Rashid zohid


Asos, faol, yordamchi nusxalarning ITM ga bog‘liqlik darajasi va


Download 0.83 Mb.
bet54/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

5. Asos, faol, yordamchi nusxalarning ITM ga bog‘liqlik darajasi va
halqalarda tutgan o‘rni




TEST SAVOLLARI
1. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslikning ilmiy-fundamental poydevori...
A) manbalarning ommalashuvi, turlarga ajralishi, matnga germenevtik yondashuvlarning vujudga kelishi natijasida tiklandi
B) paleografiya asosida shakllandi
V) qo‘lyozma va toshbosma kitoblar bibliografiyasini yaratishda shakllandi
G) xat turlarini aniqlash orqali tiklandi

2. Ilmi tajvid nima?


A) Qur’onni to‘g‘ri o‘qish qoidalarini o‘rgatadigan ilm
B) arab fonetikasi qoidalari majmui
V) arab tili grammatikasining tarkibiy qismi
G) morfologiya

3. “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik” qo‘llanmasining muallifi kim?


A) Alimulla Habibullaev
B) Botirbek Hasanov
V) Qosimjon Sodiqov
G) Aziz Qayumov

4. “Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari” o‘quv qo‘llanmasi qachon chop qilingan?


A) 2017 yil
B) 2002 yil
V) 1998 yil
G) 2021 yil

5. “Matnshunoslik saboqlari” qo‘llanmasidagi tadqiq usullarining bayon tarzi?


A) glossariy
B) tavsifiy
V) argumentli
G) formula shaklida

6. SHarqda manba va matnga ilmiy munosabat...


A) Qur’oni karim nuzuli jarayonida shakllandi
B) adabiy manbalar atrofida shakllandi
V) arxeografik topilmalarni o‘rganishda shakllandi
G) qadimiy matnlar asosida shakllandi

7. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik nega filologiyaning ibtidosidagi fan sanaladi?


A) birlamchi manbalar asosida ish olib borgani uchun
B) adabiyotshunoslik va tilshunoslikning vazifalarini jamlagani uchun
V) adabiyotshunoslik va tilshunoslikka poydevor bo‘lgani uchun
G) faqat qadimiy manbalarni o‘rgangani uchun

8. Matnshunoslik faoliyati qaysi ustunda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?


A) B,V,G ustunlarda
B) qadim adabiy qo‘lyozma matnlarni o‘qish va tushunish
V) nusxalararo o‘zaro qiyoslash malakasini hosil qilish
G) asliyatni matn doirasida izohlash va keng sharhlash

9. Matnshunoslik – qadim (va zamonaviy) qo‘lyozma adabiy manbalarni asliyat asosida tizimli tadqiq qilish va nashrga tayyorlash qoidalarini o‘rgatadigan....­


A) mustaqil fan
B) filologiyaning yordamchi sohasi
V) tilshunoslikning tarkibiy qismi
G) adabiyotshunoslik tarmog‘i

10. Matnshunoslikning bosh masalasi


A) matn tarixini tiklash
B) yig‘ma matn tuzish
V) matnning ilmiy apparatini tuzish
G) ilmiy-tanqidiy matn tayyorlash

11. Fanning tushunchaviy apparati


A) terminologik lug‘atlar
B) havoladagi izohlar
V) jadvalli ilovalar
G) tushuncha va hodisalarga berilgan ta’riflar

12. Muayyan asar tabdili...


A) matn tarixining davomi
B) yakuniy natija
V) matnshunoslikning fundamental masalasi emas
G) tadqiqotga berilgan baho

13. Matnshunos uchun eng muhim predmet nima?


A) matn
B) manba kotibi
V) manba muallifi
G) xat turi

14. Matnshunosning asosiy maqsadi


A) ishonchli matnni tiklash
B) qo‘lyozma matnlarni o‘qish
V) arab xatini bilish
G) asliyatni sharhlash

15. Matnshunoslik – qadim va zamonaviy qo‘lyozma adabiy manbalarni asliyat asosida tizimli tadqiq qilish va nashrga tayyorlash qoidalarini o‘rgatadigan....­


A) mustaqil fan
B) filologiyaning yordamchi sohasi
V) tilshunoslikning tarkibiy qismi
G) adabiyotshunoslik tarmog‘i

16. Matnshunoslikning bosh masalasi


A) matn tarixini tiklash
B) yig‘ma matn tuzish
V) matnning ilmiy apparatini tuzish
G) ilmiy-tanqidiy matn tayyorlash

17. Matn tahqiqi


A) qo‘lyozma matndagi har bir so‘z, har bir jumlaning haqiqatda muallif matniga muvofiqligini ilmiy dalillar bilan har tomonlama asoslashdan iborat jarayondir
B) ishonchli matnning ilmiy apparatda aks etgan ko‘rinishidir
V) matnning ilmiy-tanqidiy matn asosidagi nashridir
G) yig‘ma matnning ilmiy-tanqidiy matndan afzalligini isbotlashdir

18. Kon’ektura


A) matnni mantiqiy dalillar bilan isloh qilish
B) arab alifbosini nuqtalarsiz ifodalash
V) qo‘lyozma matnlarni qayta ko‘chirish
G) matnni tillar bo‘yicha tasniflash

19. Mutaxassis bo‘lishning sharti


A) tanlangan kasbning qobiliyatga to‘la muvofiqligi
B) soha qonun-qoidalaridan xabardorlik
V) so‘z va ish birligi
G) axloqiy mukammallik

20. Kreativ yondashuvning asosiy belgisi


A) ijodkorlik
B) topqirlik
V) nazariy bazaga ega bo‘lish
G) vaziyatni boshqarish

21. “Ma’rifat” so‘zining lug‘aviy ma’nosi ­


A) tanish, bilish
B) odob-axloq etiketlaridan xabardorlik
V) ziyoli bo‘lish
G) ko‘p ma’lumotlilik

22. “Ma’rifat” so‘zining istilohiy ma’nosi


A) YAratuvchini tanish
B) haqiqiy va majoziy ma’noni ajratish
V) mantiqiy fikrlash
G) jannatni tasavvur qilish

23. ضبط المتن nima?


A) matn aniqligi
B) matnga lug‘at tuzish
V) muqaddima
G) nasta’liq xatida bitilgan matn

24. Arxitep nusxa


A) birlamchi qadimiy nusxa
B) muallifi noma’lum qo‘lyozma
V) toshbosma asar
G) kolofoni mavjud qo‘lyozma

25. O‘zbek yozma adabiy tilining ilk manbasi


A) o‘rxun-enasoy bitiklari
B) “Devonul lug‘otit turk”
V) Kultegin yodnomasi
G) “Hibatul haqoyiq”

26. Qoraxoniylar xonligi qachon tashkil topgan?


A) 840 yil
B) 650 yil
V) 715 yil
G) 1100 yil

27. O‘rxun-enasoy bitiklari qaysi yozuvda bitilgan? ­


A) ko‘k turk yozuvi
B) uyg‘ur yozuvi
V) eski o‘zbek yozuvi
G) piktografik yozuv

28. “Qutadg‘u bilig”ning nechta qo‘lyozma nusxasi mavjud?


A) 3 ta
B) 1 ta
V) 2 ta
G) 6 ta

29. “Qutadg‘u bilig” qaerda bitilgan?


A) Koshg‘ar
B) Balasog‘un
V) G‘ulja
G) Samarqand

30. “Hibatul haqoyiq”ning Istanbul nusxasi qaysi yozuvda?


A) uyg‘ur
B) arab
V) fors
G) eski o‘zbek

31. Eski o‘zbek tilining yana bir nomi


A) Chig‘atoy turkchasi
B) sartiya
V) mo‘g‘ul tili
G) so‘g‘d tili

32. Saljuqiylar o‘g‘uz guruhi adabiy tili


A) eski anado‘lu turkchasi
B) usmoniy turkchasi
V) azariy turkchasi
G) urganjiy turkchasi

33. “Qisasi Rabg‘uziy”ning eng qadimiy nusxasi qaysi asrga oid?


A) XV asr
B) XIV asr
V) XII asr
G) XVI asr

34. Qutbning yagona nusxadagi “Xusrav va SHirin” asari qachon va qaerda ko‘chirilgan?


A) 1383 yili Misrda
B) 1415 yili SHomda
V) 1382 yili Samarqandda
G) 1298 yili Hirotda

35. Xorazmiy “Muhabbatnoma”sining eng qadimiy qo‘lyozmasi qaerda saqlanadi?


A) Britaniya
B) Sankt-Peterburg
V) Istanbul
G) Fransiya

36. Xo‘jandiyning “Latofatnoma” asari kimga bag‘ishlangan?


A) Sulton Mahmud
B) Husayn Boyqaro
V) Abdulazizxon
G) Amir Temur

37. Boysunqur Mirzo tuzgan maxsus kitobat guruhi tarkibi


A) xattot, naqqosh, musavvir, sahhof, muzahhib
B) faqat kotiblar
V) naqqosh va haykaltaroshlar
G) xattot, naqqosh, musavvir, faqih, tabib

38. “YOqutona xat” egasi


A) SHams Boysunqoriy
B) Abdujamil kotib
V) Sultonali Mashhadiy
G) Abdulloh Marvorid

39. “SHohnoma”ning turkiy tarjimoni


A) Xomushiy
B) Bobo Sayromiy
V) Kirom Dehqoniy
G) Sayyid Qosimiy

40. Mashhur xattot YOqut Mustasmiy ko‘chirgan asar nomi


A) “Guliston”
B) “Muhabbatnoma”
V) “Dahnoma”
G) “Devoni hikmat”

41. “Qiblat ul-kuttob” nomini olgan xattot


A) Mir Ali Tabriziy
B) Sultonali Mashhadiy
V) Miri Muhammad Solihiy
G) Abulqosim Fayoziy

42. Hirot xattotlik maktabida paydo bo‘lgan adabiy xat turi


A) nasta’liq
B) rayhoniy
V) devoniy
G) riq’a

43. Uyg‘ur xatidagi “Maxzanul asror”ning kotibi


A) Zaynul Obidin
B) Isfandiyor xattot
V) Abdulkarim Koshg‘ariy
G) Amir Ko‘hiy

44. “Lutfiy asarlari qo‘lyozmalari katalogi”ni tuzgan olim


A) Erkin Ahmadxo‘jaev
B) Boboxon Qosimov
V) Mahmud Hasaniy
G) Saidbek Hasanov

45. Alisher Navoiy “Atoyi” nomini qaysi asarlarida tilga olgan?


A) “Majolisun nafois” va “Muhokamatul lug‘atayn”
B) faqat “Nasoyimul muhabbat”da
V) “Mezonul avzon” va “Majolisun nafois”
G) “Xamsa” dostonlarida

46. Sakkokiy devonining nechta qo‘lyozmasi mavjud?


A) ikkita
B) to‘rtta
V) bitta
G) beshta

47. Alisher Navoiy ilmiy-adabiy merosi necha qismga bo‘linadi?


A) 9 qismga
B) 8 qismga
V) 10 qismga
G) 12 qismga

48. Navoiyga nisbat berilgan asarlar


A) “Sab’at abhur”, “Risolayi tiyri andoxtan”, “Nazmi aqoid”
B) “Maxzanul asror”, “Gul va Navro‘z”
V) “Ravoyihul quds”, “Mukoshafatul qulub”
G) “Nasrul laoliy”, “Muhokamul lug‘atayn”

49. Arab yozuvidagi turkiy yodgorliklar


A) X asrga oid
B) IX asrga oid
V) VIII asrga oid
G) XI asrga oid

50. “Turkiy tillar haqida noyob tuhfa” asari muallifi


A) noma’lum
B) Abu Zakariyo
V) Qalqashandiy
G) Ahmad Bolosog‘uniy

51. “Hibatul haqoyiq” qo‘lyozmasida “bulut” so‘zi qanday yozilgan?


A) بولوط
B) بولوت
V) بلوت
G) بولط

52. XX asr o‘zbek yozuvining arab grafikasiga asoslangan davri


A) 1900-1929-yillar
B) 1910-1930-yillar
V) 1905-1935-yillar
G) 1901-1928-yillar

53. “Chig‘atoy gurungi” jamiyati rahbari


A) Fitrat
B) Ziyo Said
V) Botu
G) Elbek

54. Isloh qilingan yozuvdagi ﺌ - ﻴ imlosining izohi


A) ikki ost cho‘zgi
B) ikki ust cho‘zgi
V) ikki o‘tru
G) ikki o‘rta cho‘zgi

55. O‘rama kitob materiali qaysi o‘simlikdan tayyorlangan?


A) papirus
B) eman po‘sti
V) paportnik
G) chinor daraxti

56. Pergament (teri) qachondan ishlatila boshladi?


A) miloddan avval II asr
B) miloddan keyin III asr
V) miloddan avval IV asr
G) miloddan avval I asr

57. Dastlabki qog‘oz qachon va qaerda kashf etilgan?


A) milodiy 105 yil Xitoyda
B) milodiy 380 yil Samarqandda
V) milodiy 204 yil Misrda
G) milodiy 480 yil Bog‘dodda

58. VII asrda teriga ishlangan noyob kitob


A) Mushafi Usmoniy
B) Idiqut mahkamasi so‘zligi
V) Avesto
G) O‘g‘uzhoqon

59. Toshga bitilgan yozuvlarga nisbatan ishlatiladigan atama


A) epigrafik matn
B) paleografik matn
V) arxaik matn
G) arxeologik matn

60. Xattotlar “qalam” deganda nimani nazarda tutishgan?


A) qamish
B) grafit
V) qora siyoh
G) bambuk

61. Mulla Najmiddin Siyohiy kim?


A) XIX asrning 90-yillaridagi toshkentlik mashhur siyoh tayyorlovchi
B) XIX asrda yashagan buxorolik mashhur sahhof
V) XVIII asr oxirida yashagan samarqandlik xattot
G) XX asr boshlarida faoliyat ko‘rsatgan jadid olimlardan

62. “Los” tayyorlanadigan xom-ashyo nomi


A) ipak chiqindisi
B) nam shimdirilgan qog‘oz
V) yog‘och payraxasi
G) siyoh

63. Forzatsning SHarq kitobatchiligidagi nomlanishi


A) shams
B) unvon
V) poygir
G) hoshiya

64. Buyurtmachining shaxsiy belgisi nima deb ataladi?


A) tug‘ro
B) ramz
V) muhr
G) zarvaraq

65. Lavha nima?


A) o‘zaro simmetrik ishlangan nafis bezak
B) zarhal jadval
V) bezakli sarlavha
G) qo‘sh varaq

66. Unvon nima?


A) avvalgi sahifaning bir qismiga ishlangan zarhal naqsh
B) kotibning nomi aks etgan muhr
V) toshbosmadagi matba’ sanasi va joyi ko‘rsatilgan o‘rin
G) kolofon

67. Zarvaraq nima?


A) to‘la zarhal bilan bezalgan birinchi bet
B) zarhalda bitilgan matn
V) titul varaq
G) hoshiyasiz matn

68. Hoshiya nima?


A) qo‘lyozma matn tevaragida bo‘sh joy
B) matn osti izohlari
V) matndan tashqari so‘zlar
G) ramkaga olingan matn

69. Kitobning o‘ng qismidagi muqova varaqlari nima deyiladi?


A) o‘ng toqa
B) varaq
V) sahifa
G) bet

70. Odobi tasnif nima?


A) kitobning tuzilishi bilan bog‘liq qoida va talablar
B) yozuv odobi
V) xattotlik qoidalari
G) qo‘lyozmaning tarkibiy qismlari

71. Matn so‘zining lug‘aviy ma’nosi


A) narsaning ustki, yuza qismi
B) qattiq jism
V) yozuv shakli
G) abzats

72. Tilshunoslikda matnning...


A) tuzilishi e’tiborga olinadi
B) ko‘rinishi e’tiborga olinadi
V) ma’nosi e’tiborga olinadi
G) shakli e’tiborga olinadi

73. “Tekst” so‘zining lug‘aviy ma’nosi


A) to‘qima mato, to‘qish, o‘rish
B) yozuvda qayd etib qo‘yilgan nutq
V) nutq parchasi
G) gapning eng kichik birligi

74. Baxtin matnning mavjudlik shakli haqida aytadi:


A) “matn boshqa matn bilan bog‘liq holda yashaydi”
B) “matn butun holda mavjud”
V) “matn fikrda emas, mazmunda yashaydi”
G) “matn polifonik shaklda mavjud”

75. “Matn metodologik amaliyot maydoni” so‘zlarini kim aytgan?


A) Rolan Bart
B) Rozental
V) Lixachev
G) Baxtin

76. Mixail Lotman ta’rifi


A) hamma javoblar to‘g‘ri
B) matn matngacha mavjud narsaning ifodasi emas
V) matn matngacha mavjud narsani yuzaga chiqaruvchi
G) matngacha mavjud narsalarni o‘z ichiga oluvchi mustaqil yaxlitlik

77. “Tizimlar chegarali, lekin oxiri yo‘q, matnlar esa chegarali va oxiri bor” so‘zlari kimga tegishli?


A) Umberto Eko
B) Mendelshtam
V) Pasternak
G) Lotman

78. Matn tarixi nima?


A) muayyan matnning paydo bo‘lishidan to oxirigi holatigacha davom etgan o‘zgarishlar silsilasi
B) matn haqida muallif tavsifi
V) matn nashridagi izohlar majmui
G) matnning tushunchaviy apparati

79. “Hidoyatut tolibin” qanday asar?


A) sharh
B) doston
V) noma
G) risola

80. Ishonchli matnni tiklash silsilasining ikkinchi halqasini tashkil qiluvchi nusxalar


A) S 1420; 2061; RA
B) A 1074; 2061; IO
V) A 1074; V 4249; V 317; S 161
G) A 1057; S 2; HT

81. “Hidoyatut tolibin”da sharhlangan baytlar soni


A) 1678 ta
B) 1663 ta
V) 2013 ta
G) 1786 ta

82. 2061 nusxa ITM bilan qaysi nusxa orqali bog‘langan?


A) S 2
B) S 1420
V) S 1
G) A 1057

83. “Sabotul ojizin” maqsadiga ko‘ra qanday kitob?


A) aqida
B) tasviriy
V) falsafiy
G) tarixiy

84. Qo‘lyozma asar nusxalari ishonchlilik darajasini aniqlashning avvalgi qoidasi


A) To‘liq nusxa chala nusxadan afzal
B) Nasta’liqda ko‘chirilgan matn nasxda ko‘chirilganidan afzal
V) Qadimiy nusxa zamonaviy nusxadan afzal
G) SHarhdan xoli matndan ko‘ra izohli matn yaxshiroq

85. “Sabotul ojizin”ning eng qadimiy nusxasi


A) A 1057
B) S 2
V) A 1074
G) HT

86. “Adabiy manbalarda matn tahriri masalasi” maqolasi muallifi kim?


A) V.M.Istrin
B) A.Qayumov
V) B.Hasanov
G) N.SHodmonov

87. Ushbu javoblardan qaysi biri to‘g‘ri?


A) ilmiy nashrlarda Qur’on oyatlarining asliy imlodagi shaklini, so‘ngra tarjimasini, ommaviy nashrlarda esa faqat tarjimaning o‘zini bergan ma’qul
B) ilmiy nashrlarda Qur’on oyatlarining kirill imlosidagi shaklini, so‘ngra tarjimasini, ommaviy nashrlarda esa faqat tarjimaning o‘zini bergan ma’qul
V) ilmiy nashrlarda Qur’on oyatlarining lotin imlosidagi shaklini, so‘ngra tarjimasini, ommaviy nashrlarda esa faqat asliyatning o‘zini bergan ma’qul
G) ilmiy nashrlarda Qur’on oyatlarining asliy imlodagi shaklini, so‘ngra lotinchasini, ommaviy nashrlarda esa faqat tarjimaning o‘zini bergan ma’qul

88. Arabcha va forscha so‘zlarni o‘zbek tiliga qanday o‘zlashtirgan ma’qul?


A) o‘zlashayotgan til lisoniy qonuniyatlariga muvofiqlashtirilishi kerak
B) o‘sha so‘zning o‘qilishi va uni o‘zbek tili talaffuziga moslashtirish e’tiborga olinishi lozim
V) chetdan kirib kelayotgan so‘z imlosini qabul qilishda chet tilning grammatik xususiyatlari e’tiborga olinishi zarur
G) arab va fors tili fonetikasi qonuniyatlari buzilmasligi kerak

89. Qaysi javobda tabdil termini to‘g‘ri ta’riflangan?


A) Bir alifbodan boshqa alifboga o‘girish
B) Bir jumlada bir necha sinonimlarni qo‘llash
V) Litografik nashr
G) Arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish

52. Eski o‘zbek yozuvida bosh harflar...


A) Barcha javoblar noto‘g‘ri
B) CHapdan o‘ngga yozilsa, aks etadi
V) Sarlavhada aks etadi
G) Aks etadi

91. Izofaning maqbul variantini ko‘rsating


A) Sodiqul va’d
B) Sodiq ul-va’d
V) Sodiqu-l-va’d
G) Sodiq ul va’d

92. تقوى تياغين birikmasi qaysi nashrda to‘g‘ri o‘qilgan?


A) “CHo‘lpon” nashrida
B) “Muharrir”nashrida
V) “Ma’naviyat” nashrida
G) “Mehnat” nashrida

93. Muayyan asar tabdili matnshunoslikning fundamental masalasi bo‘la oladimi?


A) bo‘ladi
B) bo‘lmaydi
V) qisman
G) barcha javoblar noto‘g‘ri

94. Dastlabki tafsirlarda Qur’on...


A) Qur’on bilan sharhlangan
B) hadis bilan sharhlangan
V) tarixiy ma’lumotlar yordamida sharhlangan
G) til jihatidan sharhlangan

95. Islomiy ilmlar kitobat qilinishining ilk davri


A) hijriy II (mil. IX) asr
B) hijriy I (mil. VIII) asr
V) hijriy III (mil. X) asr
G) barcha javoblar noto‘g‘ri

96. Mo‘‘tabarlikda Qur’ondan keyin turuvchi manba


A) الجامع الصحيح
B) صحيح المسلم
V) سنن نسائى
G) سنن ابن ماجة

97. تلخيص المفتاح asari muallifi


A) Jaloliddin Qazviniy
B) Sa’duddin Taftazoniy
V) Sakkokiy
G) Najmiddin Qazviniy

98. Evropada manbashunoslikning fan sifatida shakllanishi davri


A) XVIII asrning ikkinchi choragi
B) XVII asrning ikkinchi yarmi
V) XVIII asrning birinchi choragi
G) XIX asrning avvalgi choragi

99. “Manba” so‘zining lug‘aviy ma’nosi


A) oqib chiqish joyi, boshlanish nuqtasi; buloq
B) kitob
V) energiya manbai
G) so‘z va ma’no uyg‘unligi

100. Manbashunoslikda ta’sirlar zanjiri qoidasi


A) barcha javoblar to‘g‘ri
B) manbaning yaxlit butunlik sifatida yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan manbalar silsilasini tiklash
V) manbaning silsiladagi o‘rnini belgilash
G) xalqalar orasidagi munosabatlarning umumiy qonuniyatlarini aniqlash



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling