Rassomlik san’atida ishlatiladigan eng ommabop bo’yoqlardan biri. Oddiy rang kukuni (pigment) va daraxt yelimi aralashmasidan tayyorlash mumkin bo’lgan bo’yoq
Download 313.9 Kb.
|
bo\'yoqlar
Akvarel— rassomlik san’atida ishlatiladigan eng ommabop bo’yoqlardan biri. Oddiy rang kukuni (pigment) va daraxt yelimi aralashmasidan tayyorlash mumkin bo’lgan bo’yoq. Akvarel rangi nihoyatda qadimiy boʻlib, miloddan avvalgi 1 asrda Xitoyda va Yevropaning paleolit davridagi gʻor rasmlarida va qadimgi Misr davrida qoʻlyozma illyustratsiyasida foydalanilgan, ayniqsa Yevropa oʻrta asrlarida mashhur boʻlgan Biroq, uning badiiy vosita sifatida uzluksiz tarixi Uyg'onish davridan boshlanadi. Akvarel bo’yog’iga xos fazilatlar— tiniqlik, yorqinlik, shaffoflik, jarangdorlik 15-asrga kelib kashf etildi. 15— 17-asrlarda akvarel bo’yog’idan turli gravyura, chizma tasvirlarga rang berishda foydalanilgan bo’lsa, 18-asr 2-yarmidan u rangtasvir uslubiga aylandi. Guash (ital. guazzo — suvli boʻyoq) — kukun bilan suv-yelim bogʻlovchilari (aqoqiyo, bugʻdoy kraxmali, dektrin va b.) va oq bo’yoq, (belila) aralashmasidan iborat boʻyoq; shuningdek, shu boʻyoq bilan ishlangan tasviriy sanʼat (rassomlik) asari. Qogʻoz, karton, faner, mato, suyakka naqsh, tasvir ishlashda qoʻllaniladi. Akvarel turi sifatida paydo boʻlgan G.dan oʻrta asrlardayoq Osiyo va Yevropaning koʻp mamlakatlarida, asosan kitob minitayurasida foydalanilgan. 19-asr oʻrtalaridan G. boʻyogʻi sanoatda ishlab chiqarila boshlagach, mustaqil usulga aylandi. Tempera (ital. tempera — boʻyoqni aralashtirmoq) — 1) boʻyoq moddasi va bogʻlovchi moddasi suvli emulsiya va tuxum sarigʻidan tarkib topgan boʻyoq. qadimgi Misrdagi rassomlar temperadan birinchi bo'lib foydalanishgan va u 1400-yillarda moyli bo'yoqlar paydo bo'lgunga qadar rassomlar tomonidan asosiy vosita bo'lgan. Moybo'yoq - bu bog'lovchi sifatida qurituvchi yog'i bo'lgan pigmentlar bilan rang kukunlarining aralashmasi. Bu bir necha asrlar davomida yog'och panelda yoki tuvalda badiiy rasm chizishning eng keng tarqalgan usuli bo'lib, Evropadan butun dunyoga tarqaldi. Ma'lum bo'lgan eng qadimgi moyli rasmlar Afg'onistonda buddist rassomlar tomonidan ishlangan bo'lib, ular milodiy 7-asrga to'g'ri keladi. Moy bo'yoq evropaliklar tomonidan 12-asrdan boshlab haykallar va yog'och buyumlarini bo'yash uchun ishlatilgan, ammo bo'yalgan tasvirlar uchun uning umumiy qo'llanilishi Shimoliy Evropada Gollandiya rassomlari tomonidan boshlangan va Uyg'onish davriga to’g’ri keladi. Akril.Nemis olimi Otto Rohm akril qatronni ixtiro qildi, u tezda akril bo'yoqqa aylantirildi. Sintetik bo‘yoq birinchi marta 1940-yillarda moy va akvarelning ayrim xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan holda qo‘llanilgan.1946-1949 yillarda Leonard Bocour va Sem Golden Magna bo'yoq brendi ostida akril bo'yoq eritmasini ixtiro qildilar. Bu mineral spirt asosidagi bo'yoqlar edi. Vitraj (frans. vitrage, lot. vitrum — shisha) —oyna,deraza, eshiklarga har xil naqsh, tasvir ishlash uchun foydalanadigan rang. Dastlabki sodda vitraj. namunalari Qadimgi Misr (mil. av. 2 minginchi yil) va Rim (mil. 1-asr)da topilgan. 20-asrga kelib vitraj ishlash mahorati oshdi. Download 313.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling