Kartani tuzish va jihozlash
Kartani tuzish texnologiyasini ishlab chiqish va kartani nashrga tayyorlash
kartaning tahririy-tayyorgarlik jarayoniga kiradi.
Kartani tayyorlash amaliyotida har xil texnologiyalardan foydalaniladi.
Qaysi bir texnologiya tez va arzon bo`lishi kartografik korxonaning texnikaviy jihatdan ta’minlanganiga bog`liq. Karta ishlab chiqarish vaqtida, ba’zi jarayonlar va texnologik bosqich butunlay qo`llanilmasligi ham mumkin. Ba’zi qo`lda bajariladigan ishlarda fotomexanik usulini ishlatish, ba’zi operatsiyalarni bajarishda avtomatizatsiya yoki kompyuterni qo`llash bilan ish sifatini yaxshilash va tezroq bajarish mumkin. Karta tuzish deganda kartaning dastlabki tuzish nusxasini tayyorlash tushuniladi, shu bilan birga matematik asosni tayyorlash mazmunni aniqlash generalizatsiyalanib, qog`ozda chizilgan nusxa ham karta tuzish jarayoniga kiradi. Karta tuzish nusxasini yaratish juda murakkab va mas’uliyatli ish hisoblanadi. Kartani tuzish nusxasini tayyorlashda tahririy hujjatlarda yozilgan qonun-qoidalarga asoslanib, kartografik asos yaratish, kartografik manbalar tayyorlash hamda ulardan foydalanish va kartaga tasvirni aks ettirishdan boshlanadi. Kartografik asos tayyorlash uchun alyumin plastinkaga kartografik qog`oz yopishtiriladi yoki deformatsiya bo`lmaydigan plastikdan foydalaniladi. Kartografik asos tayyorlash uchun alyumin plastinkaga koordinatograf yordamida kartografik to`r chiziladi. Tayyorlangan kartografik manbalar tanlanib,
so`ng tasvirga tushuriladi. Kartografik manbalar 3 xil bo`ladi:
1. Asosiy kartografik manbalar;
2. Qo`shimcha kartografik manbalar;
3. Yordamchi kartografik manbalar.
Kartografik manbalar karta tuziladigan masshtabda bo`lmasligi ham mumkin. Bunday vaqtda bir xil masshtabga keltirish kerak bo`ladi. Bu ish optik-mexanik usulda bajariladi. Ba’zan juda oson bo`lgan grafik usuldan to`g`ri to`rtburchaklar chizish yo`lidan foydalanish mumkin. Kartografik tasvirni kartaga tushirishda manbalar asosiy ob’yektlar va ikkinchi
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |