Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Tasvirga maxsus rang effektlarini qo‘llash


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Tasvirga maxsus rang effektlarini qo‘llash 
Photoshop dasturining Desaturate buyrug‘i rangli tasvirni kulrang tasvirga 
o‘giradi va tasvirning rang rejimini o‘zgartirmaydi. Masalan, RGB rang rejimida 
pikselning qizil, yashil va moviy ranglariga bir xil qiymat qo‘yadi. Pikselning 
yorug‘lik qiymati o‘zgarmaydi. Desaturate buyrug‘i tasvirning ma’lumotlarini 
butunlay o‘zgartirib yubopradi. Tasvir ma’lumotlariga ta’sir ko‘rsatmagan holda 
tasvirga o‘zgartirish kiritish uchun Hue/Saturation buyruqlaridan foydalanish 
mumkin. 
Rangli tasvirni kulrang tasvirga o‘girish uchun dasturning Image menyusi 
Adjustments bo‘limidan Desaturate buyruq qatorini tanlash kerak. 
Dasturning Invert buyrug‘i tasvirning ranglarini akslantirish imkoniyatini 
beradi. Tasvirning ranglari akslantirilganda har bir pikselning yorug‘lik qiymati aks 
qiymatga o‘zgartiriladi. Masalan, tasvirda yorug‘lik qiymati 255 teng pikselning 
qiymati akslantirilganda 0 ga teng, yorug‘lik qiymati 5 ga teng bo‘lsa 
akslantirilganda qiymati 250 teng bo‘ladi. 
Tasvirning ranglarini akslantirish uchun quyidagilardan birini bajarish kerak: 
- panellar bo‘limining sozlamalar panelidan akslantirish 
yorlig‘ini bosish 
kerak; 
- dasturning Layer menyusi New Adjustment Layer bo‘limidan Invert buyruq 
qatorini tanlash va ochilgan dialog oynasidan OK tugmasini bosish kerak: 


112
Dasturning Threshold buyrug‘i kulrang yoki rangli tasvirlarni yuqori kontrastli 
oq-qora tasvirga o‘giradi. O‘girish jarayonida uning chegarasini belgilash mumkin. 
Chegara qiymatidan yorug‘roq bo‘lgan barcha piksellar oq rangga, chegar 
qiymatidan qoraroq bo‘lgan barcha piksellar qora rangga o‘zgaradi.
Kulrang yoki rangli tasvirni oq-qora rangga o‘girish uchun quyidagilarni 
bajarish kerak: 
1. Panellar bo‘limining sozlamalar panelidan oq-qora ragga o‘girish 
yorlig‘ini bosish yoki dasturning Layer menyusi New Adjustment Layer bo‘limidan 
Threshold buyruq qatorini tanlash kerak; 
2. Panellar bo‘limining xususiyatlar panelidan o‘girish chegarasini belgilash 
uchun slayderni siljitish kerak. 
Quyida o‘girish chegarasining qiymati 128 teng bo‘lgan o‘girish ko‘rsatilgan: 
Photoshop dasturining Gradient Map sozlamasi belgilangan gradiyent 
ranglarini tasvirning kulrang qiymatlariga biriktiradi. Agar gradiyent ikkita rangdan 
tashkil topgan bo‘lsa tasvirning soya ranglari gradiyentning birinchi rangiga, 
tasvirning yorug‘lik ranglari gradiyentning ikkinchi rangiga biriktiriladi. 
Tasvirga Gradient Map sozlamasini qo‘llash uchun quyidagilarni bajarish 
kerak: 


113
1. Panellar bo‘limining sozlamalar panelidan Gradient Map 
yorlig‘ini 
bosish yoki dasturning Layer menyusi New Adjustment Layer bo‘limidan Gradient 
Map buyruq qatorini tanlash kerak; 
2. Panellar bo‘limining xususiyatlar panelidan kerakli gradiyent tanlab olinadi: 
3. Panellar bo‘limining xususiyatlar panelidan quyidagi elementlarni tanlash 
mumkin: 
Dither – tasodifiy shovqin qo‘shib gradiyent to‘ldirilishni silliqlaydi; 
Reverse – gradiyent to‘ldirilishning yo‘nalishini akslantiradi. 
Quyida Gradient Map sozlamasida ikkita rangli gradiyent qo‘llanilgan tasvir 
ko‘rsatilgan: 

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling