Raqamli texnologiya fanidan


To‘rtinchi sanoat inqilobi


Download 1.39 Mb.
bet6/6
Sana15.08.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1667339
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-topshiriq

To‘rtinchi sanoat inqilobi


Sun'iy aql ijtimoiy hayotimizni to‘la egallamagan bo‘lsa-da, kundalik turmushimizda faol ishtirok etmoqda. Misol uchun, Google eng ko‘p izlangan buyruqlarni eslab qolish va tavsiya qilish imkoniga ega. Shu kabi ulkan ma'lumotlarni yig‘ayotgan korporatsiyalar ularni qayta tahlil qilish orqali siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga faol aralashmoqdalar. Uchinchi sanoat inqilobi davrida ma'lumotlar tahlili bilan kompyuter yordamida insonlar shug‘ullanmoqda. Biroq, sun'iy aql


algoritmlarining takomillashib borishi yaqin yillarda aqliy mehnat ishchilarini ofislardan siqib chiqarishi mumkin.

Sun'iy aqlning ideal xususiyati – bu aniq maqsadga erishish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgan harakatlarni baholay olish va amalga oshirish qobiliyatidir.


Ko‘pchilik sun'iy aql atamasini eshitganda, birinchi navbatda ko‘z oldiga robotlar keladi. Ammo robotlar sun'iy aqlning kichik bir ko‘rinishi hisoblanadi. Texnologiyalar rivojlanib borgan sari sun'iy aqlni belgilaydigan oldingi ko‘rsatkichlar eskirib bormoqda va uning qudrati kuchaymoqda.


Shuni unutmasligimiz kerakki, Industry 4.0 hali to‘liq amalga oshmagan, ya'ni yakunlanmagan. Sun'iy aql sohasiga kiritilayotgan investitsiyalar va amalga oshirilayotgan tadqiqotlar esa uni reallikka tobora yaqinlashtirmoqda. Ushbu sharoitda To‘rtinchi sanoat inqilobi bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarni yuzaga chiqarishi mumkin. Bular qatoriga oliy ma'lumotli ishsizlar sonining ortishi, «soft skill»larga bo‘lgan talabning oshishi, aholi orasida tushkunlik kayfiyati kuchayishi kabilarni kiritishimiz mumkin.




Shuningdek, xalqaro maydonda neft va boshqa yoqilg‘i resurslariga bo‘lgan kurash kabi ma'lumotlar bazasi uchun raqobat kengayib boradi. Kiberxavfsizlik esa mamlakatlar daxlsizligining bir qismiga aylansa ham ajab emas.
Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling