Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc
Tasvirga maxsus rang effektlarini qo‘llash
Download 2.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA
Tasvirga maxsus rang effektlarini qo‘llash
Photoshop dasturining Desaturate buyrug‘i rangli tasvirni kulrang tasvirga o‘giradi va tasvirning rang rejimini o‘zgartirmaydi. Masalan, RGB rang rejimida pikselning qizil, yashil va moviy ranglariga bir xil qiymat qo‘yadi. Pikselning yorug‘lik qiymati o‘zgarmaydi. Desaturate buyrug‘i tasvirning ma’lumotlarini butunlay o‘zgartirib yubopradi. Tasvir ma’lumotlariga ta’sir ko‘rsatmagan holda tasvirga o‘zgartirish kiritish uchun Hue/Saturation buyruqlaridan foydalanish mumkin. Rangli tasvirni kulrang tasvirga o‘girish uchun dasturning Image menyusi Adjustments bo‘limidan Desaturate buyruq qatorini tanlash kerak. Dasturning Invert buyrug‘i tasvirning ranglarini akslantirish imkoniyatini beradi. Tasvirning ranglari akslantirilganda har bir pikselning yorug‘lik qiymati aks qiymatga o‘zgartiriladi. Masalan, tasvirda yorug‘lik qiymati 255 teng pikselning qiymati akslantirilganda 0 ga teng, yorug‘lik qiymati 5 ga teng bo‘lsa akslantirilganda qiymati 250 teng bo‘ladi. Tasvirning ranglarini akslantirish uchun quyidagilardan birini bajarish kerak: - panellar bo‘limining sozlamalar panelidan akslantirish yorlig‘ini bosish kerak; - dasturning Layer menyusi New Adjustment Layer bo‘limidan Invert buyruq qatorini tanlash va ochilgan dialog oynasidan OK tugmasini bosish kerak: 112 Dasturning Threshold buyrug‘i kulrang yoki rangli tasvirlarni yuqori kontrastli oq-qora tasvirga o‘giradi. O‘girish jarayonida uning chegarasini belgilash mumkin. Chegara qiymatidan yorug‘roq bo‘lgan barcha piksellar oq rangga, chegar qiymatidan qoraroq bo‘lgan barcha piksellar qora rangga o‘zgaradi. Kulrang yoki rangli tasvirni oq-qora rangga o‘girish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 1. Panellar bo‘limining sozlamalar panelidan oq-qora ragga o‘girish yorlig‘ini bosish yoki dasturning Layer menyusi New Adjustment Layer bo‘limidan Threshold buyruq qatorini tanlash kerak; 2. Panellar bo‘limining xususiyatlar panelidan o‘girish chegarasini belgilash uchun slayderni siljitish kerak. Quyida o‘girish chegarasining qiymati 128 teng bo‘lgan o‘girish ko‘rsatilgan: Photoshop dasturining Gradient Map sozlamasi belgilangan gradiyent ranglarini tasvirning kulrang qiymatlariga biriktiradi. Agar gradiyent ikkita rangdan tashkil topgan bo‘lsa tasvirning soya ranglari gradiyentning birinchi rangiga, tasvirning yorug‘lik ranglari gradiyentning ikkinchi rangiga biriktiriladi. Tasvirga Gradient Map sozlamasini qo‘llash uchun quyidagilarni bajarish kerak: 113 1. Panellar bo‘limining sozlamalar panelidan Gradient Map yorlig‘ini bosish yoki dasturning Layer menyusi New Adjustment Layer bo‘limidan Gradient Map buyruq qatorini tanlash kerak; 2. Panellar bo‘limining xususiyatlar panelidan kerakli gradiyent tanlab olinadi: 3. Panellar bo‘limining xususiyatlar panelidan quyidagi elementlarni tanlash mumkin: Dither – tasodifiy shovqin qo‘shib gradiyent to‘ldirilishni silliqlaydi; Reverse – gradiyent to‘ldirilishning yo‘nalishini akslantiradi. Quyida Gradient Map sozlamasida ikkita rangli gradiyent qo‘llanilgan tasvir ko‘rsatilgan: Download 2.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling