Tahqiq – haqiqatni yuzaga chiqarish; isbotlash; qarorlashtirish.135
Toshbosma – kitob chop qilishning bir turi bo‘lib, bunda ustida bo‘rtma yozuvlar hosil qilingan maxsus tosh (mum)ga siyoh surtilib, qog‘oz o‘sha tosh ustiga bosilgan. Natijada toshdagi matn to‘la holida qog‘ozda aks etgan. Bu uslub tosh ustidagi matnni bir necha nusxada ko‘chirish imkonini bergan
Toqa – qo‘lyozmaning o‘ng va ters qismidagi muqova varaqlari
Transkripsiya – matnning talaffuz shaklini hozirgi yozuvda ifodalash, bunda so‘zning talaffuz shakli, tovushlar holati inobatga olinadi va shu narsa yozuvda aks ettiriladi
Transliteratsiya – matnni joriy yozuvga o‘girish, bunda matndagi so‘zlar aynan, harfma-harf joriy yozuvda aks etishi lozim
Tushunchaviy apparat – adabiy manbashunoslik va matnshunoslik asoslarining tushunchaviy apparatini fanning terminologik lug‘atlari tashkil qiladi
Tug‘ro – qo‘lyozma kitoblar ilk sahifasining‘ orqa tarafiga qorada chizilgan turli belgilar
Unvon – avvalgi sahifaning uchdan bir qismiga zarhal rangda ishlangan bezakli naqsh (naqsh o‘rtasiga asar nomi yoki basmala bitiladi)
Fanning predmeti – mavzular majmuini aniqlash – tadqiqot ob’ektini, “konkret nima o‘rganilyapti – hodisami, qonuniyatmi, o‘zaro aloqalarmi”, degan savolga javob topish, ya’ni tadqiqot hududini aniqlash – bu tadqiqot predmetidir136
Fanning metodologik asosi – fanning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o‘rganishdan iborat
Faol nusxa – ilmiy-tanqidiy matnni tayyorlash jarayonida tayanch nusxadan keyingi pog‘onada turuvchi yordamchi manbalar
Xattot – xat ustasi; chiroyli xat bituvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |