Raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda firma foydasini maksimallashtirish va uning taklifi
Download 18.9 Kb.
|
Raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda firma foydasin
MUSTAQIL ISH MAVZU: Raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda firma foydasini maksimallashtirish va uning taklifi. MMT-92K-2 guruh Bajardi: Uzakov Sardor Raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda firma foydasini maksimallashtirish va uning taklifi. Reja: 1. Korxona foydasi va uni taqsimlash. 2. O’rtacha va qo’shimcha daromad tushunchalari. 3. Sof raqobat sharoitidagi foydani maksimallashtiruvchi ishlab chiqarish hajmini tanlash. Ma'lumki, ishlab chiqaruvchilar turli bozor sharoitlarida faoliyat ko'rsatishi mumkin. Bulardan, ideal bozor bo'lib, sof raqobat hisoblanadi. Ushbu bozorda ishlab chiqaruvchilar va Iste’molchilar juda ko'p bo'lib, ularning har biri mahsulot bahosiga ta'sir ko'rsata olmaydi. Chunki ishlab chiqaruvchinlng bozordagi ulushi nihoyatda kichik bo'ladi. Sof raqobatda bir xil mahsulot1 ishlab chiqaruvchi firmalar qatnashadi, yangidan tashkil topgan firmalar xech qarshiliksiz, osonlikcha tarmoqqa kirib kelishi va faoliyat ko'rsatayotganlari tarmoqda qolishi mumkin. Sof raqobat bozoridagi biror ilg'or firmaning ishlab chiqarish xajmi oshsa, bu ishlab chiqarishning umumiy darajasiga samarali ta'sir etmaydi va tovarning bozor bahosiga ham ta'sir ko'rsata olmaydi. Foydani oshirish ishlab chiqarish harajatlari bilan bir qatorda mahsulotni sotishdan olinadigan daromadga ham bog'liqdir.
R = O’D + ChD. (AK + MK) Raqobatli bozorda har bir alohida olingan firma yoki korxona bozor bahosiga ta'sir eta olmaganligi uchun o'rtacha daromad (AK) va chegaraviy daromad (MK) bab-barobar bo'lib, talab o'rtacha va chegaraviy daromad egri chizig'i gorizontal xolda bo'ladi. Umumiy daromad (TK) qanchalik ko'p miqdorda mahsulot sotilgan sari, oshib boradi. Sof raqobat sharoitida islab chiqarish va sotish xajmi natural ifodada ishlab chiqarilgan mahsulot xajmining o'zgarmas narxda bo'lgan ko'paytmasi orqali topiladi. Korxona oidida turgan muammo shundan iboratki,,mahsulot ishlab chiqarishning qaysi xajmida u oladigan foyda maksimallashadi. Bunday sharoitda korxona shunday ishlab chiqarish xajmini tanlaydiki, chegaraviy daromad chegaraviy xarajatga teng bo'ladi. Agar qisqa muddatli davrda mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan o'rtacha xarajatlardan, mahsulot bahosi yuqori bo'lsa. korxona foyda oladi. Agar baho o'rtacha xarajatlarga teng bo'lsa, korxona nol iqtisodiy foyda oladi, ya'ni xarajatlarni qoplaydi, lekin foyda olmaydi. Agar bozor bahosi o'rtacha xarajatlardan past bo'lsa. firma zarar ko'radi. Agarda tovar bahosi o'rtacha o'zgaruvchan xarajatlarning minimal darajasidan ham past bo'lsa, ishlab chiqarish vaqtincha to'htatiladi. Qisqa muddatli davrda, foydani maksimallashtirishga qaratilgan raqobatdosh firmalarning taklif egri chizig'i, o'rtacha o'zgaruvchan xarajatlarning minimum nuqtasidan yuqorida joylashgan chegaralangan xarajatlar egri chizig'i bilan ustma-ust tushadi. Qisqa muddatli davrda korxona maksimal foyda olish uchun ishlab chiqarishni qanday xajmini belgilash, uzoq muddatli davrda esa nafaqat ishlab chiqarish xajmini xatto bozorda qolish yoki qolmasligini belgilaydi. Shuning uchun mikroiqtisodiyotda bu masalaga alohida ehtibor beriladi. Chunki, korxona yashashi va ravnaqi uchun uzoq muddatga foydani maksimallashtirishi zarur. Qisqa muddatli vaqt davomida har bir korxona doimiy kapital xajmi berilgan va o'zgarmas bo'lgani uchun foydani maksimallashtirish imkoniyatini beradigan o'zgaruvchi ishlab chiqarish omillari (mehnat va materiallar) xajmini tanlab olishi kerak bo'ladi. Korxona sof raqobat bozorida qatnashayotganligi va bozorga chiqarayotgan mahsulotning hajmi qanday boiishidan qathiy nazar, bozor bahosiga ta'sir qila olmasligi uchunibu mahsulotni bozor alohida sotadi. Bunda talab chizig'i gorizontal xolda bo'ladi. Demak, sof raqobat sharoitida firmalar va boshqa korxonalar o'rtasida resurslar taqsimoti chegaraviy xarajatlar chegaraviy daromadga teng bo'Igandagina foyda samarali bo'ladi. Download 18.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling