Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc
Download 2.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ton o‘zgarishlarini tez bajarish
Darajalarni o‘zgartirish
Darajalar panelida soya, o‘rta tonlar va yorug‘lik qiymatlarini o‘zgartirish orqali tasvirning ton chegarasi va ranglar balansini o‘zgartirib olish mumkin. Darajalar panelidagi gistogramma tasvirning asosiy tonlarini o‘zgartirish uchun ko‘rgazmali yo‘riq xisoblanadi. Darajalar paneli quyidagi ko‘rinishga ega: A – soya, B – o‘rta ton, C – yorug‘lik Paneldagi A va C slayderlari qora va oq nuqtalarga bog‘langan bo‘lib odatda A slayderining qiymati 0 ga (bu yerda piksellar qora rangda), C slayderining qiymati A B C 109 255 ga (bu yerda piksellar oq rangda) teng. Paneldagi o‘rta slayder B tasvirdagi gammani sozlaydi. Paneldagi o‘rta ton slayderi soya va yorug‘lik qiymatlariga katta ta’sir ko‘rsatmagan holda kulrang tonlarining darajasini o‘zgartiradi. Tasvirning darajalarini o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 1. Panellar bo‘limining sozlamalar panelidan darajalar yorlig‘ini bosish yoki dasturning Layer menyusi New Adjustment Layer bo‘limidan Levels buyruq qatorini tanlab ochilgan dialog oynasidan OK tugmasini bosish kerak; 2. Tasvirning soya va yorug‘lik darajalarini o‘zgartirish uchun darajalar panelidan chap va o‘ng slayderlarini gistogrammaning chetlariga siljitish kerak: 3. O‘rta tonlarni o‘zgartirish uchun o‘rta slayderni gistogramma bo‘ylab siljitish kerak. O‘rta slayderni chap tomonga siljitish tasvir yorug‘ligini oshiradi, o‘ng tomonga siljitish tasvirni qorong‘ilashtiradi. Ton o‘zgarishlarini tez bajarish Auto Contrast buyrug‘i yordamida tasvirning kontrastini avtomatik sozlab olish mumkin. Buyruq yordamida tasvirning soya darajasi toza qora (0 qiymat) va yorug‘lik darajasi toza oq (255 qiymat) ranglarga tenglashtiradi. Natijada tasvirning yorug‘lik darajalari yorqinroq, soya darajasi qoraroq ko‘rinishga o‘zgaradi. Tasvirga Auto Contrast buyrug‘ini quyidagicha qo‘llash mumkin: 1. Panellar bo‘limining sozlamalar panelidan darajalar yoki egriliklar yorliqlarini bosish yoki dasturning Layer menyusi New Adjustment Layer bo‘limidan Levels yoki Curves buyruq qatorlarini tanlash kerak; 2. Panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelidan klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda Auto tugmasini bosish kerak. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi: 110 3. Dialog oynasining Algorithms bo‘limidan Enhance Monochromatic Contrast elementi belgilanadi; 4. Dialog oynasining Target Colors & Clipping bo‘limidan soya (Shadows) va yorug‘lik (Highlights) ranglari belgilanadi; 5. Dialog oynasining OK tugmasi bosiladi. Auto Color buyrug‘i tasvirning kontrasti va rangini avtomatik sozlash imkoniyatini beradi. Tasvirga Auto Color buyrug‘ini quyidagicha qo‘llash mumkin: 1. Panellar bo‘limining sozlamalar panelidan darajalar yoki egriliklar yorliqlarini bosish yoki dasturning Layer menyusi New Adjustment Layer bo‘limidan Levels yoki Curves buyruq qatorlarini tanlash kerak; 2. Panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelidan klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda Auto tugmasini bosish kerak; 3. Natijada ochilgan dialog oynasining Algorithms bo‘limidan Find Dark & Light Colors va Snap Neutral Midtones elementlarini belgilash kerak; 4. Dialog oynasining Target Colors & Clipping bo‘limidan soya va yorug‘lik ranglari belgilanadi va o‘rta ton uchun maqsad rangi tanlanadi; 5. Dialog oynasining OK tugmasi bosiladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling