Ravishdosh haqida malumat


Download 0.75 Mb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1582102
1   2   3   4   5
Bog'liq
mohinur ravishdoshlar haqida

RAVISHDOSH — feʼlning ravishga xos vazifada qoʻllanish uchun maxsuslashgan shakli. Ravishdosh harakatning belgisini bildirib, uning biror xususiyatini koʻrsatadi. Ravishdoshlar harakatni ifodalovchi har qanday feʼl bilan qoʻllana oladi. Ular, asosan, harakatning belgisini, jumladan, paytini, maqsadini, sababini bildirib, gapda hol boʻlib yoki ergash gapning kesimi vazifasida keladi.



Hoz. oʻzbek tilida Ravishdoshning bir necha shakllari bor, ular quyidagi qoʻshimchalar yordamida yasaladi: — (i)b — oʻqib, koʻrib; — a, — y—kula-kula, yigʻlay-yigʻlay; — gach (—kach, — qach), — kelgach, tikkach, chiqqach; — gani (—kani, — qani) — koʻringani, toʻkkani, soqqani; — guncha (—kuncha, — quncha) — borguncha, choʻkkuncha, taqquncha kabi. Ravishdoshning boʻlishsiz shakli — may, — masdan qoʻshimchalari bilan yasaladi: oʻqib — oʻqimay, oʻqimasdan kabi.


Ravishdosh o’zining fe‘llik xususiyatlariga ko’ra ma‘lum gap bo’laklarini:


to’ldiruvchi yoki holni boshqarib kengayib kela oladi. O’ziga oid so’zlar bilan kengayib kelgan ravishdoshlar ravishdoshli birikma deyiladi.6 Ravishdoshli birikma mazmunan hol guruhiga kirib, ma‘lum mazmunni bo’rttirib ifodalash, alohida ohang bilan talaffuz etilib, boshqa gap bo’laklaridan to’xtam bilan ajralib turgani uchun ular ajratilgan bo’lak sanaladi.
Ravishdosh - bu ikkinchi darajali kesimdir. U ma‘lum bir eganing harakat-holatini ifodalaydi. Ammo bu harakat-holat boshqa asosiy, harakat-holatni turli tomondan izohlaydi, to’ldiradi. Shunga ko’ra ravishdosh asosiy fe‘lga o’xshab, ma‘lum bo’laklarni boshqarib keladi. Shuning uchun ham ravishdoshli birikma ham mazmunan ham grammatik tomondan, ohangiga ko’ra ma‘lum mustaqillikni tashkil etadi. Bu bilan gapda ikki markaz vujudga keladi: bu markazlarning biri tobe, ikkinchisi hokim bo’ladi.
Ravishdoshli birikma tobe markazni tashkil etadi.
Ravishdoshli birikma gapning boshida, o’rtasida, oxirida kelishi mumkin. Har uch holatda ham mazmunni bo’rttirib, ayrib, diqqatni shu mazmunga jalb qilib ifodalaydi.
Masalan, Otaqo’zi peshonasiga do’ndirib qo’ndirgan yangi chust do’pisini sal tebratib borib, domla Shomurodov bilan ko’rishdi.
Bo’ron hamon quturar, yog’och uyni zir titratib, eshik va derazalarni qum bilan savalab, betinim o’kirar, bepoyon sahro ummon qa‘riga batamom g’arq bo’lganga o’xshardi. Gumbazli machitning mehrobiga tirab, besh otarning tig’ini mana shu xumkallanggan to’g’irlab otar edim qarsillatib.
Yuqoridagi misollardan birinchi gapda peshonasiga lo’ndirib. do’ppisini sal tebratib borib ravishdoshli birikmalari gapning boshida kelib, mazmunni bo’rttirish, ajratib ko’rsatish uchun xizmat qilyapti. Ikkinchi gapda uyni titratib, derazalarni qum bilan savalab ravishdoshli birikmalari gapning o’rtasida qo’llanib, gapdagi ikkinchi markaz, ya‘ni tobe markazni tashkil qilyapti. Bu holatda ham mazmun ayrib, bo’rttirilib kelmoqda.
Uchinchi gapda: xumkallangga to’g’irlab, otar edim qarsillatib ravishdoshli birikmalar sanaladi,ular so’z oxirida qo’llanishining boisi, mazmunga jalb qilish , diqqatni tortish vazifalarini olgan.
Ushbu misollar orqali ravishdoshli birikmaning gapning boshida, o’rtasida, oxirida ajratilgan bo’lak sifatida kelishini ko’rdik. O’zbek adabiy tilida ravishdoshli birikma ajratilmasligi ham mumkin. Bunday birikma fe‘lkesim bilan yonma - yon kelib, undan biror to’xtam bilan ajratilmaydi, umumiy ohang bilan talaffuz etiladi. Masalan: Yotoqxonani oldiga taksi kelib to’xtadi.
Ushbu gapdan ko’rinib turibdiki, kelib ravishdoshi yotoqxonani oldiga kelib shaklida ravishdoshli birikmani xosil qiladi va gapda asosiy fe‘l-kesim bilan umumiy holatda, ajratilmay talaffuz qilinyapti. Gapda qay xolatda? So’rog’iga javob bo’ladi, hol vazifasida kelyapti. Yolg’iz ravishdoshlar quyidagi o’rinlarda ajratilmaydi:
  1. Agar ravishdosh ergash gapning kesimi bo’lib kelsa: Oliya institutni bitirib, o’qituvchi bo’lib kelganda, Otaqo’zi maktab direktori bo’lib ishlardi. Shukurov bir lahza o’ylanib turgach, u qaynotasinikiga ketdi.


Misollardan birinchi gapda bitirib ravishdoshi ergash gapning kesimi vazifasida kelyapti, ajratilmagan holatda institutni bitirib ravishdoshli birikmani hosil qilyapti, umumiy ohangda talaffuz etilyapti. Ikkinchi gapdagi turgach ravishdoshi payt ergash gapning kesimi vazifasida kelyapti hamda bir laxza o’ylanib turgach ravishdoshli birikmani tashkil qilyapti.


  1. Ravishdosh fe‘l bilan yonma-yon kelib, hol vazifasida qo’llansa:


Otaqo’zi millioner raislarga xos viqor va dabdaba bilan qo’qqisdan bostirib keldi. (3bet).


Tohira, go’yo «pir etib, qafasdan uchib chiqqan» mo’‘jazgina ko’k qushchadek «lip» etib yengilgina sakrab tushdi.
Yuqoridagi gaplarning birinchisida bostirib ravishdoshi asosiy fe‘l bilan yonma-yon holatda qo’llanyapti, bir to’htam bilan talaffuz qilinyapti, gapda qay holatda? So’rog’iga javob bo’ladi, hol vazifasida keladi, viqor va dabdaba bilan ko’kkisdan bostirib ravishdoshli birikmani tashkil qilyapti.
Misollarning ikkinchisida yengilgina sakrab ravishdoshli birikmani hosil qilgan sakrab ravishdoshi tushdi asosiy fe‘l kesim bilan yonma-yon qo’llanib, qay holatda?
So’rog’iga javob bo’lyapti, gapda hol vazifasida kelyapti.
  1. Ravishdosh qo’shma fe‘lning tarkibiga kirib, kesim vazifasida kelsa: Latofat yana tunov kungiday ichkari uyga qamalib, eshikni qulflab oldi.


Shu-shu, Otaqo’zi ochilib ketib, mana, o’rinli-o’rinsiz ko’p gaplarni gapirib yubordi.


Yuqoridagi misollardan birinchi gapda qulflab ravishdoshi (eshikni qulflab ravishdoshli) eshikni qulflab ravishdoshli birikmani tashkil etadi, ammo gap tarkibida esa qulflab oldi qo’shma fe‘lining tarkibiy qismi bo’lib kelyapti va shuning uchun ham ajratilmaydi. Ikkinchi gapdagi gapirib yubordi qo’shma fe‘lidagi gapirib ravishdoshi gaplarni gapirib ravishdoshli birikmani tashkil etadi va shu gap ichida esa qo’shma fe‘l tarkibida bo’lganligi uchun bir to’xtam bilan aytiladi.
  1. Ko’makchi vazifasida qo’llaniladigan ravishdoshlar, kirish bo’lak vazifasidagi


ko’ra ko’makchisi boshqargan qurilmalar ham ajratilmaydi: O’sha kundan boshlab gazetada Vohid Mirobidovning maqolasi e‘lon qilingan kundan boshlab, Normurod Shomurodovning hayoti olg’ov- dolg’ov bo’lib ketdi.


Misoldagi boshlab ravishdoshi gapda ko’makchi vazifasida qo’llanyapti va shuning uchun ajratilmaydi. Ushbu gapda esa boshlab ravishdoshining takrorlanishi ajratilganlikdan dalolat bermaydi, balki qaysi kundan boshlab ekanligi mazmunni ochib berib, nuqtai nazardan aniqlashtirilgan holatda takror holda qo’llanyapti. Shu bois, bu gapdagi ko’makchi vazifasidagi boshlab ravishdoshini ajratilmasligini e‘tirof etamiz.
  1. Ravishga ko’chgan ravishdoshlar ham ajratilmaydi, bunday ravishdosh shakllariga quyidagi so’zlar kiradi: yaxshilab, butunlay, bora-bora, qo’yarda-qo’ymay, qayta-qayta, qo’sha- qo’sha, qota - qota, o’ta , borib - borib, va boshqalar.


Masalan: Faqat bora- bora uncha - muncha odamni, hatto rayon kattalarini ham mensimay qo’ygandagina, to’g’rirog’i, shu haqidagi shivir-shivirlar qulog’iga chalingadagina bir marta eriga bu gaplarni uchini chiqardi.


Ushbu gapda bora-bora ravishdoshi ravishga ko’chgan ravishdosh hisoblanadi. Gapda xuddi ravish kabi vazifaga ega bo’ladi, qachon? so’rog’iga javob bo’ladi, payt ravishi ifodalaydigan ma‘noni ifodalaganligi uchun ham payt holi vazifasida keladi.
  1. Ravishdoshli birikma idiomatik, frazeologik birikmani tashkil etsa yoki shunday birikma tarkibiga kirsa ham ajratilmaydi. Bu o’rinda xam ravishdoshli birikma mazmunan ravishga yaqinlashadi: Asta gaplashib yahshi maslahatlar berish o’rniga, uning ko’ngliga qo’l solib, nega shunday qilayotganligini so’rab bilish o’rniga, oshini oshab, yoshini yashab bo’lgan ikki qoqboshning gapiga kirib, o’z jigaring ustidan arz qilganlaring insofdanmi axir?!


Ushbu gapdagi ko’ngliga qo’l solib frazeologik birikmada, oshini oshab-yoshini yashab idiomatik birikmada, solib, oshab, yashab ravishdoshlar qo’llangan bo’lib, ular birikmalar tarkibida ajralmas bo’lak sifatida qolgan. Shu bois, gapda birikmalar birgalikda vazifa bajaradi. Ya‘ni ko’ngliga qo’l solib frazeologik birikmasi qay holatda? so’rog’iga javob bo’ladi, gapda hol vazifasida keladi. Oshini oshab, yoshini yashab birikmalari bo’lgan sifatdoshiga ergashib, qanday? so’rog’iga javob bo’ladi hamda gapda aniqlovchi vazifasida keladi. Odatda -b(ib) shakli ravishdoshli birikma ajratilgan bo’lak sifatida ko’proq qo’llaniladi. Ravishdoshning boshqa shakllari ham bu vazifada qo’llanilishi mumkin.


  1. - guncha : O’ziyam to shaharga yetguncha, undan sado chiqmadi.


  2. -gach: Haydar nima qilishini bilmay biroz o’ylanib turgach, choldan habar olishga qaror qildi.


  3. -a/y: Unga Mingbuloqqa bormay, uyda qolgan qaynotasi ham qo’shildi-da yonlariga Haydarni olib, cholni ko’rgani ketishdi.


  4. Yuqoridagi misollar yetkuncha, turgach, bormay: ravishdoshlari ajratilgan bo’lak sifatida kelyapti. Birinchi gapdagi ravishdosh yetkuncha, qachon? so’rog’iga javob bo’ladi. Gapda payt holi vazifasidan keladi. Ikkinchi gapdagi turgach ravishdoshi kesim vazifasida kelyapti. Ushbu gapda bitta ega, ikkita kesim mavjuddir. Uchinchi gapdagi bormay ravishdoshi qay holatda? so’rog’iga javob bo’ladi, gapda hol vazifasida keladi.7



Ravish — mustaqil soʻz turkumlaridan biri; harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. Ravishlarning quyidagi maʼnoviy turlari mavjud: holat (tarz) Ravishlari (tez, sekin, piyoda kabi); oʻrin Ravishlari (uzoqda, yaqindan, pastda kabi); payt Ravish lari (hozir, kecha, bugun kabi); darajamiqdor Ravish lari (ancha, sal, kam kabi); maqsad Ravishlari (ataylab, joʻrttaga kabi); sabab Ravish lari (noiloj, ilojsiz, chorasizlikdan kabi). Payt, oʻrin va maqsad Ravishlaridan boshqa barcha Ravishlarni, eng umumiy xususiyatlariga koʻra, bir turga kiritish va ularni holat (tarz) Ravishlari deb atash mumkin
Ravishdosh — feʼlning ravishga xos vazifada qoʻllanish uchun maxsuslashgan shakli. Ravish harakatning belgisini bildirib, uning biror xususiyatini koʻrsatadi. Ravishlar harakatni ifodalovchi har qanday feʼl bilan qoʻllana oladi. Ular, asosan, harakatning belgisini, jumladan, paytini, maqsadini, sababini bildirib, gapda hol boʻlib yoki ergash gapning kesimi vazifasida keladi.
1. Ravishning leksik-grammatik xususiyatlari
2. RAVISHNING MA’NO GURUHLARI:
1) Holat ravishlari va ularning xususiyatlari;
2) Payt ravishlari va ularning xususiyatlari;
3) O`rin ravishlari va ularning xususiyatlari;
4) Sabab ravishlari va ularning xususiyatlari;
5) Maqsad ravishlari va ularning xususiyatlari;
6) ) Daraja - miqdor ravishlari va ularning xususiyatlari
Ravishning leksik-grammatik xususiyatlari
Harakat va holatning belgisini, belgining belgisini (sifat va ravishning), ba’zan
predmetning (ot) belgisini bildiradigan mustaqil so`z turkumi ravish deyiladi.
Masalan: Qutlug`jon tez orada o`zbekcha biyron-biyron gaplasha boshladi (O.).
Ko`kday bepoyon mening Vatanim (Q.Hikmat).
Sifat so`z turkumi kabi ravish ham belgi bildiradi. Lekin sifat, asosan, predmetning
belgisini, ravish esa, asosan, ish-harakatning belgisini, belgining belgisini bildiradi.
Ravish ish-harakatning bajarilish tarzi (astoydil urindi), payti (hozir keldi), o`rni
(yuqoriga intildi), miqdori (kam gapirdi), darajasi (nihoyatda achindi), sababi (noiloj
ko`ndi) va maqsadi (jo`rttaga indamadi)ni anglatadi.
Ayrim ravishlar ba’zan otga bog`lanib, predmetning noaniq miqdorini (ko`p kitob),
sifat va ravishning o`ziga bog`lanib, belgini kuchini; darajasini, o`xshashligini
(obdon pishiq, ancha ilgari, toshday qattiq) ifodalaydi. Shu ma’no xususiyatlariga
ko`ra ravish qanday? qay tarzda? qachon? qayerga? qayerda? qayerdan? qancha?
qay darajada? nega? nima maqsadda? kabi so`roqlariga javob bo`ladi.
Ravish o`ziga xos grammatik xususiyatlarga ega:
1) ravish boshqa so`z bilan bog`lanib kelganda morfologik jihatdan o`zgarmaydi
(so`z o`zgartiruvchi affikslarni olmaydi). Lekin ma’lum kelishik yoki egalik kelishik
shaklida (qotib qolgan holda) ravishga ko`chgan so`zlar mavjud: kunda, yiliga,
kunduzi, chindan, rostdan, yaqinda, birdan, birga kabi.
2) ravish belgi bildiruvchi so`z bo`lgani uchun sifat kabi belgini (harakatning
belgisini) darajalab, chog`ishtirib ko`rsatish xususiyatiga ega. Biroq ravishlarda
daraja anglatish sifatlardagi kabi taraqqiy qilgan emas. Ravish ham uch daraja
ko`rinishiga ega: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja. Daraja ma’nosi sifat
darajalaridagi vositalarning o`zi bilan ifodalanadi. Belgini darajalab ifodalash,
asosan, holat ravishlari (ayrim payt va miqdor)ga xos.
Oddiy daraja. Oddiy darajada ravish ish-harakat belgining normal holatda
(chog`ishtirilmagan holatda) ekanligini bildiradi va o`ziga xos morfologik
ko`rsatkichga emas: Usmonjon gunoxkorona jilmaydi (S.Z.).
Qiyosiy daraja. Qiyosiy darajadagi ravish harakat belgisining boshqa belgi bilan
chog`ishtirish orqali belgining kamligi, kuchsizligi, ko`pligi, ya’ni kuchaytirish
ma’nosini ko`rsatadi va ravishlarga -roq affiksini qo`shish bilan hosil qilinadi:
astaroq, ozroq, barvaqtroq, keyinroq kabi: Zaynab ilgariroq, Kumush keyinroq
ichkariga kirishdi (A.Qodiriy). Ba’zan qiyosiy darajadagi ravishdan oldin sal, yana,
tobora kabi ravishlar keladi. Bunday holda kuchaytiruv va kuchsizlantiruv
ekspressiv yo`l bilan yanada orttirilgan bo`ladi: Sal burunroq o`tkazilsa, ancha bo`y
bergan bo`ladi (Sh.Rashidov).
Orttirma daraja esa ravishdan oldin juda, nihoyatda, eng, hammadan kabi so`zlarni
keltirish bilan hosil qilinadi va harakat belgisining normal holatdan o`ta ortiqligini,
kuchaytirilganligini ifodalaydi: Bu yurtda eng avval senda tong otar, Eng keyin tark
etar seni quyoshing (E.Vohidov). Imon bilan amal bir-biriga juda yaqindir. Ular bir-
birisiz durust emas (Hadisdan).
3) ravishning fe’lga bog`lanib, gapda ko`pincha hol vazifasida kelishi, uning asosiy
grammatik xususiyatlaridan biri sanaladi: Ogahiy yaratgan she’riy misralar o`zining
serjiloligi bilan kishilarni hamon o`ziga rom qilib kelmoqda (Kaykovus).
4) ravish sifat va ravishga, ba’zan otga bog`lanib kelib, belgini belgisini bildiradi,
gapda sifatlovchi-aniqlovchi vazifasi bajaradi: Tog`day og`ir bilak berdim... (H.O.).
Ba’zi ravishlar otga ham bog`lanib, uning belgisini ko`rsatadi va sifatlovchi
aniqlovchi vazifasini bajaradi. Fe’lga bog`lanib, harakatning belgisini bildirgan
sifatlar ravish so`z turkumiga o`tib ketmagani kabi, otga bog`langan ravishlar ham
sifat turkumiga o`tmaydi: U ancha jo`yaklarni oraladi, ancha qovunlarni ushlab, qay
birini uzishni bilmadi (O.). Yetti qizning onasi haligacha kelinchak (Topishmoq).
5) ravish otlashish xususiyatiga ega, ya’ni ravish bog`lanib kelgan ot gapda
qo`llanmasligi mumkin. Bunday holda ravig otga xos egalik, kelishik, ko`plik
affikslarini qabul qiladi va gapda ot kabi ega, qaratuvchi-aniqlovchi, to`ldiruvchi
vazifalarida keladi: Ko`pni ko`rgan ko`hna dunyoda Baxt axtarib ko`plar o`tdilar
(H.O.). Ilm ko`pga etkazar, hunar esa ko`kka (Maqol). Har bir ishimizdan ertaning
shabadasi kelib turibdi, o`g`lim (O.).
Ravishlarda otlashish hodisasi, asosan, holat, miqdor belgisini (ba’zan payt belgisi)
bildiruvchi ravishlarga xos.
6) ravish gapda hukm tushunchasini anglatib bosh bo`lak ot kesim vazifasida ham
keladi: Odam har qancha olim bo`lsa ham, uning o`zi sezmagan kamchiliklari ko`p
(«Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).
7) ravish so`z yasalish xususiyatiga ega. Ravish yasovchi maxsus so`z yasovchi
affikslar mavjud: do`stona, yangicha, tasodifan, butunlay kabi. Bunday usul bilan
ravish yasalishi morfologik usul sanaladi. Ravish sintaktik usul bilan ham yasaladi:
bir oz, har gal, bir yo`la, dam-badam kabi.
8) ravishlarda modal ma’no yasalishi ham mavjud. Bunday shaklda kelgan ravishlar
harakat belgisining kuchsizligi, ta’kid, noaniqlik kabi ma’nolar anglatadi. Bu modal
ma’no sintetik shakl orqali hosil qilinadi, ya’ni ravishga -roq, -gina (-kina, -qina)
affikslarini qo`shish orqali: ko`proq, endigina, sekingina, kechagina kabi hamda
ravishlarni aynan takrorlash yo`li bilan hosil qilinadi: asta-asta, tez-tez, sal-pal.
Men ko`proq uni ko`rish niyatida yurar edim, lekin o`ylaganim bo`lmadi
(P.Qodirov). Hasanali sekingina daricha ostig`a yotib hujra ichiga quloq soldi
(A.Qodiriy). CHiqsak ham Sulton amaki bilan chiqardik. Sekin-sekin unga o`rgana
boshlagandik (H.Nazir).
Ravishlarning ma’no turlari
Ravishlar ma’no jihatdan olti guruhga bo`linadi: 1) holat ravishi, 2) payt ravishi, 3)
o`rin ravishi, 4) miqdor-daraja ravishi, 5) sabab ravishi, 6) maqsad ravishi.
Holat ravishi. Holat ravishi ish-harakatning qay tarzda, qay holatda bajarilishini
bildirib, qanday? qay tarzda? qay holda? kabi so`roqlarga javob bo`ladi: asta, sekin,
tez, piyoda, ayov, qo`qqisdan, tasodifan, xomlay, ochin-to`kin, butunligicha, jim,
darov, darhol, zo`rg`a, birdan, birga, majburan, yaqqol, harbiylarcha, o`zbekcha,
yuzma-yuz, ochiq-oydin kabi.
Holat ravishlari, asosan, ravish holi otga bog`lanib kelganda sifatlovchi-aniqlovchi
va kesim vazifalarida keladi: Bobur ota yurtidan ajralganini endi astoydil his qildi
(P.Q.). Salqin shabadasi kelib olqishlar bizning g`olibona bayrog`imizni (A.M.).
Auditoriya jimjit, hamma unga qarar (P.Q.).
Payt ravishi. Payt ravishi ish-harakatning paytini bildirib, qachon? qachongacha?
qachondan beri? kabi so`roqlarga javob beradi. Payt ravishlariga: hozir, boya, hali,
endi, oldin, burun, avval, qadim, bultur, tunov kun, yaqinda, hamisha, hanuz, hamon,
bugun, indin, keyin, so`ng, yiliga, dastlab, har kuni, erta-indin, erta-kech, qishin-
yozin kabilar kiradi.
Payt ravishlari asosan, payt holi, ba’zan kesim vazifasida keladi. Masalan: Sen bir
birodaringning ayblarini zikr qilmoqchi bo`lsang, avval o`z ayblaringni esla! (Imom
Ismoil al Buxoriy). Bugun sening tug`ilgan kuning, Bugun uying to`ladi gulga
(H.O.).
O`rin ravishi. O`rin ravishi ish-harakatning bajarilish o`rnini va harakat yo`nalgan
tomonni anglatadi. O`rin ravishi qayerga? qayerda? qayerdan? kabi so`roqlarga
javob berib, ularga nari, beri, oldinga, pastda, tubanda, yuqoridan, quyidan, u yoqqa,
bu yoqqa, yaqinda, orqadan, to`g`riga, chapda, o`ngda kabilar kiradi.
O`rin ravishlari gapda, asosan, o`rin holi ba’zan esa kesim vazifasini bajaradi: Biror
kishi gapirgan paytida u yoq - bu yoqqa qarab qo`ysa, demak bu gap omonatdir
(Hadisdan). YOshi ulug` Nazarali ota shu erda (G`.G`ulom).
Miqdor-daraja ravishi. Miqdor-daraja ravishi ish-harakatning miqdoriy belgisi,
bajarilish darajasini, shuningdek, predmetning noaniq miqdori, belgining darajasi va
miqdorini anglatadi.
Miqdor-daraja ravishlari ma’no xususiyatiga ko`ra ikki guruhga bo`linadi: miqdor
ravishi va daraja ravishi.
Miqdor ravishi miqdor tushunchasini anglatib, harakat-holatning bajarilishida uning
miqdoriy belgisini ko`rsatadi. Shu bilan birga miqdor ravishi otga ham bog`lanib
kela oladigan ravish turidir, shu jihatdan bu ravishlar predmetning noaniq miqdorini
ham ifodalaydi. Miqdor ravishi qancha? so`rog`iga javob berib, ularga ko`p, mo`l,
kam, bir oz, sal, picha, xiyol kabilar kiradi.
Daraja ravishi daraja tushunchasini anglatib, harakat-holatning bajarilish darajasini
ko`rsatadi. Ba’zan daraja ravishlari sifat va ravishning o`ziga bog`lanib kelib, belgi
ma’nosini kuchaytirib keladi. Bu ravishlar qay darajada? so`rog`iga javob berib,
ularga g`oyat, nihoyatda, obdon, o`ta, aslo, sira kabilar kiradi.
Daraja ravishlari belgi ma’nosini kuchaytirishiga ko`ra (juda, g`oyat) sifat va
ravishlarning orttirma darajasini hosil qiladigan element sifatida ham qatnashadi.
Miqdor-daraja ravishlari, asosan, miqdor-daraja holi, ba’zan kesim vazifasini
bajaradi: Mo`l-ko`l nur to`kar, ko`kdan qadrdon quyoshimiz (E.Vohidov). Biroq
ko`zgu shunaqangi xira ediki, o`zimning yuzimni zo`rg`a ko`rardim (O`.H.).
Miqdor-daraja ravishi predmetning belgisini bildirib, sifatlovchi-aniqlovchi
vazifasida ham keladi: Ko`p gap quloqqa yoqmas (Maqol).
Sabab ravishi. Sabab ravishi ish-harakatning bajarilish sababini anglatadi. Sabab
ravishi nega? nima uchun? nima sababdan? kabi so`roqlarga javob bo`ladi va ularga
noiloj, noilojlikdan, chorasiz, chorasizlikdan kabi ravishlar kiradi.
Sabab ravishi, asosan, sabab holi vazifasini bajaradi: Qunduzoyning qistashi bilan
noiloj birinchi qatorga borib o`tirdi (Oydin).
Maqsad ravishi. Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni anglatib,
nega? nima maqsadda? kabi so`roqlarga javob beradi. Bu ravishlarga atay(in),
ataylab, jo`rttaga, qasddan kabilar kiradi. Maqsad ravishi gapda, asosan, maqsad holi
vazifasini bajaradi: Yuksak binolar tomon, Bordik bizlar atayin (Po`lat Mo`min).

Ravish
Ravish va uning umumiy grammatik ma’nosi.


Ravish hamisha tilshunoslikning muammoli masalasidan bo‘lib kelgan. Uni
o‘rgangan olim V.V.Vinogradov “mustaqil so‘zning hech bir guruhiga sig‘may
qolgan so‘z ravish turkumiga yig‘ilgan” deb haqqoniy baho bergan edi. Uning ma’no va vazifasi ot, sifat, son, olmoshga yaqin turishi arab va Yevropa tilshunosligida qayd etilgan. Sharq va g‘arb tilshunosligi ma’no va vazifasi jihatidan emas, balki boshqa
birortasiga xos bo‘lmagan belgi-o‘zgarmaslik belgisi bilan ismdan farqlaydi. Biroq
o‘zbek tili grammatik qurilishining tavsifiga bag‘ishlab yozilgan ko‘plab adabiyot va darslikda ravishning o‘zgarmaslik tabiati inobatga olinmagan.
Tilshunoslar o‘zbekcha ravishni rus tilidagi “наречие”ning muqobili sifatida
talqin qilishgan, natijada, ravish turkumi doirasida o‘rganilgan.
Asosan harakatning, qisman predmetning belgi, miqdor yoki holatini
bildiruvchi o‘zgarmas so‘z- ravishning so‘z turkumi sifatidagi umumiy grammatik
ma’nosi.
Ravishda derivatsiya. Tilshunosligimizda ravish yasalishi munozarali.
Chunki ravishning asosiy qismi-asli boshqa turkumga mansub soddalashgan,
yaxlitlashgan leksema. Shu boisdan aksariyat tilshunoslar ravish yasalishini inkor
etishib, ravishlashish (boshqa turkum so‘zining ravishga o‘tishi) mavjudligini tan
olishadi.
Tilshunoslar ravish turkumining yasalish sistemasiga ega emasligini [-an], [-
ona] qo‘shimchasining arabcha va tojikcha so‘z tarkibida uchrashini, [-larcha], [-
chasiga], [-lab] kabining grammatik ma’no ifodalashi bilan va [-iga-, siga], [-chasiga]
kabi so‘zning sanoqli darajada ekanligi bilan izohlaydi. Ravish gapda ko‘pincha
fe’lga bog‘lanib hol, otga bog‘lanib sifatlovchi vazifasida keladi. Bu ravish - umumiy
grammatik ma’nosining tarkibiy qismi. [Sayfullayeva, 2009:256-257]. Ravishning
o‘ziga xos yasovchi affikslarga ega bo‘lishi ham uning morfologik belgisi sanaladi.
-chasiga (mardchasiga), -larcha (vahshiylarcha), -iga, -siga (ko‘ndadalangiga, uzunasiga), lab (haftalab), -cha (askarcha, atroflicha, shoshilgancha), -dek, -day
(o‘qdek, toshday) kabi.
Tuzilish jihatdan ayrim ravishlar kelishik formasini olganga o‘xshab ketadi. Bu o‘xshashlik tasodifiy hodisa bo‘lmay, balki ravish so‘z turkumi sifatida
shakllanayotgan payt o‘z tarkibi o‘sha turkumlardan ajralib chiqqan so‘zlar hisobiga
to‘ldirgan. Hatto shunday ravishlar borki, ular hozirgi kunda boshlang‘ich
formalaridan tamomila uzoqlashgan: olg‘a, onda, sonda, jo‘rttaga, tashqari, yana
kabi.

1.Аffiksatsiya yo‘li bilan ravish yasalishi tilimizda qadimdan mavjud bo‘lib,
ayniqsa, keyingi vaqtlarda eng unumli usulga aylangan. Ravish yasovchilar ham o‘z
navbatida unumli va unumsiz affikslarga ajralib turadi



Ravish yasalishining ikkinchi asosiy usuli kompozitsiyadir.


Kompozitsiya yo‘li bilan so‘zlar o‘zaro qo‘shiladi, tuziladi yoki takrorlanadi,
natijada ravish hosil bo‘ladi. Bu yo‘l bilan ravish yasalishini boshqa turkumdagi shu
xil yasalish bilan tamoman tenglashtirib bo‘lmaydi.



Bu formalar qo‘shma ravish yasashda muhim ahamiyatga ega.
Maʼlumki, sinonimik qatorni tashkil etgan baʼzi qo‘shma ravishlar aynan
so‘zlarning ishtirokidan vujudga kelishiga qaramay, ularning morfologik
shakllanishidan farq bo‘ladi: bir yo‘l, bir yo‘la, bir yo‘li, bir yo‘lasi; yo‘l-yo‘la,
yo‘lma-yo‘l, yo‘l-yo‘lakay, har dam, har damda, damma-dam; kun-kundan,
kundan-kunga, kundan kun; nari-beri, naridan-beri kabi. [Fuzailov, 1973, 533].
Ravishlar tuzilishiga ko‘ra sodda , qo‘shma, murakkab va juft bo‘ladi.
Sodda ravishlar birgina o‘zakdan tashkil topib, tub yoki yasama bo‘ladi.
Yasovchi affikslarsiz qo‘llanadigan ravishlar tub-ravishlar deyiladi: tez, sekin, keyin,
oz, ko‘p, picha, kecha.
Maxsus affikslar bilan yasalgan ravishlar yasama ravishlar deyiladi:
to‘xtovsiz, oyday, mardlarcha, g‘olibona, mardona, qaxramonlarcha
• Ravishlar quyidagi affikslar yordamida yasaladi:



Yuqoridagi manbalardagi qoidalarga e’tibor beradigan bo‘lsak ravish so‘z


turkumining yasalishi munozarali masalaga aylanib turibdi. Bu masalaga Azim
Hojiyevning “O‘zbek tilida so‘z yasalishi” qo‘llanmasidagi quyidagi fikrlarini
keltirib o‘tish lozimdir.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘z yasalishining asosiy usuli affiksatsiya
usulidir. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘z yasovchi affikslar, aniqrog‘i, so‘zningmorfem strukturasida so‘z yasovchi sifatida ajraladigan affikslar juda ko‘p. Lekin ularning hammasi ham yangi-yangi so‘zlar yasalishida qatnashavermaydi. Ulardan
ayrimlari hozirda ham yangi so‘zlar yasalishida qo‘llanayotgan bo‘lsa, ba’zi affikslar esa so‘z yasash funksiyasini deyarli, yoki butunlay to‘xtatgan. Hozirgi o‘zbek adabiy tili so‘z yasalish sistemasining tahlilida birinchi tipdagi, ya’ni so‘z yasash funksiyasi davom etayotgan affikslar yordamida so‘z yasalishini yoritish muhimdir. Ma’lumki, ayrim so‘z turkumlarida so‘z yasalishida affiksoidlar ham qatnashadi. Ular yordamida ham sodda yasama so‘zlar hosil qilinadi. Shu tufayli bunday so‘z turkumlarida, affikslar yordamida so‘z yasalishidan so‘ng, affiksoidlar bilan so‘z
yasalishi ham berildi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ravish yasalishining asosiy usuli affiksatsiya
usulidir. Lekin ravish yasovchi affikslar u qadar ko‘p emas. Shuningdek, ravish
yasovchi aktiv affikslar yordamida hosil bo‘lgan ravishlar ham ko‘p miqdorda emas.
Hozirgi o‘zbek tilida ravish yasovchi mahsulli affikslar, ya’ni so‘z yasash funksiyasi
to‘xtamagan affikslar deb, -cha, -chasiga, -larcha, -lab affikslarini ko‘rsatish
mumkin. -cha affiksi fe’ldan boshqa deyarli barcha mustaqil
so‘z turkumlarga oid leksemalardan ravish yasaydi. Lekin, birinchidan, uning
yordamida yasalgan ravishlar ko‘p emas. Ikkinchidan, bu affiks yordamida ravish
yasalishi ma’lum sistemani tashkil etmaydi. Masalan, u ot va sifatdan ravish yasaydi: zarracha, ayyorcha kabi. Lekin -cha affiksi ot yoki sifatning maʼlum bir leksik- semantik turidan umumiy soʻz yasalish maʼnosiga ega boʻlgan, soʻz yasalishining maʼlum tipini hosil qiluvchi ravishlar yasamaydi. -cha affiksi orqali yasalgan ayyorcha, yashirincha so‘zlari tarz ravishidir.
Lekin bular bir xil so‘z yasalishi ma’nosiga ega emas: ayyorcha «ayyorga xos tusda»;
yashirincha «yashirin holda». Quyidagi misolda yana boshqacha ma’no: Sobirovning qilg‘ilikni qilib, kolxozni tashlab ketishi ustida uzoq to‘xtaydi va bunga ham boleshevikcha baho berib o‘tadi-chasiga. Bu affiks asosan shaxs bildiradigan otlarga qo‘shilib, harakat-
holatning asosdan anglashilgan shaxs yoki narsaga xos tarzda, shunga xos usul bilan bajarilishini bildiruvchi ravish yasaydi: yigitchasiga, mardchasiga, dehqonchasiga,
chapanichasiga, tentakchasiga kabi. -larcha. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ravish yasovchilar ichida eng faoli deb -
larcha affiksini keltirish mumkin. Bu affiks ko‘plik ko‘rsatkichi -lar bilan -cha
affiksining birikuvidan hosil bo‘lgan. Shu sababli, -larcha affiksi yordamida yasalgan ravishlarda -lar affiksiga xos ma’no sezilib turadi.
-larcha affiksi asosan ba’zi otlardan, aniq shaxs bildiruvchi otlardan va belgi
bildiruvchi so‘zlardan ravish yasaydi. Bu tipdagi ravishlar boshqa harakatning yoki
belgining belgisini asosdan anglashilgan narsa-predmetning harakatiga, belgisiga
qiyoslab o‘xshashligini, shu kabi ekanini bildiradi: otalarcha g‘amxo‘rlik qilmoq,
qardoshlarcha yordam kabi.
Vaqt birliklarini bildiruvchi soʻzlarga qoʻshilganda, harakatning asosdan
anglashilgan vaqtda, shu vaqt davomida bajarilishini bildiruvchi ravish yasaydi:
azonlab (uygʻotdi), yillab (koʻrishmadilar) kabi. Miqdor, oʻlchov birliklarini
anglatuvchi soʻzlarga qoʻshilganda, harakatning asos bildirgan oʻlchov-miqdor bilan bajarilishini (bildiruvchi ravishlar yasaladi: kilolab, tonnalab, metrlab, qarichlab, paqirlab kabi.
-chang. Bu affiks kiyim-bosh bildiruvchi ayrim soʻzlarga qo‘shilib, shaxsning
faqat asosdan anglashilgan kiyimda ekanlik holatini, shunday holatda biror harakatni bajarishni bildiruvchi ravish yasaydi: kavushchang, mahsichang, ko‘ylakchang, maykachang kabi.
Yuqorida keltirilgan ravish yasovchilardan tashqari yana bir qator affikslar
borki, ular yordamida yasalgan ravishlar oz yoki koʻp miqdorda boʻlishidan qatʼiy
nazar, hozirgi tilda yangi ravish (yoki ravishlar) yasamaydi yaʼni ular soʻz yasash
funksiyasini toʻxtatgan.



Kompozitsiya usuli bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar hozirgi oʻzbek tilida
anchagina miqdorni tashkil etadi. Shu bilan birga kompozitsiya usulida yangi-yangi so‘zlar yasalishi hozir ham davom etyapti. Ana shu ikki faktor asosida bo‘lsa kerak, hozirgi o‘zbek tilidagi so‘z yasalish usullari haqida gap borganida kompozitsiya usuli so‘z yasalishining faol, mahsuldor usuli sifatida ta’riflanadi. Lekin kompozitsiya usulining aktivlik, mahsuldorlik darajasini belgilashda bu usul bilan yasalgan qo‘shma so‘zlarning miqdori emas, balki mazkur usulning hozirgi o‘zbek adabiy tili so‘z yasalish sistemasida tutgan o‘rni, hozirgi so‘z yasalishida ishtiroki,ish ko‘rish darajasi asosga olinishi kerak bo‘ladi. Keltirilgan qo‘shma ravishlar ma’lum model (andoza, sxema) asosida yasalsa
ham, lekin ular so‘z yasash asosi va yasovchi formantdan iborat strukturaga ega
emas. Chunki, ular tarkibida regulyar qatnashayotgan komponent (bir, sar, hech) so‘z yasovchi (formant) ga xos funksiya va ma’noga ega emas - qoʻshma ravishlar
ma’nosini komponentlari ma’nosi bilan asoslab (motivlab) bo‘lmaydi. Shu tufayli
tarkibida regulyar qatnashuvchi komponenti bo‘lgan bunday ravish turlari so‘z
(ravish) yasalishining ma’lum bir tipini hosil qilmaydi. Umuman, hozirgi oʻzbek
adabiy tilida kompozitsiya usuli bilan yangi ravishlar yasalishi kuzatilmaydi. Yuqorida keltirib o‘tgan fikrlarimizning yana bir dalili sifatida Azim
Hojiyevning O‘zbek tili morfologiyasi, morfemikasi va so‘z yasalishining nazariy
masalari-Toshkent, 2010-yilda nashrdan chiqqan asaridagi quyidagi fikrlarni yana bir
bor keltirib o‘tish lozimdir.
So‘z yasalishi sistemasi. Til birligi-yasama so‘z. So‘z turkumlarida so‘z
yasalishi masalasi.
So‘z yasalishi sistemasining faqat mustaqil so‘z turkumlari uchun xos bo‘lishi
tabiiy holdir. Xuddi shu talabga ko‘ra mustaqil so‘z turkumlaridan son va olmosh
turkumlari so‘z yasalish hodisasiga, so‘z yasalishi sistemasiga ega emas. (Shu
boisdan ham o‘quv yurtlari uchun chiqarilgan o‘zbek tilidan qo‘llanma va
darsliklarda son va olmosh turkumlariga bag‘ishlangan bo‘limlarda so‘z yasalishi
hodisasi keltirilmaydi). Faqatgina ravish turkumida so‘z yasalishi masalasida turli
fikr mulohazalar davom etyapti.
Ma’lumki, oliy o‘quv yurtlari uchun nashr etilgan o‘zbek tili darsliklarining
barchasida, boshqa mustaqil so‘z turkumlari qatori, ravish yasalishi alohida mavzu
sifatida beriladi. Demak, o‘zbek tilida ravish yasalishi hodisasi borligi deyarli barcha
mutaxassislar tomonidan tan olinadi. Biroq masalaga yuqorida aytilgan talablar
asosida yondashilsa, o‘zbek tilida ravish so‘z turkumining so‘z yasalish sistemasiga
ega emasligi inkor etib bo‘lmaydigan fakt ekanligi ma’lum bo’ladi. Biror so‘z turkumida so‘z yasalishi sistemasi bor-yo‘qligi haqida fikr yuritilar
ekan, avvalo, bu so‘z turkumida yasama so‘zga xos mohiyatga ega bo‘lgan til birligi,
aniqrog‘i, so‘z yasalish asosi va so‘z yasovchidan iborat tarkibga ega bo‘lgan til
birliklari-yasama so‘zlar bor-yo‘qligi belgilanishi kerak bo‘ladi.
Masalaga shu tarzda yondashishning o‘ziyoq o‘zbek tilida ravish so‘z turkumi
so‘z yasalishi sistemasiga ega emasligini ma’lum qilib qo‘yadi. Buni o‘zbek tilida
eng faol, sermahsul ravish yasovchi deb ta’riflanayotgan birgina -cha affiksi misolida
aniq ko‘rish mumkin. O‘zbek tili ravish sistemasi haqida fikr yuritilgan ishlarning
barchasida -cha affiksining sermahsul ravish yasovchi ekanligi aytiladi va bu fikrni -cha. Bu affiks ot, sifat, olmosh va fe’llarga qo’shilib, harakatning qay tarzda
bajarilishi, harakat protsessi so’zning negizida ifodalangan predmet, holatga
o‘xshatilganligi ma’nolarini anglatgan ravishlar yasaydi:
tasdiqlash uchun misollar keltiradi. Biroq keltirilgan misollar ularning tarkibidagi -
cha affiksining ravish yasovchi umuman so‘z yasovchi emasligini aniq tasdiqlaydi



Diqqat bilan qaralsa, berilgan ta’rif va keltirilgan misollarning o‘ziyoq -cha


affiks so‘z yasovchiga xos xususiyatlarga ega emasligini aniq ko‘rsatadi. Masalan, -
cha affiksli so‘z “harakat prosessi so‘zning negizida ifodalangan predmet, holatga
o‘xshatilganligi yoki bir belgining boshqa belgi bilan ma’nolarini anglatar” ekan, bu
so‘zlar tarkibidagi “cha” ni so‘z yasovchi emasligini tasdiqlaydi. Chunki o‘xshatish, o‘xshashligini ifodalash so‘z yasovchilarga xos xususiyat
emas, so‘z yasovchi yangi lug‘aviy ma’noli til birligi-yasama so‘z hosil qiladi.
Qolaversa, birinchidan, hozircha, yigitcha, bolacha, atroflicha so‘zlari so‘z yasalish
asosi+soz yasovchidan iborat tarkibli birlik-yasama so‘z emas, ikkinchidan,
shoshgancha, bizningcha, o‘zimcha, bilganimcha, so‘zlaridagi -cha so‘z shakliga
qo‘shilyapti. So‘z yasovchi birlik esa bunday xususiyatga ega emas.
Uchinchidan, ukraincha, bolacha, ilgarigicha yasama so‘z -lug‘aviy birlik
emas, shuning uchun izohli lug‘atlarda bosh so‘z (izohlovchi so‘z) sifatida
berilmaydi va hokazo. Xullas, o‘zbek tilidagi -cha affiksi so‘z yasovchiga xos
xususiyatlarga ega emas. U o‘z mohiyatiga ko‘ra shakl yasovchi morfemalarga,
ko‘makchilarga o‘xshaydi. Aniqroq qilib aytganda, o‘zbek tilida birdan ortiq shakl
yasovchi morfemaning o‘zaro birikuvidan so‘z yasovchi, jumladan, ravish yasovchi
qo‘shma affiksning yuzaga kelishi hodisasi yo‘q va bo‘lishi mumkin ham emas..
Ravish yasalishi haqidagi gaplarni yakunlar ekanmiz, bir faktni alohida
ta’kidlashni lozim topamiz. Qizig‘i shundaki, o‘zbek tili ravish yasalishi haqida fikr
yuritilgan ishlarda yasama ravish deb keltirilgan fakt-misollarning barchasi o‘zbek
tilida ravish yasalishi hodisasi, ravish yasalish sistemasi borligini emas, aksincha,
yo‘qligini isbotlashga xizmat qiladi. Bu holat qanday natijalar berishini o‘zingiz
tasavvur qilavering. Bunday holatning mavjudligi esa so‘z yasalishi sistemasi til
birligining mohiyati haqida aniq tasavvurga ega emaslik, ravish turkumida shunday
til birligi bor-yo‘qligini belgilashda yasama so‘zga xos yuqorida ko‘rilgan
xususiyatlar asosida ish ko‘rmaslik oqibatidir.
So‘z yasalishi hodisasi mustaqil so‘z turkumlarida mavjud. Mustaqil so‘z
turkumlarining ham ot, sifat, va fe’l turkumlari so‘z yasalishi sistemasiga ega.
Yasama so‘zning va so‘z yasalishi tiplarining mohiyati asosida ish ko‘rilsa, buning
sabablari jumladan, o‘zbek tilida ravish yasalishi hodisasi yo‘qligi, ravish turkumi
so‘z yasalishi sistemasiga ega emasligi ham ma’lum bo‘ladi. Shu asosda e’tibor bilanqaralsa, yasama ravish deb keltirilayotgan fakt-misollarning barchasi o‘zbek tilidaravish yasalishi hodisasi ham, yasama ravishlar ham yo‘qligini tasdiqlaydi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ravish so‘z turkumining yasama
emasligining isboti bizga bir qancha analizatorlarda qulayliklar yaratadi. Ravish
yasovchi qo‘shimchalarning ba’zilari murakkab qo‘shimchalar sirasiga kiradi. Va
ularni tub va murakkablikdan aniq ajratib olishni mashinaga ayrim algoritmlar bilanishlab chiqish muammoli masalalardan biri hisoblanadi. Do‘stlarcha - do‘stona,mardlarcha - mardona, vahshiylarcha - vahshiyona, yigitchasiga, mardchasiga,dehqonchasiga, chapanichasiga, tentakchasiga kabi ravishlarni mashinaga yaxlitholda yasama emas deb teglaganimiz bizga juda ko‘p qulayliklarni keltirib chiqaradi
va mashinaning aniq ishlashiga olib keladi desak xato bo‘lmaydi. Chunki,
do‘stlarcha, vahshiylarcha, yigitchasiga, mardchasiga, dehqonchasiga kabi
ravishlarni asos morfema va qo‘shimcha morfemaga ajratishda bir qancha
qiyinchiliklar kelib chiqadi. Shuning uchun mashinaga yuqoridagi nazariy fikrlarni
hisobga olgan holda, ushbu ravishlarni yaxlit holda, ma’lum algoritmlar yordamida
teglagan ma’qul desak xato bo‘lmaydi.
RAVISH — mustaqil soʻz turkumlaridan biri; harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. Ravish larning quyidagi maʼnoviy turlari mavjud: holat (tarz) R. lari (tez, sekin, piyoda kabi); oʻrin Ravishlari (uzoqda, yaqindan, pastda kabi); payt Ravishlari (hozir, kecha, bugun kabi); darajamiqdor Ravishlari (ancha, sal, kam kabi); maqsad R. lari (ataylab, joʻrttaga kabi); sabab Ravishlari (noiloj, ilojsiz, chorasizlikdan kabi). Payt, oʻrin va maqsad Ravish laridan boshqa barcha Ravishlarni, eng umumiy xususiyatlariga koʻra, bir turga kiritish va ularni holat (tarz) Ravishlari deb atash mumkin.
Ravish mustaqil soʻz turkumi sifatida quyidagi morfologik xususiyatlar b-n ajralib turadi:
1) daraja kategoriyasiga ega: tez, koʻp (oddiy daraja) — tezroq, koʻproq (qiyosiy daraja) — eng tez, juda koʻp (orttirma daraja) kabi; 2) oʻzgarmas bulib, koʻpincha feʼllarga bogʻlanib keladi: Soʻrida qat-qat duxoba koʻrpachalar ustma-ust toʻshalgan edi;
3) Ravish ayrim oʻrinlarda sifat va otga bogʻlanib kelishi ham mumkin. Bunday hollarda Ravish belgining belgisini yoki predmetning belgisini emas, oʻzi bogʻlanib kelgan sifat yoxud otdan anglashilgan harakatxrlatning belgisini bildiradi: Kecha havo juda sovuq edi. U hozir beqiyos va tasavvur qilib boʻlmas baxtiyor edi;
4) Ravish yasovchi muxsus qoʻshimchalarga ega: cha, ona, larcha, lab va b. ;
5) turlanmaydi va tuslanmaydi (otlashish hollari bundan mustasno).
Ravishlar morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi: doʻstona, qahramonlarcha, oylab (morfologik usul), har zamon, shu on, bir dam (sintaktik usul) kabi. Ravishlar tuzilishiga koʻra, sodda (kamtarona, vijdonan, butunlay), qoʻshma (har dam, bir yoʻla, ozmuncha, har qachon), juft (kechakunduz, qishin-yozin) va takroriy (ozoz, tez-tez, koʻp-koʻp) turlarga boʻlinadi. Ravish larning anchagina, juda, kam, kamkam kabi shakllari modal shakl hisoblanadi. Ravishlar gapda hol, aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi.
Ravishlar belgi anglatish xususiyatlari b-n sifatlarga uxshaydi, ammo grammatik xususiyatlari jihatidan ular oʻzaro farqlanadi: sifatlar predmetning belgisini, Ravishlar esa harakat yoki holatning belgisini bildiradi; ularning gapdagi, yaʼni sintaktik vazifasi ham oʻzgachadir.
1. Ravish yasovchi qo‘shimchalar bilan: g‘olibona, akalarcha. Ravishlar quyidagi ravish yasovchi qo‘shimchalar yordamida boshqa so‘z turkumlaridan, shuningdek, ravishlardan ham yasaladi:
-cha
qisqacha, o‘zicha, boshqacha, buguncha, istagancha, o‘zbekcha, eskicha
-larcha
qardoshlarcha, o‘rtoqlarcha
-chasiga
yangichasiga, toshkentchasiga, dehqonchasiga
-(s)iga
tikkasiga, yalpisiga, baravariga, birdaniga
-ligicha
xomligicha, tirikligicha, butunligicha, ho‘lligicha
-dek/-day
o‘qdek, qushday
-lab
ertalab, ko‘plab
-ona
do‘stona, fidokorona, g‘olibona
-an
umuman, taxminan, majburan, asosan, rasman
-gacha
kechgacha, tushgacha
-simon
erkalagansimon, uyalgansimon, hazilsimon
-namo
uyalgannamo, oliftanamo
-lay(in)
butunlay, tiriklayin
-incha, -iqcha
ko‘pincha, aksincha, yashirincha
-siz, be-
to‘xtovsiz, beixtiyor
-chang
ko‘ylakchang, kovushchang
-in
oldin
-omuz
shikoyatomuz, kinoyaomuz
-aki
yodaki, og‘zaki
2. So‘zlarni qo‘shib ravish yasash. Bunda qo‘shma, juft va takroriy ravishlar yasaladi. Qo‘shma ravishlar asosan ikki so‘zdan yasaladi va ularning quyidagi turlari ajratib yoziladi:
tarkibida u, bu, shu, o‘sha olmoshlari bo‘lgan payt va o‘rin ravishlari: u yoqqa, bu yoqqa, u yerga, shu yerda, o‘sha yerda va b.;
tarkibida har, hech, hamma, bir so‘zlari bo‘lgan ravishlar: har vaqt, har zamon, har qachon, hech vaqt, hamma vaqt, bir zum, bir necha, hech yoqqa, bir oz…;
tarkibida alla- elementi bor bo‘lgan ravishlar qo‘shib yoziladi: allaqachon, allavaqt;
biryo‘la, birmuncha, birvarakayiga, birpas, ozmuncha, birato‘la ravishlari ham qo‘shib yoziladi.

Juft ravishlarning tub ravishlardan hosil bo‘lganlari kam: asta-sekin, bugun-erta va b. O‘rin-payt kelishigidagi ba’zi ot va olmoshlar ravishga ko‘chib, juft ravish hosil qilinadi: oyda-yilda, unda-bunda. Juft ravishlar asosan quyidagicha yasaladi:


bir-biriga yaqin ma’noli so‘zlardan: eson-omon, ochiq-oydin;
antonim so‘zlardan: erta-kech, kecha-kunduz, ochin-to‘qin.

Takroriy va juft ravishlar quyidagicha yasaladi: a) ot bilan ot takrorlanadi: qator-qator, yildan-yilga, qadam-baqadam; b) sifat bilan sifat: chaqqon-chaqqon, uzundan-uzoq, bekordan-bekorga; d) fe’l shakllari: uzil-kesil, bilinar-bilinmas, bora-bora, ura-sura, qayta-qayta, borib-borib, turib-turib, qo‘yarda-qo‘ymay; e) ravish bilan ravish: nari-beri, oldin-ketin, birin-ketin, unda-bunda, hali-beri; f) olmosh, son, taqlid va aralash holda so‘zlarning takrorlanishi: o‘z-o‘zidan, yakka-yakka, taqa-taq.


Juft ravishlar ham, takroriy ravishlar ham chiziqcha bilan yoziladi: asta-asta, nari-beri va b.


3. Bulardan tashqari, o‘rin-payt va chiqish kelishigidagi so‘zlarning ravishga aylanish holatlari ham uchraydi: yangidan, birdan, birga, boshda, charchamasdan, shoshmasdan, indamasdan kabi.


4. Boshqa turkumlarning ko‘chishidan hosil bo‘lgan ravishlar:


otlardan ko‘chadi: erta, indin, kecha, kech, kechqurun;
sifatlar: yaqqol, baralla, turgal, bafurja, muttasil, vaqtli, rosa, baravar, uzluksiz, beomon;
ravishdoshlar: osha, o‘ta, qiya, qo‘sha, qayta;
taqlidiy so‘zlar: shartta, taqqa, tappa, shig‘a chippa.

Ravishlar ma’no jihatdan olti turga bo‘linadi:


1. Holat ravishlari ish-harakatning qanday holatda yoki qay tarzda bajarilganligini bildirib, qanday?, qay holda?, qay tarzda? so‘roqlariga javob bo‘ladi: asta, sekin, tez, birdan, qo‘qqisdan, to‘satdan, yonma-yon, qo‘lma-qo‘l, omon-eson, zo‘rg‘a, piyoda, yayov, do‘stona, qahramonona, qadrdonlarcha, naridan-beri, yana, bazur (bahuzur) va b.
2. Payt ravishlari ish-harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon?, qachongacha?, qachondan?, qachondan beri? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi: avval, oldin, ilgari, endi, hozircha, hanuz, hamisha, erta-indin, qishin-yozin, so‘ng, keyin, kechgacha, kechadan, hozir, doimo, tez orada, shu kuni, bu orada. Payt va o‘rin ravishlarini payt va o‘rin otlaridan farqlash lozim; agar kelishik qo‘shimchalari ajralsa va otligicha qolsa, bu otdir: yozda, qishda, bahorda; ko‘chada, uydan; agar kelishik qo‘shimchasi ajralgandan keyin boshqa turkum so‘ziga aylansa, bu ravishdir: yaqinda, boshda (avval), kunda, chetda va b.

3. O‘rin ravishlari ish-harakatning bajarilish o‘rnini bildirib, qayerda?, qayerdan?, qayerga? so‘roqlariga javob bo‘ladi: oldinda, orqada, o‘ngda, chapda, quyidan, uzoqdan, ichkaridan, yuqoriga, berida, pastda, o‘rtada, tashqarida, olg‘a, u yoq-bu yoqqa va b.


4. Sabab ravishlari ish-harakatning bajarilish sababini bildirib, nega? so‘rog‘iga javob bo‘ladi: noiloj, ilojsiz(likdan), chorasiz(likdan).


5. Maqsad ravishlari ish-harakatning bajarilish maqsadini bildiradi va nega?, nima maqsadda? so‘roqlariga javob bo‘ladi: ataylab, jo‘rttaga, qasddan, qasdma-qasdiga, azza-bazza.


Diqqat! Ayrim darsliklarda maqsad va sabab ravishlari bir guruhga birlashtirilib, maqsad-sabab ravishlari deb yuritiladi.


6. Daraja-miqdor ravishlari ish-harakatning darajasini, miqdorini, belgining darajasini, narsa-buyumning noaniq miqdorini bildirib, qancha?, qay darajada? so‘roqlariga javob bo‘ladi: juda, eng, g‘oyat(da), nihoyatda; ko‘p, mo‘l, bisyor, oz, kam, picha, ancha, bir talay, bir oz, ko‘plab. Bular o‘z ichida quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1) kuchaytiruv ravishlari: a) tasdiq – eng, juda, nihoyatda, g‘oyat(da), yana(da), tag‘in, tamomila, uncha, ozmuncha, naq, o‘ta, qoq; b) inkor – sira, asti, aslo, zinhor, hargiz, hadeganda; 2) kuchsizlantiruv ravishlari: arang, zo‘rg‘a (bu so‘z sal so‘ziga sinonim bo‘lganidagina daraja-miqdor ravishi hisoblanadi, boshqa o‘rinlarda holat ravishidir: Tutun orasidan zo‘rg‘a (sal) ko‘rinar edi (zo‘r-bazo‘r, xiyol, sal, sal-pal).




XULOSA
Boshlang‘ich sinflar ona tili darslarida to’g’ri yozish qoidalari, jumladan ravishdoshlar haqida ilmiy-uslubiy tadqiqot ishlar asosida tayyorlangan kurs ishida quyidagi xulosalarga keldik:
1. Boshlang‘ich sinflar ona tili darslarida o‘quvchilarga matnli masalalarni o‘rgatish hozirgi holati yutuqlar bilan birga ayrim kamchiliklardan holi emas, chunki jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi juda tez o‘zgarib turibdi;
- yosh boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun matnli masalalarni o‘rganishga qaratilgan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari qo‘llashni hisobga oluvchi metodikani tanlash imkoniyati cheklangan;
- I-IV sinflarda o‘rganiladigan ona tili tushunchalar mazmunini ifodalovchi imlo qoidalari tizimi yetishmasligi;
Boshlang‘ich sinflar ona tili darslarida o‘rganiladigan harakatga doir matnli masalarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ularning samaradorligini oshirish omillari, ilmiy-nazariy va uslubiy ta‘minoti atroflicha o‘rganildi:
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilari harakatga doir matnli masalalarni mustaqil yecha olishini ta‘minlovchi masala ustida ishlash rejasi ishlab chiqildi;
- harakatgadoir matnli masalalarni o‘rganishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish yo‘llari qarab chiqildi;
- harakatga doir matnli masalalarni o‘rvanishda ma‘naviy-tarbiyaviy vazifalarni hisobga olish o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi aniqlandi.
Barkamol avlod ta‘lim –tarbiyasida milliy-ma‘naviy tarbiyani shakllantirishga qaratilgan harakatga doir matnli masalalar bir tizimga keltirildi.
4. Boshlang‘ich sinflar ona tili darslarida o‘quvchilarning harakatga doir matnli masalalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlarini ta‘minlashga xizmat qiluvchi o‘qitish shakllari,uslublari, va vositalari asoslandi.
5. Harakatga doir matnli masalalr yechish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilari asosiy ona tili tushunchalar haqida yetarli darajada bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo’ladilar.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling