Rasulova iroda dilshod qizi
III.BOB. PUL-KREDIT SIYOSATINI ILG’OR XORIJ TAJRIBASI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Download 0.89 Mb.
|
DS TO\'LIQ RASULOVA IRODA
III.BOB. PUL-KREDIT SIYOSATINI ILG’OR XORIJ TAJRIBASI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
3.1 Markaziy bank pul-kredit siyosatini takomillashtirish bilan bog‘liq muammolar Respublikamiz Markaziy banki pul-kredit siyosatining instrumentlaridan foydalanish amaliyotiga xos bo’lgan asosiy kamchiliklar quyidagilardan iborat: 1) Markaziy bank diskont siyosatining mavjud emasligi. Markaziy bank diskont siyosatining mavjud emasligi uning qayta moliyalashtirish siyosatining samaradorlik darajasi past ekanligidan dalolat beradi. Milliy iqtisodiyot rivojlanishining hozirgi bosqichida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash dolzarb masala hisoblanadi. Ayniqsa, mamlakat yalpi ichki mahsulotining sezilarli qismini berayotgan va aholining asosiy qismi band bo’lgan qishloq xo’jaligini moliyaviy jihatdan qo’llabquvvatlash hukumat iqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib turibdi. Mana shunday sharoitda diskont siyosati qishloq xo’jalik korxonalarini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlashning samarali vositasi bo’lishi mumkin edi. Bundan tashqari, diskont siyosati respublikamiz tijorat banklariga likvidlilikni oshirish imkonini berar edi. Chunki Markaziy bank moliyaviy yil davomida diskont stavkasini o’zgartirmaydi. Bu esa tijorat banklariga, foiz stavkalarining bozor darajasini o’zgarishidan qat’iy nazar, belgilangan foiz stavkasida kredit olish imkonini beradi. Bundan tashqari, moliyaviy jihatdan qiynalib qolgan tijorat banklariga boshqa tijorat banklari, odatda, kredit bermaydi. Markaziy bank esa trattalarni qayta hisobga olish yo’li bilan moliyaviy nochor banklarga ham kredit olish imkonini beradi. 2) Respublika Markaziy banki lombard operatsiyalarining rivojlanmaganligi. Markaziy bank, odatda, lombard operatsiyalari orqali yuqori rentabelli loyihalarni kreditlayotgan tijorat banklariga kreditlar beradi. Ikkinchi tomondan esa, lombard kreditlari Markaziy bank daromadlarini oshirish imkonini beradi. Chunki, lombard stavkalari odatda diskont stavkalariga nisbatan sezilarli darajada yuqoridir. 3) Markaziy bank kreditlaridan tijorat banklari faoliyatida doimiy moliyalashtirish manbai sifatida foydalanish amaliyotining yuzaga kelganligi. Tahlil natijalari shuni ko’rsatdiki, Markaziy bankdan olingan kreditlar respublikamizning yirik tijorat banklarining resurslari tarkibida asosiy o’rinni egallaydi. Holbuki, mo’’tadil bozor iqtisodiyoti sharoitida Markaziy bank kreditlarining asosiy qismi tijorat banklariga vaqtinchalik likvidli mablag’larning etishmasligini qoplash maqsadiga beriladi. 4) Markaziy bankning ochiq bozor siyosatini takomillashmaganligi. Tahlil natijalari ko’rsatishicha, tijorat banklarining balansida qimmatli qog’ozlar miqdorining kichik ekanligi, hukumatning qisqa muddatli obligatsiyalari emissiyasining cheklanganligi va, umuman, milliy iqtisodiyotda yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarning etishmasligi Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalarini rivojlantirish imkonini bermaydi. 5) Markaziy bankning valyuta siyosatidagi kamchiliklarning mavjudligi. Milliy valyutaning birja kursi bilan naqd valyutalar savdosi bo’yicha belgilangan tijorat kursi o’rtasida sezilarli farqning mavjudligi, milliy spot kursining likvidlilik darajasining nisbatan pastligi, tijorat banklarining valyuta zahiralarini diversifikatsiya darajasining past ekanligi, rasmiy oltin-valyuta zahiralarining sezilarli qismining Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining balansida ekanligi Markaziy bankning valyuta siyosatini takomillashtirish yo’lidagi asosiy muammolar hisoblanadi. Respublikamizda bitim valyutasi sifatida etakchi xorijiy valyutalar-AQSh dollari, evro, Yaponiya ieni va Buyuk Britaniyaning funt sterlingidan foydalanilmoqda. 6) Markaziy bank depozit siyosatining takomillashmaganligi. Respublikamiz Markaziy banki depozit siyosatidan pul-kredit siyosatining instrumenti sifatida foydalanish amaliyoti takomillashmagan. Bu holat, avvalo, Davlat byudjeti kassa ijrosining asosiy qismini tijorat banklari tomonidan bajarilishida namoyon bo’lmoqda. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi majburiy zaxira siyosatining so’mning almashuv kursiga nisbatan salbiy ta’sirining ikki jihati mavjud: a). Majburiy zaxira stavkalarini so’mdagi depozitlarning har bir turi bo’yicha (transaktsion depozitlar, jamg’arma depozitlari, muddatli depozitlar), ularning summasi va muddatiga bog’liq ravishda tabaqalashtirilmaganligi natijasida transaktsion depozitlarning so’mning almashuv kursiga nisbatan salbiy ta’siri yuzaga kelmoqda. Muddatli depozitlarga nisbatan past darajadagi zaxira stavkalarining qo’llanilmasligi tijorat banklariga mazkur depozitlarga to’lanadigan foiz stavkalarini oshirish imkonini bermaydi. Natijada, joriy depozit hisobraqamlaridagi mablag’larning miqdori yirikligicha qolaveradi. Bu esa, xorijiy valyutalarga nisbatan yuqori darajadagi talabni yuzaga keltiradi. Transaktsion depozitlarning tijorat banklari depozitlarining umumiy hajmidagi salmog’ining yuqori darajada saqlanib qolishi mamlakatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir ko’rsatadi. Buning sababi shundaki, transaktsion depozitlarning salmog’ini yuqori ekanligi banklarning depozit bazasining zaif ekanligidan dalolat beradi. Bu esa, o’z navbatida, tijorat banklarining kreditlash imkoniyatini pasaytiradi. b). Tijorat banklarining xorijiy valyutadagi depozitlariga nisbatan majburiy zaxira talabnomalarining joriy etilganligi ularning xorijiy valyutadagi mablag’larni muddatli va jamg’arma depozit hisobraqamlariga jalb etish imkoniyatini yanada pasaytiradi. «Yanada» deyishimizning sababi shundaki, hozirgi davrda respublikamiz tijorat banklari tomonidan jalb etilgan xorijiy valyutadagi muddatli depozitlarning asosiy qismi xorijiy banklarga depozit sifatida joylashtirilmoqda. Xorijiy banklar esa, bu depozitlarga bozor stavkalari (LIBOR, FIBOR)da foiz to’laydi. Depozlarning bozor stavkalari esa sezilarli darajada past bo’lib, Respublikamiz tijorat banklarining xorijiy valyutalardagi valyutalardagi depozitlarga foiz to’lash imkoniyati xalqaro ssuda kapitallari bozori stavkalarining darajasi bilan chegaralangan. Ayni vaqtda, xalqaro zaxiralar hajmida AQSh dollarida shakllantirilgan zaxiralarning salmog’i yuqoriligicha qolmoqda. Fikrimizcha, buning asosiy sabablari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: birinchidan, AQSh dollarining boshqa etakchi valyutalarga nisbatan nominal almashuv kursining tebranish diapazoni katta emas; ikkinchidan, AQSh dollarida emissiya qilingan AQSh hukumatining va Federal fondlarining qimmatli qog’ozlari yuqori likvidli va ishonchli investitsiyalash ob’ektlari hisoblanadi; uchinchidan, hozirga qadar dunyoning ko’plab mamlakatlarida, shu jumladan, MDH davlatlarida valyuta interventsiyasi vositasi bo’lib AQSh dollari hisoblanadi; to’rtinchidan, ko’plab mamlakatlar hukumatlari tashqi qarzining asosiy qismi AQSh dollarida shakllangan. Shunisi xarakterliki, dunyoning ko’plab mamlakatlarida xorijiy valyutadagi zaxiralarning tarkibini tashqi qarzning tarkibiga mos ravishda shakllantirish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Chunonchi, Braziliyada xalqaro zaxiralar uchta valyutada – AQSh dollari, evro va Yaponiya ienida shakllantirilgan. Chunki mamlakatning tashqi qarzi mazkur uch valyutadagi qarzdan iborat. Janubiy Koreyada xalqaro zaxiralarning investitsion tarkibi tashqi qarzning valyutaviy tarkibiga va joriy valyuta operatsiyalari bo’yicha to’lovlarni qaysi valyutalarda amalga oshirilayotganligiga mos ravishda shakllantirilmoqda. Chexiyada esa rasmiy valyuta zaxiralari AQSh dollari va evroda shakllantirilgan. Uni shakllantirishda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblandi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblandi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobot ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblandi. Shunisi xarakterliki, Markaziy banklarning diskont siyosati trattalarning muomalasiga asoslanadi. Masalan, Germaniya Federativ Respublikasida Bundesbank moliyaviy yil uchun trattalarni qayta hisobga olish kontingentini belgilaydi. Kontingent summasi aniqlangandan so’ng har bir tijorat bankiga nisbatan trattalarni Markaziy bankda qayta hisobga oldirish yo’li bilan diskont kreditlari olish imkonini beruvchi limit summasi aniqlanadi. E’tirof etish joizki, limit belgilashda tijorat bankining kapitali, aktivi yoki boshqa ko’rsatkichlari hisobga olinmaydi. Trattalarni qayta hisobga olish limiti barcha tijorat banklari uchun bir xil qilib belgilanadi. Ya’ni, trattalarni qayta hisobga olish bo’yicha limit summasi qayta hisobga olish kontingenti summasini mamlakatdagi tijorat banklari soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Markaziy bankning diskont kreditlari tijorat banklarining joriy likvidliligini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Agar tijorat bankida likvidlilik muammosi paydo bo’lsa, u o’ziga ajratilgan limit doirasida markazlashgan kredit olish imkoniyatiga ega bo’ladi Qayd etish joizki, respublikamizda tijorat banklarining kredit ekspansiyasi orqali iqtisodiyotning pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish imkoniyati, tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalari yuqori bо‘lganligi sababli, cheklanib qolgan. 2. О‘zbekiston Milliy valyutaning qadrsizlanish sur’atining yuqori ekanligi. Milliy valyuta muomalaga kiritilgan vaqtdagi (1994-yil iyul) ilk valyuta savdosida sо‘mning 1 AQSH dollariga nisbatan nominal almashuv kursi 7,00 sо‘mni tashkil etgan edi. 2023-yilning may oyiga kelib, uning kursi 11400,00 sо‘mdan oshdi. 3. Markaziy bankning pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalanish amaliyotining takomillashmaganligi. О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalarining hamda diskont va lombard kreditlarining mavjud emasligi uning pul-kredit siyosatining takomillashmaganligidan dalolat beradi. О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalarining mavjud emasligini sababi shundaki, respublikamiz Markaziy banki о‘zining ochiq bozor operatsiyalarining obektlari sifatida faqat Hukumatning qimmatli qog‘ozlarindan foydalanadi. 4. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorida Respublikamida inflyatsion targetlashni 2018-yildan boshlab bosqichma-bosqich joriy qilish vazifasi qо‘yilgan. Shu sababli, Qozog‘iston va Rossiyaning inflyatsion targetlash borasidagi tajribasini о‘rganish va undan foydalanish imkoniyatlariga baho berish О‘zbekiston uchun muhim amaliy kasb etadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling