Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyixalash fanidan glossariy Amplituda chastota
Download 109.3 Kb. Pdf ko'rish
|
glossariy
Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyixalash fanidan glossariy
Amplituda – chastota xarakteristikasi (ACHX) Kuchaytirgich tomonidan kuchlanish bo‘yicha kuchaytirilayotgan signalning chastotaga bog‘liqligi. Amplituda uzatish xarakteristikasi (AUX) MEning chiqish kuchlanishining kirish kuchlanishiga boliqligi. Analog elektronika Uzluksiz o‘zgaruvchi elektr signallarni uzatish, qayta ishlash, qabul qilish uchun xizmat qiluvchi elektron qurilmalarni ishlab chiqish va o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Barqaror tok generatori (BTG) Ixtiyoriy zanjirdan avvaldan belgilangan qiymatli tok oqishini taxminlovchi elektron qurilma. YUklamadan oqayotgan tokning qiymati kuchlanish manbai, zanjir parametrlari va temperatura o‘zgarishlariga bog‘liq bo‘lmaydi. Bul algebrasi yoki Bul – mantiqi
Raqamli texnikada ikkita holatga ega bo‘lgan, nol va bir yoki “rost” va “yolg‘on” so‘zlari bilan ifodalanadigan sxemalar qo‘llaniladi. Biror sonlarni qayta ishlash yoki eslab qolish talab qilinsa, ular bir va nollarning maxlum kombinatsiyasi ko‘rinishida ifodalanadi. U holda raqamli qurilmalar ishini taxriflash uchun maxsus matematik apparat lozim bo‘ladi. Bunday matematik apparat Bul algebrasi yoki Bul – mantiqi deb ataladi. Uni irland olimi D. Bul ishlab chiqqan. Videoxotira Operativ xotiraning maxlum qismi bo‘lib, monitor ekranida hosil qilinadigan tasvirlarni saqlashga mo‘ljallangan. Videoxotira qancha katta bo‘lsa, qurilma shunchalik murakkab va sifatli tasvirlarni hosil qilishi mumkin. Diskret sxemotexnika Elektr sxemalarda sxemotexnik echimlar soddaligi va qimmat aktiv elementlarni minimal ishlatish, ajratuvchi kondensator, transformator va boshqalardan keng foydalanish. Demultipleksor Bir kanaldan qabul qilingan maxlumotlarni bir necha qabul qilgichlarga taqsimlash vazifasini, yaxni multipleksiyalashga teskari bo‘lgan amalni bajaradigan qurilma. Qabul qilgich raqami (aktivlashtirilgan chiqish) uning
boshqaruv kirishlariga
berilgan kod kombinatsiyasi bilan aniqlanadi. Deshifrator yoki dekoder
Ikkilik sanoq tizimidagi raqamlarni o‘nlik sanoq tizimidagi kodga o‘zgartiruvchi kombinatsion mantiqiy qurilma. Jamlagich Ikkilik koddagi sonlarni qo‘shish (jamlash) asosiy arifmetik amalini bajaruvchi kombinatsion mantiqiy qurilma. Interfeys Hisoblash tizimlari qurilmalari o‘rtasida aloqa almashinuvi uchun mo‘ljallangan unifikatsiyalangan signallar va apparaturalar aloqa tizimidir. Ichki xotira Mikroprotsessor tomonidan qayta
ishlanayotgan unchalik katta bo‘lmagan hajmdagi maxlumotlarni saqlashga mo‘ljallangan. Ixtiyoriy murojaat uchun xotira qurilmalari Bir vaqtning o‘zida ixtiyoriy maxlumotlar blokiga murojaat qilish imkonini beradi. Kvantlash Uzluksiz signalni uning alohida nuqtalardagi qiymatlari bilan almashtirish jarayoni. Ketma – ketli qurilmalar CHiqish signallari kirish o‘zgaruvchilari kombinatsiyasi bilan belgilanadigan, hozirgi va oldingi vaqt momentlari uchun, yaxni kirish o‘zgaruvchilarining kelish tartibi bilan belgilanadigan, xotirali mantiqiy qurilmalar. Ketma – ketli qurilmalarga triggerlar, registrlar, hisoblagichlar misol bo‘la oladi. Ketma-ketli murojaat uchun xotira qurilmalari Kerakli maxlumotlarga ketma-ket murojaat qilish imkonini beradi. Bu usulda talab etilayotgan xotira blokidan maxlumot olish uchun, undan oldingi barcha blokdagi maxlumotlarni o‘qib chiqish kerak bo‘ladi. Kirish kaskadi Birinchi kaskad bo‘lib, u kuchaytirgichni kirish signali manbai bilan muvofiqlashtiradi. Kirish signalini minimal so‘ndirish uchun u katta kirish qarshilikka ega bo‘lmog‘i lozim. Ketma-ketli registr Kirishdagi maxlumotlarni ketma-ket tartibda yozish, saqlash va uzatish uchun mo‘ljallangan. Komparator Ikki va undan ortiq signallarni o‘zaro, yoki bir kirish signalini biror berilgan etalon kuchlanish sathi bilan solishtirish amalini bajaradi. Kombinatsion qurilmalar CHiqish signallari kirish o‘zgaruvchilari kombinatsiyasi bilan belgilanadigan, ikkita vaqt momentiga ega bo‘lgan, xotirasiz mantiqiy qurilmalar. Kuchaytirgich Manba energiyasini kirish signali qonuniyatiga mos ravishda chiqish signali energiyasiga o‘zgartiruvchi qurilma.
Mantiqiy element (ME) Kirish signallari ustida aniq bir mantiqiy amal bajaradigan elektron qurilma. Mantiq algebrasi funksiyasi (MAF) Mantiqiy qurilmalarda chiqishdagi o‘zgaruvchilar (funksiya) u i ning kirishdagi o‘zgaruvchilar majmuasi x n- 1 …x 2 x 1 orqali, mantiq algebrasi yordamida ifodalanishi. Mikrosxemotexnika Elektronikaning IMSlarda va ular asosidagi REAlarda
ishlatiladigan elektr va tuzilma sxemalarini ishlab chiqish, tadqiq etishlar bilan shug‘ullanidigan bo‘limi. Mikroprotsessor (MP) Berilganlar ustidan arifmetik va mantiqiy amallar bajaradigan dasturiy-boshqariladigan qurilma. MP bitta yoki bir nechta KIS ko‘rinishida bajariladi. MikroEHM, yoki mikrokompyuter Bitta yoki bir nechta MPdan tashkil topgan berilganlarni qayta ishlash qurilmasi, operativ va doimiy xotira KISi, maxlumotni kiritish-chiqarishni boshqarish KISi va baxzi boshqa sxemalardan tashkil topgan qurilma. Mikrokontroller Bu mikrokompyuter bo‘lib, u uncha katta bo‘lmagan hisoblash resurslari va hisoblashlarni bajarish emas, balki turli qurilmalarni mantiqiy boshqarish kabi jarayonlarni bajarishga mo‘ljallangan soddalashtirilgan komandalar tizimiga ega. “Kontroller” so‘zi, mazkur qurilma turli murakkablik va muhimlik (prioritet)ga ega bo‘lgan nazorat va boshqaruv amalini bajarishga mo‘ljallanganligini aks ettiradi Mikroprotsessorli vositalar Boshqaruv signallariga bog‘liq ravishda turli amallarni bajaruvchi, cheklangan nomenklaturaga ega bo‘lgan katta ISlar majmuasi. Mikroprotsessorli tizim (MP-tizim) Mikroprotsessorli vositalar asosida tuzilgan maxlumotli yoki boshqaruv tizimi. Multipleksor Bir necha manbadan berilayotgan maxlumotlarni bitta chiqish kanaliga uzatishni boshqarish uchun mo‘ljallangan qurilma. Negiz matritsali kristall (NMK)
Kristtalda bir tekis joylashtirilgan yarimo‘tkazgichli asboblar majmui bo‘lib,
ularning oralig‘ida o‘zaroulanishlarni hosil qilish uchun maxsus (bo‘sh) zonalar qoldiriladi. Oraliq kaskad Kirish kaskadiga yuklama bo‘lib, kirish kaskadini chiqish kaskadi bilan muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi.
Operatsion kuchaytirgich (OK) Analog signallar ustidan turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan, differensial kuchaytirish prinsipiga asoslangan, kuchlanish bo‘yicha katta kuchaytirish koeffitsientiga ega bo‘lgan (K U =10 4 ÷10
6 ) integral o‘zgarmas tok kuchaytirgichi. Bunday amallarga qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish, integrallash, differen-siallash, masshtablash kabi matematik amallar kiradi. Hozirgi kunda OKlar analog va raqamli qurilmalarda kuchaytirish, cheklash, ko‘paytirish, chastotani filtrlash, generatsiyalash, signallarni barqarorlashda qo‘llanilib kelmoqda.
Raqamli elektronika Qiymati bo‘yicha kvantlangan elektr signallarni uzatish, qayta ishlash va qabul qilishga mo‘ljallangan diskret elektron qurilmalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Raqamli-analog o‘zgartirgich (ARO‘) Raqamli kattalikni unga proporsioanl bo‘lgan elektr tok yoki kuchlanish ko‘rinishidagi analog kattalikka o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi. Reversiv registrlar Maxlumotlarni ikkala yo‘nalishda siljitish imkoniga ega bo‘lgan ketma-ketli registr. Registr Kombinatsion turdagi raqamli qurilma bo‘lib, ko‘p razryadli ikkilik sonlar ko‘rinishidagi maxlumotlarni eslab qolish va vaqtincha xotirada saqlash uchun ishlatiladi. Siljitish registri Agar registrda bir triggerdagi maxlumot keyingisiga uzatilsa, u holda registr siljitish funksiyasini bajaradi, demak bunday siljitish registri deb ataladi Superpozsiya Bir funksiya argumentlarini boshqa
funksiya argumentlari bilan almashtirish amali. Superpozitsiyani bir necha marta qo‘llash ikkita o‘zgaruvchi funksiyasi asosidagi ixtiyoriy sondagi argumentlar uchun (yaxni, turli murakkablikdagi) funksiyalar olish imkonini beradi.
Sxemotexnika Elektronikaning elektron asboblar VAXlari xususiyatlarini extiborga olgan holda axborotga ishlov berish usullarini ishlab chiquvchi bo‘limi. Tashqi xotira Qurilma o‘chirilgan yoki yoqilganidan qatxiy nazar katta hajmdagi maxlumotlarni uzoq muddatga saqlash uchun mo‘ljallangan. Teskari pezoeffekt Berilgan tashqi kuchlanish taxsirida jismning geometrik o‘lchamlarining o‘zgarishi.
Teskari aloqa (TA) Kuchaytirgich chiqish zanjiridan kirish zanjiriga energiya uzatish. CHiqish signali kuchaytirgichning kirish zanjiriga to‘liq yoki qisman uzatilishi mumkin. Bitta kaskadni egallagan TA mahalliy, ko‘p kaskadli kuchaytirgichni butunlay egallagan TA esa umumiy deb ataladi. Triggerlar Ikkita turg‘un holatli chiqishga ega bo‘lgan qurilma bo‘lib, u elementar xotira yacheykasi (bistabil yacheyka) va boshqaruv sxemasiga ega. Boshqaruv sxemasi bevosita elementar xotira yacheykasi kirishiga kelib
tushayotgan maxlumotni signallar kombinatsiyasiga o‘zgartiradi. To‘g‘ri pezoeffekt Mexanik
kuchlanish natijasida pezoelektrikning qutblanish hodisasi. Qutblanish natijasida
pezoelektrikning qarama-qarshi tomonlarida pezo – EYUK deb ataluvchi potensiallar farqi hosil bo‘la-di. Funksional tugun Mikroamallarni bajarishni taxminlaydigan mantiqiy elementlar majmui. Mikroamallarga arifmetik qo‘shuv, konxyunksiya, dizxyunksiya, inversiya va boshqalar kiradi. Jamlagichlar, kod o‘zgartirgichlar, siljituvchi registrlar va shu kabilar tugunlar hisoblanadi. Xotira Qurilma
xotirasi deb
dasturlar, kiritilayotgan maxlumotlar, oraliq
natijalar va olinayotgan maxlumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan qurilmalar majmuiga aytiladi. CHiqish kaskadi Quvvat kuchaytirgichi.
SHinalar Registrlarni boshqa registrlar yoki raqamli tizim qurilmalari bilan bog‘lovchi elektr zanjirlar.
SHifrator yoki koder O‘nlik, sakkizlik yoki o‘noltitalik sanoq tizimidagi raqamlarni ikkilik yoki
ikkilik-o‘nlik kodga
o‘zgartiruvchi kombinatsion mantiqiy qurilma. SHovqinlar Elektron asboblarda tok va kuchlanishning tasodifiy o‘zgarishlari. SHovqinlar barcha REAlarga xos va ularni butunlay yo‘qotib bo‘lmaydi. SHovqinlar tebranishlarning amplituda va chastota fluktuatsiyalariga sabab bo‘ladi (tasodifiy o‘zgarishlar), axborot uzatishda xatoliklarga olib keladi va elektron asbobning sezgirligini belgilaydi. Elektron kalit yoki ventil Bu elektron qurilma bo‘lib, uning kirishdagi boshqaruv kuchlanishi qiymatiga bog‘liq holda ikkita turg‘un holatdan birida: uzilgan yoki ulangan bo‘lishi mumkin. O‘zgarmas kuchlanish sathini siljituvchi sxema, Ko‘p kaskadli o‘zgarmas tok kuchaytirgichlarda kaskadlarni kuchlanish bo‘yicha o‘zaro
muvofiqlashtirishda keng qo‘llaniladi. Bunday sxemalar sath translyatorlari deb ham ataladi. Ular navbatdagi kaskad kirishidagi signalning o‘zgarmas tashkil etuvchisini siljitishi va o‘zgaruvchan tashkil etuvchisini buzmasdan uzatishi kerak. Hisoblagich Bu qurilma uning kirishlariga berilayotgan impulslarni hisoblashni amalga oshiradie Download 109.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling