Raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda talabalar mustaqil ta’lim jarayonini tashkil etishning ahamiyati


Download 27.93 Kb.
bet1/2
Sana14.05.2023
Hajmi27.93 Kb.
#1459444
  1   2
Bog'liq
mustaqil ta\'lim jarayoni lotin


Raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda talabalar mustaqil ta’lim jarayonini tashkil etishning ahamiyati
Nosirova Dilnoza Toir qizi – JDPU o’qituvchisi

Mustaqil ta’lim olish jarayoni va uning bilish faoliyatiga aylanishi, ayniqsa, oliy ta’limda tahsil oluvchi talabalar tomonidan amalga oshirilishi, pedagogika va psixologiya fanlarining tadqiqot predmetiga ijtimoiy voqelikdir. Bilish faoliyati tadrijiylik tamoyiliga asoslanganligi tufayli bir davrning o‘zida vujudga keladigan yaxlit voqelik (hodisa)ning ikki ajralmas qirrasi bo‘lib hisoblanadi.


XXI asr – intellektual salohiyat asri bo‘lganligi tufayli O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodning bilish faoliyatini shakllantirishning va uzluksiz rivojlantirib borishning maqsadi, vazifalari shakllari, metodlarini ilmiy pedagogik asoslarga tayangan holda belgilab berishni taqozo etmoqda. Ushbu muommoning echilishi talabalarning ijodiy fikrlashi, ularda bilimni egallash faolligi, mustaqil bilim egallash faoliyatini shakllantirish masalalariga bog‘liq.
Talabalar tomonidan amalga oshiriladigan mustaqil ta’lim olish jarayonini tadqiq qilish bo‘yicha turli qarash va ilmiy yondashishlar mavjud bo‘lib, ularning qarashlari turlicha bo‘lib, bilish faoliyatining samaradorligiga aloqador masalalarga ko‘prok ahamiyat berilgan.
Hozirgi davrda axborotlar ko‘lami ortib borishi orqali ta’lim mazmunini o‘zgartirish, didaktik elementlarni kattalashtirish, o‘zgartirish (B.P.Erdniev, P.M.Erdniev), har bir fanning asosiy g‘oyasini ajratish (V.N.Maksimova, R.A.Mavlonova, A.M.Markushevich) nazariy bilimlar mohiyatini oshirish (V.V.Davidov, A.K.Markova, J.Ikromova, D.B.Elkonin) yo‘nalishlarida amalga oshirilgan. Talabalarning aqliy faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda shakllantirish mexanizmini ishlab chiqishi (YU.K.Badanskiy, N.F.Talzina, T.I.Isamova, T.I.SHo‘qina, R.Safarova, U.Nishonaliev, O.Roziqov, B.R.Adizov, R.D.SHodiev, U.Q.Musaev va boshqalar) ayrim tadqiqotchilar esa talabalar bilish faoliyatini takomillashtirishda ularning o‘quv-biluv vazifalarini to‘la aniqlash, mustaqil egallashi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining tuzilishi va tarkibi kabilar bilan bog‘laydilar. (V.P.Bespalko, E.G‘oziyev, R.Safarov, O.Roziqov, A.I.Berdimuradov), mustaqil ta’lim olish faoliyatini takomillashtirishning tashkiliy shakllariga bog‘liqligi hamda barcha talabalar tomonidan o‘z maqsadiga erishish yo‘llari va usullarini muhokama qilish uchun qulay sharoit yaratishga o‘zaro ishonch muhitini ishlab chiqishga urg‘u beriladi (M.V.Matyunina, R.A.Mavlonov).
Mustaqil tahsil olishda bilish samaradorligini talabalarning motivlariga bog‘liq ekanligi ta’kidlandi. Mazkur faoliyatni amalga oshirish jarayonida o‘quv motivlarini shakllantirishi masalalari ochib boriladi. (A.K.Markova, M.V.Matyunina, G.I.SHukina, B.R.Adizov, M.X.Maxmudov, E.G‘oziev).
Oliygohlarda ta’lim olayotgan bo‘lg‘usi mutaxassis kadrlar kasbiy professiogramma talablari darajasida tayyorgarlikka ega bo‘lishlari kerak. Bu – davr va jamiyat talabi.
Kasbiy professiogramma mutaxasisdan bir qator – kasbiy, hulqiy, shaxsiy sifatlarni qaror toptirishni talab qiladiki, bular o‘z navbatida shaxsning jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok qilishini ta’minlaydi. Kasbiy professiogramma talablaridan kelib chiqqan holda ko‘rsatish lozimki, mutaxasisga o‘z ustida mustaqil ishlash, malakalarini muntazam oshirib borish, turli ilmiy-amaliy ma’lumotlarni mustaqil taxlil qilish, to‘g‘ri xulosalar chiqarish, ijodiy fikrlash, faoliyat sohasi rivojiga xizmat qiluvchi yangi g‘oya va takliflarni kirita olish kabi malakalar juda zarur. Mutaxasis o‘z kasbiy malakalarini muntazam oshirib borishi uchun axborot manbalari bilan mustaqil ishlashi, o‘zlashtirgan bilimlarini tajribada sinab ko‘rishi, muayyan xulosalar qilish imkoniyatlari ta’lim dargohi sharoitlarida yaratilishi kerak.
Mutaxassislik tayyorgarligi jarayonida bilim olish bilan birga maxsus malakalarni egallashi hamda yoshlarning dunyoqarashini shakllantirishda auditoriyada o‘tkaziladigan darslardan tashqari talabalar tomonidan bajariladigan mustaqil ishlar katta ahamiyatga ega. Ayniqsa hozirgi davrda bir tomondan axborot miqdori, yangiliklar ortib borsa, ikkinchi tomondan ma’lumotlar bilan ishlash manbalari ham ko‘payib bormoqda.
Kasbiy tayyorgarlik jarayonida bo‘lg‘usi mutaxasislardan o‘z bilimlarini mustaqil kengaytirish malakalarini rivojlantirish, buning uchun esa, turli axborot manbalari bilan ishlash, ma’lumotlarni taxlil qilish, muayyan xulosalarga kelish, o‘z nuqtai nazarini shakllantirish kabi muhim sifatlarni ham tarkib toptirish muhim. Buning natijasida bo‘lg‘usi mutaxasislarda ijodiy konstruktiv faoliyat ko‘nikmalari tarkib topadi.
Mustaqil ta’limni maqsadli tashkil qilish natijasida talabalarning bilimlarni faol va ongli o‘zlashtirishlarini ta’minlash, shuningdek, ularni kasbiy faoliyat keng tayyorlash, hayotiy maqsadlarining aniq va to‘g’ri shakllanishiga erishish mumkin.
Mustaqil ishlar samarali bo‘lishi uchun talabalar quyidagilarga e’tibor qaratishlari lozim:
- mustaqil ish shaxsning o‘z intelektual imkoniyatlarining kengaytirishida muhim o‘rin tutushini;
- mustaqil ishni bajarish, ular dunyoqarashini, tafakkur tushunchalarini kengaytirishini anglashlari darkor.
Mustaqil ta’limda talaba axborotning asosiy qismini mustaqil o‘zlashtiradi. Shuning uchun talabalarga mustaqil ishni to‘g‘ri rejalashtirishda va ish vaqtini unumli tashkil qilishda yordam berish zarur.
Talabalarda mustaqil ishini tashkil etishni nimadan boshlash kerakligini, maqsad qanday qo‘yilishini, shuningdek, ish qancha davom qilishi va uni qanday usullardan foydalanish mumkinligi haqidagi tushunchalar aniq shakllantiriladi. Muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
1. Talaba o‘z ustida muntazam ishlash ko‘nikmasini hosil qilishi uchun faoliyatni puxta rejalashtirishi kerak. Har bir talaba individual tarzda vaqtini fanlar bo‘yicha taqsimlaydi.
2. Mustaqil ishni bajarish muddatini aniq belgilab oladi. Mustaqil ishni bajarish uchun vaqtni semestr bo‘yicha taqsimlash kerak bo‘ladi.
Amaliy faoliyat natijalari taxlili shuni ko‘rsatadiki, mustaqil ishning eng keng tarqalgan turlaridan biri bu – referat hisoblanadi.
Talaba referat mazmunida o‘rganilayotgan biror mavzu mohiyatini keng yoritishi lozim. Referat mukammal tayyorlanishi uchun o‘qituvchi talabaga muayyan adabiyotlarni tavsiya qilishi kerak. Referatni birdaniga yozib bo‘lmaydi.
Matnni tayyorlash uchun avval adabiyotlarni ko‘rib chiqib, reja tuzishi va yoza boshlashi kerak bo‘ladi. Buning natijasida talaba o‘z fikri, g‘oyasini ifodalashni o‘rganadi.
Mustaqil ish mavzusi faqat darslik doirasidagina emas, balki qo‘shimcha adabiyotlar – gazeta, jurnal maqlalaridan ham foydalanib, yozishi mumkin. Agar biror muallifning fikri mavzuni yoritishi alohida ahamiyatga ega bo‘lsa, shunday ko‘chiriladi va qo‘shtirnoq ichiga olinib, izoh beriladi, raqamlanadi va manba ko‘rsatiladi. Unda havola qilingan muallifning ismi-sharifi, asar nomi, nashriyot, nashr qilingan yili hamda nechanchi sahifada ekanligi ham ko‘rsatiladi.
Ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha matndan kelib chiqib bildirilgan xulosalar ishning qadr-qimmatini oshiradi, talabaning mavzuni chuqur bilishidan, yaxshi bilimga ega ekanligidan dalolat beradi. Unda muayyan mavzu yoritilii bilan birga, tegishli ilmiy nazariyalar, xulosalar keltirilishi va tanqid qilinishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida o‘rganilgan barcha adabiyotlar ko‘rsatiladi. Asarning gazeta, jurnal maqolalari, monografiya, to‘plam, muallifning ismi-sharifi to‘liq yoziladi, maqola va boshqalar to‘liq keltiriladi, nashriyot va nashr yili hamda gazeta-jurnalning yili va soni ham ko‘rsatiladi.
Talabalar mustaqil-tadqiqot ishlarini hamkorlikda kichik guruhlarda tashkil qilish yaxshi natijalarni beradi. Mustaqil-tadqiqot ishlarini tashkil qilishdan maqsad-talabalarda ta’limga nisbatan qiziqishni oshirish, bilimlarni muayyan hayotiy, kasbiy faoliyatda qo‘llash malakalarini shakllantirishdan iborat. Talabalar muammo bo‘yicha hamkorlikda tadqiqot ishlari olib boradilar va aniq natijalarni qo‘lga kiritadilar.(25)
O‘rganilishi kerak bo‘lgan muommolar talabalar uchun dolzarb, nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi lozim.
1. Har bir talabani faol ta’limiy jarayonga jalb qilish, o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llay olish malakalarini shakllantirishiga erishish lozim. Eng muhimi, talaba egallagan bilim va malakalarini aynan qayerda va qanday qo‘llashi mumkinligini aniq bilishi kerak.
2. Turli muommolarni hamkorlikda hal qilish jarayonida talabalarning o‘zaro muloqot madaniyatini shakllantirishga e’tibor qaratish kerak.
3. Talabalarda muayyan muammoni har tomonlama tadqiq qilish, ushbu masala xususida ilmiy-amaliy asoslangan mustaqil fikrga ega bo‘lish maqsadida universitet, respublika yoki dunyo miqyosidagi ilmiy, madaniy axborot markazlari imkoniyatlaridan foydalana olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratish kerak.
4. Hayotda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan muammolarni to‘g‘ri aniqlay olish va ularni turli ijtimoiy vaziyatlarda hamkorlikda hal etish maqsadida o‘z intelektual va ma’naviy imkoniyatlarini sinab ko‘rish sharoitlarini yaratish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mustaqil-tadqiqot ishlari talabalarning bilimlarni egallashga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va akademik bilimlar negizida ularni amaliy faoliyatga tayyorlashni ko‘zda tutadi. Talabalar oldiga u yoki bu ilmiy-nazariy ma’lumotlar nima uchun o‘rganilmoqda, ushbu bilimlarni qachon, qanday vaziyatlarda qullash mumkin? kabi savollar ko‘ndalang qo‘yiladi.
Bu savollarga javobni ular real, hayotiy muommolarni yechish natijasida topishlari mumkin bo‘ladi. Masalalar echimini topishda ular oldin egallagan bilimlariga tayanadilar va albatta, bilimlarini yanada kengaytirishga zarurat sezadilar.
O‘qituvchi yordamida talabalar faoliyat yo‘nalishlarini belgilab oladilar. Talabalar muommolar yechimini qidiradilar va muayyan natijalarni qo‘lga kiritadilar.
Tadqiqotlar qisqa muddatli (bir haftadan bir oygacha) va uzoq muddatli (bir oydan bir necha oygacha) bo‘lishi mumkin.
Talabalar mustaqil ishlari quyidagi bosqichlarda olib boriladi:
1-bosqich. Belgilangan reja asosida o‘rganilishi lozim bo‘lgan biror mavzu doirasida muammo yoki savol belgilab olinadi.
2-bosqich. Talabalarga shu muammoni echish haqida gipoteza taklif qilinadi. Muammo yuzasidan talabalarning o‘zlari ilmiy farazni ilgari surishlari mumkin.
3-bosqich. Faoliyat tizimli rejalashtiriladi. Talabalar axborot manbalari bilan ishlaydilar. bunda ilmiy adabiyotlar, internet veb-sahifalari o‘rganiladi, ma’lumotlar umumlashtiriladi.
4-bosqich. To‘plangan ma’lumotlar atroflicha tahlil qilinadi.
5-bosqich. Ma’lumotlarga asoslanib, talabalar qo‘yilgan muammoni yechish bo‘yicha muayyan xulosalarga keladilar, aniq takliflarni kiritadi.
6-bosqich. Tadqiqot natijalarini doklad, hisobot, kompyuter taqdimoti, loyiha, ilmiy maqola ko‘riniida aniq shakllantiradilar.
Talabalarning o‘z ish natijalarini tadqiqot yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda loyiha shaklida taqdim qilishlari ular faoliyati samarasini yanada oshiradilar. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda tadqiqot uslubidan foydalanish qator ijtimoiy vazifalarni nazarda tutadi:
1. Talabalarning mustaqil ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyati rivojlanadi.
2. Talabalarda turli axborot manbalar bilan mustaqil ishlash ko‘nikmasi shakllanadi.
3. Tadqiqot ishlarini mustaqil rejalashtirish ko‘nikmalari tarkib topadi.
4. Talabalar muammo mohiyatini chuqur va keng qamrovda anglaydilar, uni hal qilishning turli yo‘nalishlarini o‘ylab ko‘radilar, eng qulay va maqsadga muvofiq echimni topishni o‘rganadilar.
5. Talabalarda qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan natijalarni oldindan ko‘ra bilishi imkoniyatlari kengayadi.
6. Talabalarda muloqatchanlik, hamkorlikda ishlash, turli ijtimoiy vazifalarni hal qilishda o‘zaro moslashuvchanlik sifatlari shakllanadi.
7. Talabalarga bilimlar tayyor holda taqdim qilinmasdan, balki ularni mustaqil o‘zlashtirishga erishadilar.
Jamiyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish darajalaridan kelib chiqqan holda mutaxasis malaka sifatlariga ta’lim dargohida o‘rgangan bilimlarni amaliy faoliyatda ijodiy qo‘llay bilish va o‘z ustida mustaqil ishlash orqali kasbiy mahoratini yanada yuksaltirish kabi juda dolzarb talablar qo‘yilgan. Talabalarning mustaqil-tadqiqot ishlarini maqsadli tashkil qilish va to‘g‘ri yo‘naltirish asosida mantiqiy fikrlovchi, ijodkor va tashabbuskor mutaxasislarni tarbiyalash jarayonida samarali natijalarga erishish mumkin.

Download 27.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling