Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


 Kriptovalyutalar tijorat bozorining kelajak istiqbollari


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

8.4. Kriptovalyutalar tijorat bozorining kelajak istiqbollari 
Bitkoin narxining navbatdagi ko’tarilishi ortidan Finlyandiya markaziy banki 
bitkoin tizimini revolyutsion va ajoyib deb tavsiflagan xolda ilmiy izlanishlar 
turkumini e’lon qildi. Ushbu ma’lumotda jahondagi minglab kriptomaynerlar 
tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan bitkoinning juda stabil ekanligi ta’kidlanadi. 


311 
Shu munosabat bilan 2017 yilni qo’rqmasdan bitkoin yili deb aytish mumkin, 
chunki yil boshida uning narxi 1000 dollar bo’lgan bo’lsa, yil davomida 20000 
dollargacha o’sish kuzatildi, kelajakda esa uning narxi 100 000 dollagacha 
ko’tarilishi mumkin ekan. Bunday ma’lumotni JPMorgan Chase amerika 
moliyaviy xoldingi bosh direktori Delivering Alpha deb nomlangan bank 
konferentsiyasida aytib o’tdi (12/09/2017 yil). Ammo uning fikricha, kelajakda 
kriptovalyutalar bozori bir ko’pik sifatida juda katta miqdorga yetganidan so’g 
yorilib ketadi, chunki unga bo’lgan talab ko’pchilik xollarda sun’iy talabdir – u 
an’anaviy pullar bozori bilan to’liq integratsiyalashmagan. Kriptovalyutalar 
bozorining rivojlanishini qisqacha ravishda quyidagicha tavsiflash mumkin: 

Bitkoin tushunchasi birinchi marotaba 2008 yilda Satosi Nakomoto ismli 
inson nomidan kiritilgan. 

Bitkoinning asosida elektron zanjir orqali ma’lumotlar uzatish texnologiyasi 
– blokcheyn yotadi. 

Blokcheynning turli elementlari har xil komp’yuterlarda saqlanadi va 
ularning xaqiqiyligi aniq matematik algoritmlar orqali nazoratchi organlar 
ishtirokisiz tasdiqlanib turadi . 

2017 yil 1 avgustda bitkoin ishlab chiqaruvchilar uning tezroq ishlaydigan 
analogi Bitcoin Cashni yaratdilar. 

Bitkoinning kriptovalyutalar bozoridagi eng asosiy raqobatchisi rossiya-
kanada dasturchisi tomonidan 2013 yilda ishlab chiqilgan kriptovalyuta 
Etherium yoki Efir hisoblanadi. 
Kiptovalyutalar bozorining rivojlanishini 2000 yillar boshida ro’y bergan 
dotcom” lar bo’yicha katta qiziqish va uning nima bilan tugagani bilan ham 
solishtirishimiz mumkin. O’sha davrda domen ismlari .com bilan tugaydigan 
texnologik kompaniyalar aktsiyalariga juda katta qiziqish kuzatilgani tufayli, 
birjalarda zamonaviy nomlar bilan atalgan, .com domen nomi bilan tugaydigan
ammo amalda mavjud bo’lmagan kompaniyalarning aktsiyalari faol sotila 
boshlandi. Bu firibgarlik ma’lum bo’lib qolganidan so’ng, dotcom 
kompaniyalarning aktsiyalari juda ham tushib ketdi va ko’pgina kompaniyalar 


312 
buning oqibatida xonavayron bo’ldilar. CoinMarketCap saytining ma’lumotlariga 
ko’ra, xozirgi paytda internetda 900 ga yaqin raqamli kriptovalyutalar mavjud. Bu 
bozorda yangi ishtirokchilar deyarli har kuni paydo bo’layaptilar va ularning 
barchasi ham yaxshi o’ylab tuzilgan bizner-rejaga ega yoki ular firibgar emas deb 
aniq aytib bo’lmaydi. Ularning bankrot bo’lishi butun kriptografiya bozorining 
tushkunlikka uchrashiga olib kelishi mumkin. Ya’ni, sun’iy kriptovalyutalarning 
inqirozi o’z ortidan bitkoin, laytkoin va efiriumlarning ham inqiroziga sabab 
bo’lishi mumkin. Lekin shuni ham aytish kerakki, kriptovalyutalar uchun yana 
katta bir havf davlat tomonidan ham kelishi mumkin va muqarrar. Moliyaviy 
analitik Djeyms Daymonning aytishicha, “Valyuta bu davlat tomonidan birinchi 
navbatda yaratiladigan narsadir. Davlat esa valyuta aylanishini markaziy bank 
yordamida nazorat qiladi. Undan tashqari, davlat kim valyutaga egalik qilayapti, 
u qaerda turibdi va nimalarga sarf qilinishini bilishni istaydi. Xuddi shuning 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling