Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini oʼrni


Download 211.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana14.10.2023
Hajmi211.61 Kb.
#1703635
  1   2   3
Bog'liq
O’zbekistonda kimyo fanining rivojlanishi va qishloq xo’jaligidagi (3)



O’zbekistonda kimyo fanining rivojlanishi va qishloq
xo’jaligidagi ahamiyati. Kimyoning asosiy tushuncha
va qonunlari
Reja:
1. O’zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishi
2. O’zbekistonda kimyo fani rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar
3. Atom molekulyar ta’limot. Kimyo fanining asosiy tushunchalari
4. Kimyoning stexiometrik qonunlari



Kimyo –moddalar, ularning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ular orasida boradigan o’zgarishlarni
o’rganadigan fan. 

Kimyo moddalarning tarkibini, tuzilishini, xossalarini va bir-birlariga o’zgarshishlariga olib
keladigan reaktsiyalarni o’rganadi. 

Moddalar asosan molekulalardan va boshqa (atom, ion) zarrachalardan tashkil topgan. Hozirgi
kunda 18 mln.dan ortiq modda o’rganilgan. Masalan: suv, neft, oltin, temir, havo. 

Moddaning xossasi – moddalarning bir-biriga o’xshaydigan va birbiridan farq qiladigan belgilari. 

Moddalarning xossalari kimyo nuqtai nazaridan ikkita sinfga bo’linadi:

Moddaning fizik xossalari: zichlik, ta’m, rang, agregat holat (gaz, suyuq, qattiq va plazma), 
qaynash, erish, suyuqlanish, muzlash haroratlari, issiqlik va elektr o’tkazuvchanlik, 
qovushqoqlik, elastiklik va h. 



Moddaning kimyoviy xossalari: metall, metallmas, kislota, asos va amfoterlik, yonish va h. 
Masalan: Suv (H
2
O) – 1) zichligi birga teng bo’lgan ta’msiz, rangsiz suyuqlik, 100
0
С da qaynaydi, 
0
0
С da muzlaydi, issiqlik va elektr tokini yomon o’tkazadi. 2) yonmaydigan, neytral modda. 

Molekula – moddaning xossalarini o’zida mujassamlashtirgan eng mayda zarrachasi. Masalan: 
Shakar suvda eritilganda molekulyarga ajralib ketadi va shu bilan birga barcha xossalari saqlanib
qoladi. Molekulalar atomlardan tashkil topgan. Atom – musbat zaryadlangan yadro va manfiy
zaryadlangan elektronlardan iborat elektroneytral zarracha. Hozirgi kunda 2000 dan ortiq atom 
fanga ma’lum. Atom – grekchadan olingan bo’lib, “bo’linmas” degan ma’noni anglatadi. 

Moddalarni o’rganish bilan har hil tabiiy fanlar shug’ullanadi, ular orasida kimyo eng muhim
o’ringa va ahamiyatga ega. 




Download 211.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling