Rasulova iroda dilshod qizi


О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining amaldagi holati tahlili


Download 0.89 Mb.
bet15/29
Sana18.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1597218
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
DS TO\'LIQ RASULOVA IRODA

2.2. О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining amaldagi holati tahlili

Pul-kredit siyosatining asosiy yо‘nalishlari Markaziy bank uchun о‘rta muddatli istiqbolda dasturiy hujjat hisoblanadi. Ushbu hujjat orqali Markaziy bank keng jamoatchilikka pul-kredit sohasidagi о‘z maqsadlarini e’lon qiladi. Asosiy yо‘nalishlarda pul-kredit siyosati qaysi tamoyillar va usullar orqali amalga oshirilishi yoritiladi, iqtisodiy rivojlanishning ichki va tashqi sharoitlari hamda inflyatsion jarayonlarga baho berilib, makroiqtisodiy kо‘rsatkichlarning tahlili va prognozlari e’tirof etiladi. О‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini yuritishda inflyatsiya darajasini pasaytirib borish bilan birga inflyatsion targetlash rejimiga о‘tish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish Markaziy bankning diqqat-e’tiborida bо‘lmoqda. Shu nuqtai nazardan, Markaziy bank pul-kredit siyosati о‘rta muddatli istiqbolda “о‘tish davridagi” pul-kredit siyosati rejimida amalga oshirilishi nazarda tutiladi.


Shuni alohida e’tirof etish joizki, Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosatini takomillashtirib borilishi hamda bank tizimini davlat tomonidan moliyaviy qо‘llab-quvvatlanishi mamlakat bank tizimining barqarorligini ta’minlashda muhim rol о‘ynadi. Xususan, pul-kredit siyosatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning natijasi о‘laroq, inflyatsiya darajasini keskin pasaytirishga muvaffaq bо‘lindi. 1994-yilda inflyatsiyaning yillik darajasi 1132 foiz bо‘lgan bо‘lsa (haqiqiy giperinflyatsiya), 1997-yilda ushbu kо‘rsatkich 27,6 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-iyundagi 362-sonli “О‘zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirishni moliyaviy qо‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi va 1995-yil 9-noyabrdagi “О‘zbekiston bank tizimini rivojlantirishning kompleks dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, tijorat banklarini 1997-yilning 31-dekabriga qadar soliq tо‘lovlaridan ozod qilinishi ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash imkonini berdi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling