan ortiq o’simlik o’rganilib, 
ularning yarmisi tarkibida alkaloid mavjudligi
aniqlandi. Bir necha yuz yangi alkaloidlar ajratib olindi. 
Uch yuzdan ortiq yangi alkaloidlarning tuzilishi
aniqlandi. Ko’pgina preparatlarning tibbiyotda
qo’llanilishiga Sobir Yunusovichning xizmati katta
bo’ldi. Uning rahbarligida yuqori samarali pestitsidlar
topildi va qishloq xo’jaligiga joriy etildi. 



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‛YXATI 


Francis A. Carey. Organic chemistry, University of Virginia, fourth edition-
2012 (darslik) 

Anatol Malijevskґy.Physical chemistry inbrie., 2005(darslik) 

A. Abdusamatov “Organik kimyo” Toshkent – 2005(darslik) 

A. Abdusamatov, S. Zakirov, R.Ziyayev “Fizik va kolloid kimyo” Toshkent -
2013. (darslik) 

Download 211.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling