Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.0 Industriya
- Digital Kazakstan
- Huawei
- Rural Star yechimini ishlab chiqdi. Masalan, Huawei
Huawey va Oxford Economics birgalikda Digital Spillover (raqamli ta’sir)
hisobotini taqdim etdilar. Ushbu hisobotda raqamli texnologiyalar uchun bir AQSH dollarliga teng bo’lgan har bir investitsiya bo’yicha daromad miqdori oxirgi 30 yil ichida 20 AQSH dollarigacha ko’tarilganini ko’rsatdi. Raqamli texnologiyalar uchun investitsiyalarni uzoq muddatdagi qaytaruvi (ROI – return of investment) an’anaviy investitsiyalardan 6,7 barovar ko’proqqa, raqamli iqtisodiyot esa o’rtacha 12 dunyo YIM tarkibida 2,5 barovarga o’sdi. Borgan sari ko’proq mamlakatlar va mintaqalar rivojlanish jarayonida raqamli texnologiyalarning ahamiyati ancha katta ekanligini tan olmoqdalar. Huddi shuning uchun ham Germaniyada 4.0 Industriya, Singapurda Smart Nation va Evropa Ittifoqida Horizon 2020 kabi milliy strategiyalarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shuningdek, Markaziy Osiyoda joylashgan Qozog’ston va Qirg’izston mamlakatlari Digital Kazakstan va Kyrgizstan Taza Koom deb nomlangan milliy raqamli texnologiyalarini rivojlantirish rejalarini keng jamoatchilikka taqdim etib kelmoqdalar. Biroq, shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi hozirgi axborot kommunikatsion tuzilmalar darajasi dunyo bo’yicha o’rtacha qiymatdan ancha pastdir. Bu esa pirovard natijada, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasining aksariyat qismi raqamli iqtisodiyot talablari darajasidagi ehtiyojlarni to’liq qondira olmasligiga olib keladi. Agarda biz bir misol sifatida ushbu mamlakatlardagi keng polosali maishiy aloqa tarmog’ni ko’rib chiqsak, uning xonadonlarga kirib borishining o’rtacha darajasi hududlar miqyosida 10-34% gina ekanligini ko’rishimiz mumkin. Bu jahon miqyosidagi o’rtacha 41,1% dan ham kamdir. Bundan tashqari, ushbu mamlakatlarning 79% aholisi foydalanayotgan keng polosali aloqa tezligi 10 Megabayt/sekunddan ham pastroq tezlikka egadir. O’zbekiston Respublikasida keng polosali tarmoq imkoniyatlarini kuchaytirish uchun boshqa davlatlar tajribasidan foydalangan xolda infratuzilmalarni rivojlantirish orqali erishish mumkin. Hozirgi davrda Markaziy Osiyo davlatlari ko’pincha investitsiyalarni to’liq qoplay olmaslikka hamda raqamli infratuzulmada kelib chiqishi mumkin bo‘lgan investitsion muammolarga duch keladilar. Bu kabi muammolarni yechishda barcha ishtirokchilarning sa’yi-harakatlari birdek talab qilinadi. Shu sabab, mazkur mamlakatlar hukumatlari raqamli iqtisodiyot rivojini qo‘llab-quvvatlash uchun soliqlar va IT sohasidagi qobiliyatlarni, shularga tegishli fondlarni rivojlantirish yo‘lida samarali siyosat ishlab chiqishi va o‘zlarining siyosiy qobiliyatlarini ishga solishda ijodiy yondashishi maqsadga muvofiq bo’lgan bo’lar edi. Shundagina hukumatlar raqamli information-kommunikatsion texnologiyalarini barcha sohalarga tatbiq etuvchi mustahkam muhitni yaratgan 13 holda aloqa operatorlariga investitsiyalar bilan bog‘liq havf va muammolarni bartaraf etishda yordam bera olishlari mumkin. Misol uchun, Mongoliyali koperatorlar davlat hukumati tomonidan qo‘llanilgan maqbul siyosat tufayli, WTTX texnologiyasiga ega 80 000ta intellectual o‘tovlarni barpo etishga erishdilar. Shunga o‘xshash aqlli o‘tovlar chekka hududlardagi cho‘ponlarga shahar sharoitiga o‘xshash keng tarmoqli aloqa xizmatlaridan foydalanishga yordam beradi. Bu esa cho‘ponlarga bozor haqidagi ma’lumotlarni juda oson qo‘lga kiritishda, masofaviy o‘qitish kurslarida ishtirok etishda imkon beradi hamda Internet orqali oila a’zolari va do‘stlari bilan suhbatlashishda yanada qulay «raqamli» muhitni ta’minlaydi. Raqamli AKT masalalari ta’minotchisi sifatida yaxshi tanilgan Huawei kompaniyasi mijozlariga yangicha texnologik g‘oyalar yordamida investitsiyalar qaytaruvi (ROI) ni maksimallashtirishda ko‘mak beradi. Masalan, Huawei Markaziy Osiyo hududlari uchun mobil aloqa talablariga javob beruvchi sayt uchun uncha qimmat bo‘lmagan va yuqori samarali - Rural Star yechimini ishlab chiqdi. Masalan, Huawei tomonidan ishlab chiqilgan Intelligent Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling