Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Mo‘yqalamlarni yaratish va o‘zgartirish


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Mo‘yqalamlarni yaratish va o‘zgartirish 
Photoshop dasturida turli xususiyatlarga ega mo‘yqalamlarni yaratib olish 
imkoniyati mavjud. Dastur yordamida mo‘yqalam va mo‘yqalam shaklini mavjud 
andozalar asosida tanlab olish yoki tasvirning biror bir qismi asosida yaratib olish 
mumkin. Mo‘yqalam yordamida rangni qo‘llanilish usulini mo‘yqalam sozlamalari 
panelida belgilab olish mumkin. 


148
Mo‘yqalam sozlamalari paneli yordamida mavjud mo‘yqalamlarni o‘zgartirish 
va yangi mo‘yqalamlarni yaratish mumkin. Mo‘yqalam sozlamalari panelida rangni 
tasvirga qo‘llash xususiyatlarini belgilovchi sozlamalari ham mavjud. Panelning 
pastki qismida mo‘yqalamning joriy sozlamalari bilan chiziladigan chiziq ko‘rinishi 
aks ettiriladi. Mo‘yqalam sozlamalari panelini aks ettirish uchun dasturning Window 
menyusidan Brush Settings buyruq qatorini tanlash kerak: 
Tasvirning bir qismi asosida mo‘yqalam yaratish uchun quyidagilarni bajarish 
kerak: 
1. Belgilash uskunalari yordamida tasvirning biror bir qismi tanlab olinadi. 
2. Dasturning Edit menyusidan Define Brush Preset buyruq qatori tanlanadi. 
3. Ochilgan dialog oynasida yaratilayotgan moyqalam nomi kiritiladi va OK 
tugmasi bosiladi. 
Mo‘yqalam yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Dasturning uskunalar panelidan chizish yoki o‘chirish uskunasi tanlab 
olinadi va dasturning Window menyusidan Brush Settings buyruq qatori tanlanadi. 


149
2. Natijada aks ettirilgan mo‘yqalam sozlamalari panelidan mo‘yqalam turi 
tanlanadi. 
3. Mo‘yqalam sozlamalari panelining chap qismidagi Brush Tip Shape 
bo‘limidan kategoriyalarni tanlab kerakli xususiyatlar belgilanadi. 
4. O‘zgartirilgan xususiyatli mo‘yqalamni keyingi foydalanish uchun saqlab 
olish uchun mo‘yqalam sozlamalari panelining menyusidan New Brush Preset 
buyruq qatorini tanlash kerak. 
Standard mo‘yqalam uchun mo‘yqalam sozlamalari panelidan quyidagilarni 
belgilash mumkin: 

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling