Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Chizish uskunalari 
Photoshop dasturi chizish va tasvirning rangini o‘zgartirish uchun bir nechta 
uskunalarni taqdim etadi. Mo‘yqalam 
va qalam 
uskunalari an’anaviy chizish 
uskunalari bo‘lib ish sohasiga tanlangan rang bilan chizadi. O‘chirg‘ich 

xiralashtirgich 
va bulash 
uskunalari tasvirdagi mavjus ranglarni o‘zgartiradi. 
Barcha chizish uskunalari uchun dasturning xususiyatlar panelida tasvirga rangni 
qo‘llash usuli va mo‘yqalam andozalarini tanlab olish mumkin. 
Mo‘yqalam va qalam uskunalari tasvirga old fon rangi bilan chizadi. 
Mo‘yqalam uskunasi yordamida yonshoq chegarali chiziqlar qalam uskunasi 
yordamida qattiq chegarali chiziqlar chiziladi. Mo‘yqalam va qalam uskunalari 
yordamida quyidagicha foydalaniladi: 
1. Old fon rangi tanlanadi. 
2. Mo‘yqalam 
yoki qalam 
uskunasi tanlanadi. 
3. Panellar bo‘limining mo‘yqalamlar paneli 
tugmasini bosib quyidagi 
ochilgan mo‘yqalamlar panelidan mo‘yqalam tanlab olinadi: 


147
4. Dasturning xususiyatlar panelidan chizish rejimi, chiziq shaffofligi va 
boshqa xususiyatlar belgilab olinadi. 
5. Tasvir ustida sichqon tugmasini bosib turgan holda yurgizib chiziladi. 
Chizish uskunalari uchun dasturning xususiyatlar panelidan quyidagi 
sozlamalarni belgilab olish mumkin: 
Mode – chizilayotgan chiziq rangining tasvirning mavjud piksellari bilan 
aralashish usulini belgilaydi. 
Opacity – qo‘llanilayotgan rangning shaffoflik darajasini belgilaydi. 
Flow – uskuna ko‘rsatkichi belgilangan maydon ustida yurgizilganda rangni 
qo‘llash darajasini belgilaydi.
Airbrush 
- puliverizator yordamida chizishni simulyatsiya qiladi.
Auto eraze (faqat qalam uskunasi uchun) – old fon rangiga ega maydonlarga 
orqa fon rangida chizadi. 

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling