Raqobatning mohiyati, vazifalari Reja: Raqobat va raqiblik tabiati


Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar


Download 192 Kb.
bet7/8
Sana09.02.2023
Hajmi192 Kb.
#1178860
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Raqobatning mohiyati, vazifalari

Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar
Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatning tahlili asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’rganishdan boshlanadi. Bu ko’rsatkichlar quyidagilardan iborat2:

  1. Bozor xajmi.

2. Raqobat miqyosi (maxalliy , regional, dunyo).
3. Bozorning o’sish sur’atlari va uni rivojlanishining qaysi bosqichda ekanligi.

  1. Raqobatchilar soni va ularning xajmi.

  2. Xaridorlar soni va ularning moliyaviy imkoniyatlari.

6. Integratsiya qaerga qarab ketayapti?
7. Texnologik o’zgarishlarning yo’nalishi va sur’atlari.
8. Tarmoqqa kirish va undan chiqish osonligi.
9. Raqobatchilarning mahsuloti va xizmatlarining tabaqalanish darajasi.
10. Kompaniyaning ishlab chiqarish xajmi, transportirovka qilish, marketing va reklamani tashkil qilishda tejamkorlikka erishish imkonining borligi.
11. Tarmoqdagi «o’qitish / tajriba» egri chizig’i ijobiy tendentsiyaga egami?
12. Tarmoqqa zarur bo’lgan kapital sarmoyalar qo’yilyaptimi?
13. Tarmoqdagi daromad darajasi umumiy daromad darajasidan pastmi yoki yuqorimi?
Ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha sohaning «portretini» to’zib, so’ng uni tahlil qilib chiqish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ushbu jadvalda ayrim iqtisodiy ko’rsatkichlarning strategik jixatdan muximligiga doir ma’lumotlar keltirilgan.
Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi
«GARVARD» universitetining professori Maykl Porter tarmoqdagi raqobatchi kuchlarni quyidagicha guruxlagan:
1.Tarmoq ichida sotuvchilar o’rtasidagi raqobat.
2.Boshqa tarmoqdagi kompaniyalarning o’z tovarlari bilan bu tarmoqdagi xaridorlarni egallab olishga xarakat qilishi.
3.Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo’lishi.
4.Xom ashyo va butlovchi detallar yetkazib beruvchilarning o’z shartlarini o’tkazishga urinishlari.
5. Xaridorlarni o’z shartlarini o’tkazishga urinishlari.
Bu tahlil korxona mazkur tarmoqda duch kelishi mumkin bo’lgan qulay imkoniyatlar va xavf‑xatarlarni aniqlab olish maqsadida amalga oshiriladi.
Porter buning «beshta kuch» modelini taklif qilgan. U ushbu modelni asoslab berar ekan, bu ko’rsatkichlarning ta’sir kuchi qanchalik yuqori bo’lsa, mavjud kompaniyalarda narx va daromadni oshirish imkoniyati shunchalik kam bo’lishini ta’kidlagan edi. Bu kuchlarning zaiflashishi esa kompaniyalar uchun qulay imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Kompaniya o’z strategiyasini o’zgartirib, ushbu ko’rsatkichlarni o’z foydasiga o’zgartirishi mumkin.
Potentsial raqobatchilarning kirish xavfi (Porterning birinchi kuchi) kompaniyaning daromadlariga taxdid solishi mumkin. Ikkinchi tomondan, agar bu xavf kichik bo’lsa, kompaniya narxlarni oshirib, o’z daromadlarini ko’paytirishi mumkin.

Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling