Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning rivojlanish yo’nalishlari
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
14.3. Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning rivojlanish yo’nalishlari
Raqamli elektron iqtisodiyotning yaqin kelajakdagi rivojlanish yo’nalishlaridan eng diqqatga sazovorlari Industriya 4.0 – Buymlar interneti, Virtual va To’ldirilgan voqe’lik (VR va AR) hamda 3D-printerlar desak, aslo 500 yanglishmagan bo’lar edik. Hozirgi kunda internetga turli xildagi qurilmalardan kirishlar soni unga insonlarning kirishlari sonidan ko’ra ko’proq bo’lib ketgan (Lavina dannix//Ogonyok, №24, 24 oktyabr 2016, str.4-5). „Aqlli uy“, „Xaydovchisiz avtomobil“, „Ishchilarsiz zavod“ va „Inson ishtirokisiz savdo“ deb nomlangan loyihalar barchaga ma’lum va mashxur. Gamburg dengiz portida IoT tizimi portga kelayotgan yuk mashnalari haqidagi ma’lumotlarni yig’a va tahlil qila oladi. Buning natijasida portning o’tkazuvchanlik qobiliyati 178% ga ko’paygan. 2019-2020 yillarga kelib, IoT ning jahon bo’yicha yillik o’sish sur’ati 23% bolishi kutilgan holda, 2021 yilga kelibinternetga ulangan 28 milliard qurilmalardan 16 milliardi IoT bilan bog’liq qurilmalar bo’lishi bashorat qilingan. 2025 yilga kelib esa internetga uangan barcha datchiklar soni 10 trillion bo’lishi kutilmoqda. IoT bozori eng katta bozorlardan biri bo‘lib, u yil sayin faqat qo’paya boradi. 2020 yilga kelib bu bozorning hajmi €1,9 milliard evro bo’lishi BCG konsulting kompaniyasi tomonidan ta’kidlanmiqda (Evans Philip, BCG, 2015, p.74). Virtual voqe’lik (virtual realityv VR) va to’ldirilgan reallik (augmented reality – AR) texnologiyalari ham kelajak trendlari bo’lib, ular borgan sari ko’proq ishlab chiqarishga tadbiq qilinmoqda. Virtual reallik texnologiyasi real dunyoni komp’yuter grafikasi vositasida yaratilgan virtual punyiga ko’chiradi. To’ldirilgan reallik texnologiyasi esa atrof-muxitdagi real dunyoni qo’shimcha elementlar, ma’lumotlar va ob’ektlar bilan to’ldiradi. Bunday texnologiyalar har bir hizmatchiga mashina va nexanizmlarning ichki tuzilishi ko’rishga va ishlashini kuzatishga imkon beradi. Natijada ishchi va hizmatchilar ob’ektni yaxshiroq tushunish, boshqarish va undagi potentsiyal havflar va buzilishlarning oldini olishlari mumkin bo’ladi. Masalan, BMW Group mutahassislari Miniavtomobillari markasi uchun mashina dvigatelining nosozliklarini aniqlashga imkon beradigan to’ldirilgan reallik ko’zoynaklarini yaratdilar. Bunday ko’zoynaklar yordamida motorning ishini rangli uch o’lchamli tasvirda ko’rish va ta’mirlashlash uchun instruktsiyalarni olish mumkin (Ryussman Maykl, Ishchilar va robotlar uchun ish joylari, BCG, 2015, p.47). AR va VR texnologiyalarning yana boshqa faol qo’llanilish soxalariga ta’limni, muzeylar faoloyatini va vistavkalar taskil qilishni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling