Rasulqori hofiz Mamadaliyev hayoti va ijodi


Download 82.06 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi82.06 Kb.
#1483964
Bog'liq
Rasulqori hofiz Mamadaliyev hayoti va ijodi


Rasulqori hofiz Mamadaliyev hayoti va ijodi

Rasulqori hofiz Mamadaliyev (1928.7.6, Oʻsh viloyati, Suzoq qishlogʻi — 1976.8.9, Buvayda tumani) — xonanda, sozanda (tanbur, dutor, skripka) va askiyachi. Jarangdor, tiniq va jozibali ovoz sohibi. Ehtirosli va shiddatli ijro uslubini yaratgan. Musiqadan ilk saboklarini Kamoliddin Hamroqulov (keyinachlik hamnafasi), Usta Qurbonlardan olgan. Koʻzi tugʻma ojiz Rasulqori hofiz Mamadaliyev noyob isteʼdod va kuchli xotira egasi boʻlib, koʻpgina ashula va cholgʻu yoʻllarini grammplastinka yozuvlari orqali oʻzlashtirgan. Keyinchalik J.Sultonov, M. Uzoqov kabi ustoz sanʼatkorlarning ijrochilik anʼanalarini oʻrgangan. Repertuaridan maqom va mumtoz ashula yoʻllari ("Bayot I—V", "Dugoh Xusayn I—VII", "Segoh", "Beboqcha", "Bozurgoniy", "Galdir" va boshqalar), zamonaviy bastakorlar asarlari ("Oqibat", "Topmadim", O. Xotamov; "Kuygay", "Judo", Yu.Rajabiy; "Sallamno", N.Hasanov; "18 yoshingdadur, M.Mirzayev; "Dilrabolardan biri", J.Sultonov), katta ashulalar ("Aylading ketding", "Oh kim", "Izlarman" kabi), xalq yalla va ashulalari ("Ey doʻst", "Hayhay", "Oromijon") oʻrin olgan. Ijroda soʻz talafuzining aniq va burroligi, soz va ovoz mutanosibligiga erishgan. Cholgʻu va ashula yoʻllarini, marsiyalar bastalagan ("Gʻazalxonlik", "Mehmonsan", "Dorman" va boshqalar).

Download 82.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling