Raupov Sarvar Malika bilan nikohda bo‘lganligini, u bir necha
yildan buyon birga xotini bilan birga yashamayotganligini va
boshqa ayol bilan munosabatda ekanligini ko‘rsatib, nikohdan
ajratish haqida da’vo qo‘zg‘atgan.
Raupova Malika, bu nikohdan ularning uchta farzandlari borligi va
da’vogar bilan 10 yil davomida yaxshi yashaganliklarini ko‘rsatib,
nikohdan ajralishga rozi bo‘lmaydi. Sarvarning oiladan
uzoqlashuvining sababi, u uzoq muddatga Farg‘onaga
komandirovkaga yuborilganligi va u yerda boshqa ayol bilan
topishganligi bo‘ldi. Hozir esa u komandirovkadan qaytdi, endi u
yana o‘z oilasi bilan turmushini tiklab, farzandlarini tarbiya qilishi
mumkin.
Raupov Sarvarning da’vosini qondirish mumkinmi?