Raqobatning mohiyati, vazifalari Reja: Raqobat va raqiblik tabiati


Download 192 Kb.
bet1/8
Sana09.02.2023
Hajmi192 Kb.
#1178860
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Raqobatning mohiyati, vazifalari


Raqobatning mohiyati, vazifalari
Reja:


1.Raqobat va raqiblik tabiati
2.Raqobat tipologiyasi va raqobat turlari tavsifnomasi

  1. Raqobatli strategiyalarning turli xil darajasi

1. Raqobat va raqiblik tabiati
Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub’ektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Tovarlar bozorida to‘g‘ri raqobatchilar o‘rtasida raqobatchilik kurashining jadalligi va aniq shakli raqobat holatining xarakteriga bog‘liq holda o‘zgaradi. Bu raqobatchilar harakati natijasida yuzaga keladigan ularning o‘zaro bog‘liqligi darajasini xarakterlaydi.
Sof raqobat modeli bozorda sotuvchilarning guruhi xaridorlarning katta guruhiga qarama-qarshi turishining mavjudligi bilan xarakterlanadi va bu guruhlarning hech biri baholarga ta’sir etishi uchun yetarlicha kuchga ega emas. Tovarlar aniq belgilangan tavsifga ega. O‘zaro o‘rinbosar va faqatgina talab va taklif o‘rtasidagi nisbat bilan belgilanadigan baholarda sotiladi. Bunday bozordagi sotuvchilar hech qanday bozor kuchiga ega emas va ularning harakati boshqa sotuvchilar harakatiga bog’liq emas. Bunday bozorning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

    • sotuvchi va xaridorning katta miqdori;

    • differensiallanmagan, to’la o’zaro o‘rin bosuvchi tovarlar;  bozor kuchlarining to’laligicha mavjud bo‘lmasligi.

Aniq bozordagi tahlilni o‘tkazishda iqtisodchilar tomonidan taklif etilgan turli raqobatli tuzilishlarga tayanish muhimdir.
Quyidagi 2.1- rasmdan ko‘rinib turibdiki, raqobatchilar tahlili quyidagi ketmaketlikda amalga oshiriladi:

    1. bozorning tuzilishi va tavsiflanishini aniqlash;

    2. tayanch raqobatchilar xarakteristikasini tasvirlash va aniqlash;

    3. tayanch raqobatchilarni baholash;

    4. raqobatchilar xarakterini oldindan ko‘ra bilish; 5) potensial raqobatchilarni aniqlash.



Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling