Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


 Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning rivojlanish yo’nalishlari


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

14.3. Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning rivojlanish yo’nalishlari 
Raqamli 
elektron 
iqtisodiyotning 
yaqin 
kelajakdagi 
rivojlanish 
yo’nalishlaridan eng diqqatga sazovorlari Industriya 4.0 – Buymlar interneti, 
Virtual va To’ldirilgan voqe’lik (VR va AR) hamda 3D-printerlar desak, aslo 


500 
yanglishmagan bo’lar edik. Hozirgi kunda internetga turli xildagi qurilmalardan 
kirishlar soni unga insonlarning kirishlari sonidan ko’ra ko’proq bo’lib ketgan 
(Lavina dannix//Ogonyok, №24, 24 oktyabr 2016, str.4-5). „Aqlli uy“, 
Xaydovchisiz avtomobil“, „Ishchilarsiz zavod“ va „Inson ishtirokisiz savdo“ deb 
nomlangan loyihalar barchaga ma’lum va mashxur. Gamburg dengiz portida IoT 
tizimi portga kelayotgan yuk mashnalari haqidagi ma’lumotlarni yig’a va tahlil qila 
oladi. Buning natijasida portning o’tkazuvchanlik qobiliyati 178% ga ko’paygan. 
2019-2020 yillarga kelib, IoT ning jahon bo’yicha yillik o’sish sur’ati 23% bolishi 
kutilgan holda, 2021 yilga kelibinternetga ulangan 28 milliard qurilmalardan 16 
milliardi IoT bilan bog’liq qurilmalar bo’lishi bashorat qilingan. 2025 yilga kelib 
esa internetga uangan barcha datchiklar soni 10 trillion bo’lishi kutilmoqda. IoT 
bozori eng katta bozorlardan biri bo‘lib, u yil sayin faqat qo’paya boradi. 2020 
yilga kelib bu bozorning hajmi €1,9 milliard evro bo’lishi BCG konsulting 
kompaniyasi tomonidan ta’kidlanmiqda (Evans PhilipBCG, 2015, p.74).
Virtual voqe’lik (virtual realityv VR) va to’ldirilgan reallik (augmented 
reality – AR) texnologiyalari ham kelajak trendlari bo’lib, ular borgan sari ko’proq 
ishlab chiqarishga tadbiq qilinmoqda. Virtual reallik texnologiyasi real dunyoni 
komp’yuter grafikasi vositasida yaratilgan virtual punyiga ko’chiradi. To’ldirilgan 
reallik texnologiyasi esa atrof-muxitdagi real dunyoni qo’shimcha elementlar, 
ma’lumotlar va ob’ektlar bilan to’ldiradi. Bunday texnologiyalar har bir 
hizmatchiga mashina va nexanizmlarning ichki tuzilishi ko’rishga va ishlashini 
kuzatishga imkon beradi. Natijada ishchi va hizmatchilar ob’ektni yaxshiroq 
tushunish, boshqarish va undagi potentsiyal havflar va buzilishlarning oldini 
olishlari mumkin bo’ladi. Masalan, BMW Group mutahassislari Miniavtomobillari 
markasi uchun mashina dvigatelining nosozliklarini aniqlashga imkon beradigan 
to’ldirilgan reallik ko’zoynaklarini yaratdilar. Bunday ko’zoynaklar yordamida 
motorning ishini rangli uch o’lchamli tasvirda ko’rish va ta’mirlashlash uchun 
instruktsiyalarni olish mumkin (Ryussman Maykl, Ishchilar va robotlar uchun ish 
joylari, BCG, 2015, p.47). AR va VR texnologiyalarning yana boshqa faol 
qo’llanilish soxalariga ta’limni, muzeylar faoloyatini va vistavkalar taskil qilishni 


501 
kiritish mumkin. Digi Capital kompaniyasining baholashiga ko’ra, 2020 yilga 
kelib, to’ldirilgan reallik bozorining hajmi $90 milliard dollarga yetar ekan. 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling