Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc
Download 2.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasvirlar bilan ulashish
Metadata va izohlar
Metadata fayl to‘g‘risidagi standartlashtirilgan ma’lumotlar to‘plami hisoblanadi. Jumladan, ushbu ma’lumotlarga muallifning nomi, nuqtalar zichligi, ranglar miqdori, mualliflik huquqi va biriktirilgan kalit so‘zlar kiradi. Masalan, aksariyat raqamli foto kameralar rasm fayllariga uning eni va bo‘yi o‘lchami, formati, rasm olingan vaqti kabi asosiy ma’lumotlar biriktiradi. Metadatalar ishni tashkil etishda va fayllarni tartiblashda ishlatilishi mumkin. Metadata ma’lumotlari Extensible Metadata Platform (XMP) standarti asosida saqlanadi. XMP standarti XML standarti asosida yaratilgan bo‘lib aksariyat hollarda metadata rasm faylida saqlanadi. Agar metadata rasm faylida saqlash imkoniyati mavjud bo‘lmasa u alohida faylda saqlanadi. Photoshop dasturida tasvirga izohlar qo‘shish mumkin. Izohlar taqriz berish va izoh qoldirishda qo‘l keladi. Izohlar tasvirda chop etilmaydigan, kichik yorliq ko‘rinishda aks ettiriladi. Izohlar tasvirda biriktirilgan joyiga bog‘langan bo‘ladi. Izohlarni aks ettirish, yashirish, ochish va tahrirlash mumkin. 36 Photoshop dasturida izohlarni xolstning istalgan joyiga qo‘shish mumkin. Izoh yaratilganda tasvirda tegishli yorliq paydo bo‘ladi. Izoh qo‘shish uchun quyidagilar bajarilishi kerak: 1. Uskunalar panelidan Note tool uskunasi tanlanadi; 2. Xususiyatlar panelida quyidagilar belgilanadi: - Author – izohning muallifini blgilaydi; - Color – izoh yorlig‘ining rangini belgilaydi; 3. Tasvirga izoh qo‘yiladigan joyga sichqon bilan bosiladi; 4. Izoh kiritish uchun kursor faollashadi. Izohlarni aks ettirish yoki yashirish uchun dasturning View menyusi Show bo‘limidan Notes qatorini tanlash kerak. Tasvirlar bilan ulashish Photoshop dasturi yaratilgan tasvirlarni bir nechta servislarga ulashish imkoniyatini beradi. Elektron pochta orqali ulashilganda Photoshop dasturi tasvirning asl nusxasini (.psd fayl ko‘rinishida) jo‘natadi. Ma’lum servislar va ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashilganda Photoshop dasturi tasvirni avtomatik ravishda JPEG formatiga o‘girib beradi. Tasvirni ulashish uchun dasturning File menyusidan Share qatorini tanlash yoki xususiyatlar panelidan tugmasini bosish kerak. Natijada ulashish imkoniyatlarini aks ettiruvchi dialog oynasi ochiladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling