1. Mantiqiy ko’paytirish amali
Amalning umumiy ko’rinishi quyidagicha:
a&&b
Bunda a va b lar mantiqiy ifodalar yoki mantiqiy o’zgaruvchilar bo„lib, amal natijasi faqat a va b larning har ikkalasi rost bo„lgandagina rost, qolgan barcha hollarda yolg’on bo’ladi. Bu amal matematikadagi konyunksiya mantiqiy amali bilan teng kuchli, yani ikkita ampersant (&&) belgisi “va” so’zini almashtiradi.
Mantiqiy qo’shish amali
Amalning umumiy ko„rinishi quyidagicha: a ||b
Bunda a va b lar mantiqiy ifodalar yoki mantiqiy o„zgaruvchilar. Amal natijasi a va b larning har ikkilasi yolg„on bo„lgandagina yolg„on, boshqa barcha hollarda rost bo„ladi. Bu amal matematikadagi dizyunksiya amaliga teng kuchli, ya‟ni || belgilari “yoki” so„ziga mos keladi.
3. Mantiqiy inkor amali.
Amalning umumiy ko„rinishi qo„yidagicha:
!a
Bunda a mantiqiy ifoda yoki mantiqiy o„zgaruvchi bo„lib, agar a ning qiymati true bo„lsa, amal natijasi false, amal natijasi false bo„lsa, amal natijasi true bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |