Raqobatbardoshlik tushunchasi va nazariy asoslari
O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmini takomillashtirish yo’nalishlari
Download 457.82 Kb.
|
Kurs ishi 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xodimlarning motivatsiyasi (ish haqi).
- Jazo (obro’, jarimalar).
2.2 O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmini takomillashtirish yo’nalishlari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yi 3-fevraldagi 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi PF-6155-son Farmon ilovasining 34-bandi ijrosini (Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish) ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha 2021-2025-yillarga mo’ljallangan Milliy strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu strategiya quyidagi yo’nalishlar bo’yicha shakllantirildi: – korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish; – fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish; – ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida korrupsiyaning oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar; – korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ularga chek qo’yish, oqibatlarini, sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish; – korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tashkiliy choralar, tadqiqotlar o’tkazish, xalqaro hamkorlik. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-sonli “O’zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi11 Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda davlat organlari, korxonalar va hududlar uchun korrupsiya va yashirin iqtisodiyot reytingini (keyingi o’rinlarda reyting) ishlab hisoblash metodologiyasini ishlab chiqdi. Reyting mamlakatda korrupsiya va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan o’zgarishlarni va islohotlarni ob’yektiv baholash maqsadida yuritilmoqda12. Reyting doirasida, xususan, respublikaning barcha hududlarda aholi, tadbirkorlar va davlat xizmatchilari o’rtasida anonim so’rov o’tkaziladi. - O’zbekiston uchun shu paytgacha korrupsiya muammolarini aniqlash bo’yicha ko’plab tadqiqotlar o’tkazildi. Biroq, ushbu baholar asosan respublika darajasida taqdim etiladi. Sektorlar yoki hududlar kesimida o’tkazilgan baholashlar bir martalik bo’lib, muammolarni o’z vaqtida aniqlash imkonini bermaydi. Islohotlar jarayoni ayrim sektorlarda va hududlarda korrupsiya darajasini aniqlashni talab qiladi, chunki korrupsiya ko’rilayotgan choralar samarasizligining asosiy omili hisoblanadi. Shuning uchun, keng qamrovli islohotlarni amalga oshirishdan oldin, quyidagi muhim savollarga javob topish kerak: sektor/hudud kesimida korrupsiya muammosi qanchalik jiddiy? Jahon amaliyotida ushbu savollarga aniqroq javob olish uchun korrupsiya darajasini baholashning ko’plab usullari qo’llaniladi. Ko’p usullar korrupsiya muammosining yopiqligi va murakkabligi bilan bog’liq. Shu bilan birga, turli xil o’lchov usullaridan foydalanish yanada keng ko’lamli natijalarga erishish imkonini beradi, chunki qamrovning kengligi muammolarni har tomonlama o’rganishga yordam beradi. Korrupsiya sabablarini aniqlashda ko’pchilik tadqiqotchilar davlat qonunlarining nomukammalligiga urg’u beradilar. Bu to’g’ri, lekin hech qachon va hech qayerda abadiy mukammal qonunlar bo’lmagan. Qonunlar, odatda, real xayotdagi o’zgarishlardan orqada qoladi, shu sababli ular tez-tez o’zgartirilib, to’ldirilib turadi. Mukammal hisoblangan qonunlar vaqt o’tishi bilan nomukammal bo’lib qoladi, chunki real hayot ilgarilab ketadi. Nomukammal qonun real hayot talabidan ortda qolgan va kelajakni to’la aks ettirmaydigan qonundir. Bunday qonunlar yaxshi ishlamaydi, natijada korrupsiyaga yo’l ochiladi. Ko’pchilik o’tish davri mamlakatlaridagi qonunlar nomukammalligi bilan ajralib turadi, chunki ular chetdan andoza olgan holda yaratilgan qonunlar bo’lib, ular yaxshi ishlamagan va bu korrupsionerlarga qo’l kelgan bir qator MDX mamlakatlarida qonunlarning nomukammalligidan ustalik bilan foydalangan guruxlar amaldorlarga pora berish vositasida kapital jamgarishni tezlashtirganligi ma’lum. Korrupsiyaning rivoji qonunlarning sifatiga bog’liq. Shu bois unga qarshi kurashish vositalaridan biri qonunlarni o’z vaqtida qayta ko’rishdir. Korrupsiya sababiga to’xtalganda bir qator olimlar va siyosiy arboblar davlat amaldorlari ish haqining kamligiga urg’u beradilar. Bu ham poraxo’rlikka intilishni kuchaytiradi, lekin bu uning birdan-bir sababi emas. Ish haqining ozligi quyi tabaqadagi amaldorlarni poraxo’rlikka undaydi. Ammo katta pora olish yuqori mansabli amaldorlarga xos. Poraxo’rlik xuquq-tartibot organlarida ham tez-tez uchrab turadi, vaxolanki bu yerdagi ish xaqi va pensiyalar yuqori xisoblanadi. Demak, poraxo’rlik ish haqidan ko’ra pora olish imkoniyatlariga ko’proq bog’liqdir. Korrupsiyani lobbizm xam keltirib chiqaradi, biroq, xar qanday lobbizm xam bunga olib kelmaydi. Ruxsat berilgan, jamiyat tan oladigan lobbizm borki, u ochiq bozor aloqalariga tayanadi. Bunda u yoki bu gurux shaxslar yoki firmalar manfaatiga mos keladigan, lekin jamiyat uchun zararsiz bo’lgan qarorlarni davlat idoralari tomonidan qabul qilish zarurligini asoslash va bunga ko’maklashish bilan bog’liq lobbizm korrupsiyani keltirib chiqarmaydi, chunki bu o’rinda bozor qoidalariga binoan lobbistik xizmatlardan ochiqchasiga ularning haqini to’lagan xolda foydalanish yuz beradi. Ammo, shu bilan birga, xufiyona lobbistik xizmatlar borki, ular individual va korporativ manfaatlarni ximoya qilgan holda boshqalar manfaatiga zid ishlarning amalga oshirilishini bildiradi. Shunday bo’lganda, g’ayriqonuniy lobbizm paydo bo’ladi, uning xizmat haqi poradan o’zga narsa bo’lmaydi. Iqtisod va demokratiya rivojlangan mamlakatlarda oshkora lobbizm ko’proq uchrasa, iqtisodi qoloq va demokratiya rivojlanmagan joyda lobbizm korrupsion faoliyat shaklini oladi. Yuksak likvidli aktivlarning mavjudligi va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, demokratiya darajasining pastligi korrupsiyaning ob’ektiv sabablari bo’lsa, axolining ma’naviyati darajasi va axloq-odobi, demokratiya Qoidalariga sodiqligidagi nuqsonlar korrupsiyaning sub’ektiv sabablariga kiradi. Sub’ektiv munosabat korrupsiyani kuchaytirishi yoki zaiflashtirishi mumkin, biroq korrupsiyani tag-tomiri bilan yo’qotolmaydi. Chunki uning ildizlari iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish darajasiga borib taqaladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan mustaqil jamoat tashkilotlarini jalb qilgan holda hududlar va barcha davlat organlaridagi yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha olib borilayotgan ishlar muntazam o’rganib boriladi. Yakunda biz qaysi davlat organi, korxona va hududdagi holat qandayligini keng jamoatchilikka e’lon qilishimiz mumkin bo’ladi. Korrupsiya holatlarini olib kelishi mumkin boʼlgan har qanday xizmatlarni raqamlashtirish, ularni “yagona darcha” tamoyili asosida berish va davlat xizmatlari markazlariga oʼtkazish masalasi boʼyicha “Raqobat toʼgʼrisida” gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasidagi xoʼjalik yurituvchi subʼektlarni qoʼshib yuborishga, qoʼshib olishga doir harakatlarni amalga oshirishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʼyicha bitimlar tuzishda shaxslar yoki shaxslar guruhlari bu harakatlar sodir etilguniga (bitimlar tuzilguniga) qadar oldindan rozilik olish tartibi Davlat xizmatlari markazlariga oʼtkazilish toʼgʼrisidagi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini koʼrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 28-may 2020-yildagi 338-sonli qarori tasdiqlangan. Mamlakatimizda korrupsiyani oldini olish bo’yicha e’tibor qaratilgan sohalar quyidagilar: sog’liqni saqlash; xalq ta’limi; oliy va o’rta maxsus ta’lim; davlat xaridlarini amalga oshirish; soliq; paxta va don korxonalari; yerdan foydalanish. Sog’liqni saqlash tizimini korrupsiyadan holi sohaga aylantirish, korrupsiyaviy holatlarga barham berish, tizimga ochiqlik va shaffoflik prinsiplarini joriy qilish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish hamda korrupsiyani vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Fuqarolarda huquqiy madaniyatni oshirish hamda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan preventiv chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-oktabrdagi “Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog’liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6110-son Farmoni asosida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga vazirlik bilan hamkorlikda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo’yicha dastur ishlab chiqish, unda, har bir oilaviy poliklinika va shifoxonalarning kirish joylarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chaqiriqlar, «ishonch telefonlari» va boshqa targ’ibot materiallarini joylashtirish vazifasi yuklatildi. Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi tomonidan “Yo’l xaritasi” ishlab chiqildi va unga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Sog’liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan 12 ming dona targ’ibot materiallari respublika bo’ylab barcha oilaviy poliklinika va shifoxonalarning kirish joylarida joylashtirildi. Sog’liqni saqlash tizimi xodimlarida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish va ularning ushbu sohadagi bilimini oshirish maqsadida “Sog’liqni saqlash xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga oid eslatma” tayyorlanib, tizim xodimlariga tarqatildi. Tizimdagi korrupsiyaga oid holatlar haqida tezkor xabar berish uchun “1203” qisqa raqamli “ishonch telefoni” tashkil etildi. Xususan, mamlakatda byudjet ochiqligining ta’minlanishi, O’zbekiston turli xalqaro reytinglarda (“Xalqaro baxt indeksi” da 47-o’rin, “Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi”ga ko’ra 2-o’rin va h.k.) ko’tarilib borayotgani bejiz emas. Shu o’rinda qonun hujjatlarini hayotga tatbiq etishda yana ayrim jihatlarga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Xususan, OAVning shu yo’nalishdagi faoliyatini yanada rivojlantirish, korrupsiya holatlarini aniqlash, oqibatlarini yoritish borasidagi faoliyatini rag’batlantirib borish lozim. Aholining turmush farovonligini oshirish va mehnatga munosib haq to’lashning eng dolzarb masalasi hisoblangan «Iste’mol savatchasi»ni joriy etishni tezlashtirish zarur. Diniy ulamolarimiz masjid va madrasalarda muntazam ravishda korrupsiya va uning salbiy oqibatlari xususida targ’ibotlar olib borishi, “Korrupsiyadan xoli hudud” mavzusida keng jamoatchilik o’rtasida ijtimoiy so’rovlar tashkil etish orqali, tanlovlar o’tkazish, olimlar, tadqiqotchilar va izlanuvchilarning korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish mexanizmini rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni qo’llab-quvvatlash darkor. Aholi tomonidan eng ko’p murojaat etiladigan jabhalar, xususan, korrupsiya alomatlari mavjud tarmoqlarda kafolatlangan shaffof elektron tizimni joriy qilish ham yaxshi samara beradigan choralardan biri bo’lishi, shubhasiz.Bir so’z bilan aytganda, taraqqiyot kushandasi, odamlarni yo’ldan ozdiruvchi qabohat – korrupsiya atalmish jinoyatga qarshi keskin kurashish, uning yo’liga qat’iy to’siq qo’yish ertangi kunimizning farovonligiga, xalqimizning davlatimizdan rozi bo’lib yashashida hal qiluvchi rollardan birini o’ynaydi. Korrupsiyaga qarshi kurashda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak: Xodimlarning motivatsiyasi (ish haqi). Nafaqat iqtisodiy nazariya, balki amaliyot shuni ko’rsatadiki, ish haqi darajasi korrupsiya sxemalarida ishtirok etishning afzalliklari bilan taqqoslanadigan, qo’lga tushish xavfini hisobga olmaganda, korrupsiyaning oldini oluvchi asosiy omil hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda, davlat xizmatchilariga xususiy sektor bilan raqobatdosh ish haqi taklif qilinishi kerak. Shuningdek, davlat xizmatchilarining ish faoliyatini baholash tizimi va yuqori lavozimdagi ishchilarga ularning faoliyati samaradorligiga qarab maosh to’lash tizimini joriy etish zarur. Jazo (obro’, jarimalar). Korrupsiya sxemalarida ishtirok etish xarajatlarining kamligi sababli, korrupsiya faolligi o’smoqda. Korrupsiya uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar korrupsiyani yengishda alohida rol o’ynashi mumkin, chunki ko’p hollarda xodim uchun korrupsiya xarajatlari uning asoratlaridan kattaroqdir. Download 457.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling