Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Kaltalash, aylantirish va xolst o‘lchamini sozlash


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Kaltalash, aylantirish va xolst o‘lchamini sozlash 
Photoshop dasturi umumiy hujjatni kaltalash, aylantirish va o‘lchamini 
o‘zgartirish imkoniyatini beradi. 
Tasvirni Crop buyrug‘i yordamida kaltalash uchun quyidagilarni bajarish 
kerak: 
1. Belgilash uskunalari yordamida tasvirning saqlab qolinadigan qismi 
belgilanadi; 
2. Dasturning Image menyusidan Crop buyruq qatori tanlanadi. 


121
Dasturning Trim buyrug‘i Crop buyrug‘idan farqli ravishda tasvirning keraksiz 
qismlarini kaltalash imkoniyatini beradi. Trim buyrug‘i yordamida tasvir atrofidagi 
shaffof piksellarni, orqa fon rangidagi piksellarni yoki belgilangan rangdagi 
piksellarni qirqib tashlash mumkin. 
Tasvirni Trim buyrug‘i yordamida kaltalash uchun quyidagilarni bajarish 
kerak: 
1. Dasturning Image menyusidan Trim buyruq qatori tanlanadi. Natijada 
quyidagi dialog oynasi ochiladi: 
2. Ochilgan dialog oynasidan quyidagilarni tanlash mumkin: 
- Transparent Pixels tasvirning chegaralaridagi shaffof piksellarni qirqib 
tashlaydi; 
- Top Left Pixel Color tasvirdan yuqori chap piksel rangiga teng bo‘lgan 
piksellarni o‘chiradi; 
Bottom Right Pixel Color tasvirdan pastki o‘ng piksel rangiga teng bo‘lgan 
piksellarni o‘chiradi; 
3. Tasvirdan qirqib tashlanadigan bir yoki bir nechta maydonlar tanlanadi: 
yuqori, past, chap, o‘ng. 
Bir nechta kichik o‘lchamdagi rasmlarni bir vaqtda skaner qurilmasida 
skanerlab yagona tasvirni yaratib olish mumkin. Photoshop dasturining Crop and 
Straighten Photos buyrug‘i yordamida avtomatik ravishda bir-nechta rasmlardan 
tashkil topgan tasvirdan alohida tasvirlarni yaratib olish mumkin. Buning uchun 
quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Bir-nechta rasmlardan iborat tasvirni dastur yordamida ochish kerak; 


122
2. Tasvir joylashgan qavatni tanlash kerak; 
3. Dasturning File menyusi Automate bo‘limidan Crop and Straighten Photos 
buyruq qatorini tanlash kerak. 
Natijada har bir rasm alohida oynada ochiladi. 
Ruler uskunasining Straighten xususiyati tasvirni undagi asosiy chiziqlarga 
nisbatan to‘g‘irlash imkoniyatini beradi. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Dasturning uskunalar panelidan Ruler 
uskunasini tanlash; 
2. Uskuna yordamida tasvirda asosiy gorizontal yoki vertikal chiziqlar bo‘ylab 
chiziladi: 
3. Dasturning xususiyatlar panelida Straighten Layer tugmasini bosish kerak. 
Natijada tasvir belgilangan chiziq bo‘ylab to‘g‘rilanadi: 
Image Rotation buyruqlari yordamida butun tasvirni aylantirish yoki 
akslantirib olish mumkin. Image Rotation buyruqlari dasturning Image menyusi 
Image Rotation bo‘limidan tanlanadi va ular quyidagilardan iborat: 
180

tasvirni 180

ga aylantiradi; 
90

 CW tasvirni soat bo‘ylab 90

ga aylantiradi; 
90

 CCW tasvirni soatga qarshi 90

ga aylantiradi; 
- Arbitrary tasvirni dialog oynasida belgilangan burchak va yo‘nalishda 
aylantiradi: 


123
Flip Canvas Horizontal tasvirni vertikal o‘q bo‘ylab aylantiradi; 
Flip Canvas Vertical tasvirni gorizontal o‘q bo‘ylab aylantiradi. 
Canvas Size buyrug‘i xolst o‘lchamini o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Xolst 
o‘lchamini kattalashtirish mavjud tasvirning atrofiga bo‘sh maydon qo‘shadi. Xolst 
o‘lchamini kichraytirish tasvirni kaltalaydi. Shaffof orqa fonga ega xolst o‘lchami 
kattalashtirilsa qo‘shilgan maydon ham shaffof bo‘ladi. Xolst o‘lchamini 
o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Dasturning Image menyusidan Canvas Size buyruq qatorini tanlanadi. 
Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi: 
2. Quyidagilardan biri bajariladi: 
- xolstning o‘lchami Width va Height maydonlariga kiritiladi. O‘lchov birligi 
ochiladigan menyudan tanlanadi; 
- Relative elementi tanlanadi, Width va Height maydonlariga xolstga 
qo‘shiladigan yoki ayriladigan qiymat kiritiladi. Musbat qiymat kiritilsa xolst 
o‘lchami kattalashadi, manfiy qiymat kiritilsa xolst o‘lchami kichiklashadi. 


124
3. Xolstning o‘zgarish nisbiy nuqtasini belgilab olish uchun Anchor 
elementidan kerakli katak tanlanadi. Odatda, nisbiy nuqta xolstning markazida 
joylashadi va barcha o‘zgarishlar markazga nisbatan amalga oshiriladi; 
4. Dialog oynasining Canvas Extension Color elementiga ochiladigan 
menyudan quyidagi qiymatlarni tanlab olish mumkin: 
Foreground qo‘shiladigan maydon old fon rangida bo‘ladi; 
Background qo‘shiladigan maydon orqa fon rangida bo‘ladi; 
White, Black, Gray qo‘shiladigan maydon oq, qora yoki kulrang bo‘ladi; 
Other qo‘shiladigan maydon rangini tanlash uchun rang tanlash dialog oynasi 
ochiladi. 
5. Dialog oynasining OK tugmasi bosiladi. 

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling