Raqobatbardoshlik va uni namoyon bolish shakllari Raqobatbardoshlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni va o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Raqobatbardoshlikni tavsiflovchi muhim kursatkichlar nimalardan iborat
Download 28.48 Kb.
|
Raqobatbardoshlik va uni namoyon bolish shakllari 2222
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Mamlakat faoliyatining umumiy kursatkichlari nimalardan iborat Javob
2. Raqobatbardoshlikni tavsiflovchi muhim kursatkichlar nimalardan iborat.
Javob: Umuman olganda, hududiy omilning roli nafaqat muhim, balki universal hamdir. Shu munosabat bilan M.Porterning nuqtai nazari g’oyat muhim bo’lib, uning qat’iy ta’kidlashiga ko’ra, mintaqaning geografik o’rni raqobatchilik uchun fundamental ahamiyat kasb etadi, “...jahon iqtisodiyoti sharoitida raqobatdagi barqaror ustunliklar ko’proq hollarda va ko’proq darajada mahalliy ko’rinishga ega bo’lib, yuqori darajada ixtisoslashgan kasbiy malakalar va bilimlar, institutlar, raqiblar, o’zaro bog’langan iqtisodiy faoliyat turlari, shuningdek muayyan mamlakat yoki mintaqadagi ko’pni ko’rgan va tajribali iste’molchilarning bir yerda to’planishidan yuzaga keladi. Geografik, madaniy va tashqiliy jihatdan yaqinlik axborotdan maxsus foydalanish imkoniyati, alohida munosabatlar, axborotga to’liq ega bo’lish, qudratli rag’batlantiruvchi omillarning yuzaga kelishi, shuningdek masofadan turib ega bo’lish qiyinchilik tug’diradigan ishlab chiqarishdagi boshqa afzalliklarni ta’minlab beradi... . Geografik holat, avvalgi o’n yilliklardagidan boshqacharoq ma’noda bo’lsa-da, XXI asr chegarasida ham o’z ahamiyatini saqlab qolmoqda”. Bunda muayyan hududga aniq “bog’langan” “hayot sifati” deb ataluvchi sintetik tushuncha raqobatbardoshlikning eng muhim jihati bo’lib qoladiki, bu tushuncha har xil ko’lamdagi turli-tuman hodisalarni o’z ichiga oladi: bandlik masshtablari va xarakteri hamda mehnat sharoiti, ta’lim va savodxonlik darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganlik va uning qulayligi, ijtimoiy ta’minot tizimi, ekologik yashash sharoitlari va h.k. Bo’larning hammasi esa hududiy jihatdan lokal (turg’un) joylashgan bozor potentsialini, innovatsion va investitsion iqlimni, o’z ixtiyoridagi barqaror iqtisodiy takror ishlab chiqarishning ham, iste’molchilik standartlari, texnologiyalar, tovarlar, xizmatlar va kapitallarni boshqa minrtaqalarga “olg’a siljitish”ning ham imkoniyatlarini avvaldan belgilab beradi. 3. Mamlakat faoliyatining umumiy kursatkichlari nimalardan iborat? Javob: Mezoiqtisodiyotning muayyan hududga “bog’langan”ligi mamlakatlar masshtabida ham, geoiqtisodiy masshtabda ham uning yetakchi (dominanta) funksiyalari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni saqlab qoladi. Mintaqaning funktsional yo’nalganligi, bir tomondan, umumiy ijtimoiy-iqtisodiy potentsialini belgilab bersa, ikkinchi tomondan, u yoki bu funktsiya doirasida raqobatchilikdagi ustunliklarni realizatsiya qilish uchun shart-sharoitlarni shakllantiradi. Funktsional tipologiyaning klassik modelida (har qanday ancha soddalashtirilgan nazariy modelda bo’lganidek) u yoki bu mintaqa har xil turlarga mansub bo’ladi, masalan, agrar, agrar-industrial, industrial, rekreatsion va b. Bunday soddalashtirilgan tasnif mintaqaviy iqtisodiyotning ayrim yetakchi funksiyalari ni ajratib kursatish imkonini beradi. Bu tasnif asosini avvalam bor funktsional-sohaviy yondoshuv tashqil qilishi mumkinki, bunda iqtisodiy faoliyatning nafaqat ustunlik qiluvchi yo’nalishlari, balki mintaqa uchun ixtisoslashgan (uning ixtisosligini belgilaydigan) yo’nalishlari ham mintaqa tasnifining asosi bo’ladi. Mintaqalar bir-biridan ajralgan holda emas, balki o’zaro munosabatda, yagona iqtisodiy fazoda rivojlanar ekan, ularni tasniflashda (ayniqsa raqobatbardoshlikni parametrizatsiyalash ma’nosida) ayrim g’arb olimlarining (A. Fishera, D. Bella va b.) tadqiqotlarida o’z rivojini topayotgan iqtisodiyotni bir qator sektorlarga ajratishga qaratilgan yo’nalish alohida ahamiyat kasb etmoqda desa ham bo’ladi. Bo’lar: birlamchi sektor (qishloq xo’jaligi, tog’-kon ishi, baliqchilik), ikqilamchi sektor (ishlab chiqaradigan sanoat), uchlamchi sektor (transport, kommunal xo’jalik), to’rtlamchi sektor (savdo, moliya xizmatlari, sug’urta, ko’chmas mulk ustida o’tkaziladigan operatsiyalar), beshlamchi sektor (sog’liqni saqlash, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, davlat boshqaruvi sohasi, dam olish va ko’ngil ochish industriyasi). Bunda shunisi ham muhimki, bir (mono)funktsionallik (ayniqsa birlamchi va ikqilamchi sektorlarning ustunlik qilishida) mintaqalarning faoliyat kursatishida ancha-muncha nobarqarorlikni keltirib chiqaradi, va, aksincha, ko’p (poli)funktsionallik hamda industrial jamiyatdan keyingi jamiyatning yuzaga kelishi bilan bog’liq bo’lgan xizmat kursatish sohalarining (uchlamchi – beshlamchi sektorlarning) rivojlanishi hududning muvozanatlashgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlaydi. Bu holda hudud (mintaqa, shahar va h.k.)ning raqobatbardoshligi mintaqaviy shart-sharoitlar va ijtimoiy ishlab chiqarish omillarining (shu jumladan, hududiy-lokalizatsion omilning, ya’ni global iqtisodiyotga mintaqa egallagan joy) yig’indisini ham, boshqa mezoiqtisodiyotlar bilan solishtirganda, ulardan samarali foydalanishni ham o’z ichiga sig’diradigan sintetik hodisa sifatida namoyon bo’ladi. Bunda ushbu omillardan foydalanish deganda, faqat xususiy va korporativ maqsadlarda emas, balki ko’proq butun hududiy umumlashmaning manfaatlarini hisobga olgan holda foydalanish ko’zda tutiladi. Bu bilan bog’liq holda mintaqaviy iqtisodiyot raqobatbardoshligini tadqiq etishda tegishli kursatkichlar (indikatorlar)ning bir butun yig’indisi bilan ish ko’rishga to’g’ri keladi. Raqobatbardoshlik muammosining ushbu jihatiga diqqatni qaratar ekanmiz, unga baho berishda hozirgi zamon iqtisodiyotida anchayin diversifikatsion yondoshuv yuzaga kelganini ta’kidlab o’tmay bo’lmaydi. M.Porter ham mintaqa raqobatdardoshliligini baholashda (bu masala unda mamlakat raqobatbardoshligi kontseptsiyasining o’ziga xos proektsiyasini tashqil etadi) umuman olganda xuddi shunga o’xshash yondoshuvdan kelib chiqadi20 . Ushbu muallifga ko’ra, mintaqa raqobatdardoshliligi – bu mintaqaviy resurslardan, birinchi navbatda, ishchi kuchi va kapitaldan foydalanishning boshqa mintaqalarga nisbatan unumdorligi (mahsuldorligi). Unumdorlik esa yalpi mintaqaviy mahsulot (YaRM)ning aholi jon boshiga miqdori bilan, shuningdek uning dinamikasida belgilanadi. Raqobatbardoshlikning rivojlanishi quyidagi to’rtta bosqichda amalga oshiriladi: -ishlab chiqarish omillari asosidagi raqobatchilik; -investitsiyalar asaosidagi raqobatchilik; -nou-xaular asosidagi raqobatchilik va; -boylik asosidagi raqobatchilik. Dastlabki uchta bosqich iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi, oxirgisi esa turg’unlik va inqirozni keltirib chiqaradi. Demak, mintaqaviy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini baholashdagi integratsion yondoshuvlar uning turli jihatlarini alohida funktsionalsohaviy “kesim”lar, korporatsiyalar, firmalar bo’yicha baholash bilan birga olib borilishi kerak. Shunday bo’lganda ham, modomiki mintaqaning raqobatbardoshligi shu mintaqada joylashgan firmalarning raqobatbardoshligiga bog’liq ekan, raqobatbardoshlikning ta’minlanishi zarur lokalizatsion shart-sharoitlarning taqdim etilishiga, ushbu hududda amal qilayotgan mikroiqtisodiy sub’ektlar raqobatbardoshligining qo’llabquvvatlanishiga bog’liq Download 28.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling