Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Namecoin (https://namecoin.org) –


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Namecoin (https://namecoin.org) – blokcheyn texnologiyasi yordamida 
domen nomili markazlashmagan tarmoqlar hosil qilish imkonini beradi. Namecoin 


99 
tizimining yana boshqa maqsadlaridan biri, internetga ulangan komp’yuterlar 
uchun manzillar tizimini tuzish bo’lib, u hozirda mavjud bo’lgan amerika 
kompaniyalariga tegishli DNS (Domain Name System) tizimini yangisiga 
almashtira olishligidir.
OneCoin (http://www.onecoin.eu) – bu kroptovayuta tizimi hozirgi vaqtda 
o’z bloklarida operatsiyalarning to’liq shaffofligini ta’minlab beradigan 
Know-Your-Customer (KYC) turidagi hujjatlarni saqlaydigan dunyodagi birinchi 
kriptovalyuta tizimidir. 
Vashingtondagi Djordjstoun universitetidagi bir guruh mutaxassislar sun’iy 
intellektdan foydalanadigan yangi kriptovalyuta chiqarish taklifi bilan chiqdilar 
(Cryptocurrency with a Conscience: Using Artificial Intelligence to Develop 
Money 
that 
Advances 
Human 
Ethical 
Values 
// 
http://www.finyear.com/attachment/641777). 
Ularning 
firklaricha, 
kriptovalyutalar butun dunyodagi insonlarning imkoniyatlarini va iqtisodiy 
huquqlarini kehgaytirishga imkon yaratadilar (Virtual Currencies; Bitcoin & What 
Now 
after 
Liberty 
Reserve, 
Silk 
Road, 
and 
Mt. 
Gox? 
// 
https://papers.ssrn.com/sol3/papers. 
cfm?abstract_id=2393537). 
Albatta 
kriptovalyutalar jinoiy faoliyatni amalga oshirishga ham o’z hissalarini qo’shadilar 
va buning oqibatida jamiyat hamda insonlarga kattagina zarar yetkazishlari 
mumkin. Ammo, kriptovalyuta himoyachilarining fikrlaricha, kriptovalyutalarning 
etik normalari sifat jihatidan qandaydir yangi narsalar emas, chunki ilgari ham
hozir ham pullar biror bir etik normalar bilan bog’liq bo’lmagan passiv 
substantsiya sifatida qabul qilingan. Har qanday ko’rinishdagi pul yoki pullar 
yaxshi maqsadlarda ham, yomon maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin, albatta. 
Ba’zi bir guruh mutaxassislar esa pulning neytral deb baholanishiga qarshi ham 
chiqadilar. Haqiqatan ham, sun’iy intellect, kriptografiya va etiketning sun’iy 
intellectli dasturlari joylashtirilgan komp’yuterlar etik jihatdan neytral bo’la 
olmaydilar, balki ular pullarning qanday ishlatilishini ham nazorat qila va boshqara 
oladilar. Bunday natijalarga erishish uchun intellectual platformalardagi 
kriptovalyutalar yaratishning texnologik asoslarini ishlab chiqib, undan so’ng, 


100 
bunday kriptovalyutalarni ishlatishning huquqiy, etik, sotsiologik, psixologik
texnologik, ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirlarini o’rganib chiqish kerak bo’ladi. Ammo, 
real pul qiymatiga va etik ko’rsatgichlarga ega bo’lgan kriptovalyutalarning 
rivojlanishi insonlarga o’z kompaniyalarining ichki korporativ etikasiga va uning 
xolatiga ham ta’sir qilish imkonini beradi. Lekin bunday avtonom va 
boshqariluvchan kriptovalyutalar (Autonomous Ethically Guided Cryptocurrency, 
AEGC) yaratish jarayoni hali-hanuz to’la-to’kis poyoniga yetgani yo’q va bu 
vaqtinchalik holat, albatta.

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling