Raximov X. “Valeologiya asoslari”


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/49
Sana13.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1353695
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49
Bog'liq
valeologiya asoslari

Bioximiyaviy usul. Bu usuldan moddalar almashinuvining buzilishlar-iga olib 
keladigan kasalliklarni aniqlashda keng foydalaniladi. Bunday kasalliklar molekulyar 
kasalliklar deb ham ataladi. Hozirda 500 dan ortiq molekulyar kasalliklarni 
bioximiyaviy usullar bilan aniqlash mumkin. Kasallikni tez aniqlashga imkon 
beruvchi ekspress usullar, mavjud. Bu usulning ustun tomonlaridan biri shundaki
uning yordamida faqat gomozigotali holatdagi belgilarnigina emas, balki 
geterozigotali holatlarni ham aniqlash mumkin. 
Tsitogenetika usuli xromosomalarni mikroskop yordamida tadqiqot qilishga 
asoslangan. TSitogenetik usul yordaida organizmlar kariotipini aniqlash, ayrim 
xromosomalarning sonini, tuzilishini o’rganish, xromosomalarning genetik kartasini 
tuzish, genom va xromosoma mutatsiyalarinin o’rganish mumkin. 
Xromosomalarni o’rganish uchun tez bo’linadigan hujayralar (fibroblastlar, 
suyak ko’migi hujayralari, periferik qon hujayralari) laboratoriyada maxsus 
oziqlantiruvchi muhitlar yordamida sun’iy o’stiriladi. Ozuqa muhitiga hujayralarning 
bo’linishii tezlashtiruvchi fitogemagglyutinin moddasi qo’shiladi. Keyin kolxitsin 
moddasi qo’shilganda hujayralar bo’linishi mitozning metafaza bosqichida to’xtaydi. 
Hujayralarga gipotonik eritma ta’sir etkazilsa ular shishadi va bir – biridan uzoqroq 
masofada erkin joylashada. Natijada metafaza plastinkalari hosil bo’ladi. Keyingi 
bosqichda metafaza plastinkalari rasmga tushiriladi. So’ngra xromosomalar katta – 
kichikligiga, tsentromeralar joylashishiga qarab rasmdan kesib olinadi va 
kariogramma tuziladi. Ayrim biologik tur uchun xos bo’lgan xromosomalar to’plami 
kariotip deyiladi. Kariotipning umumlashtirilgan sxematik ifodalanishi idiogramma 
deyiladi. 
Tsitogenetika usullari ichida eng oddiy va tez natija beradigan jinsiy xromatinni 
aniqlash usulidir. Bu usuldan X xromosoma sistemasidagi buzilishlarni aniqlashda 
keng foydalaniladi. Bunday jinsiy xromatin interfaza holatidagi yadro membranasi 
tagiga joylashib, asosli bo’yoqlar bilan bo’yaladigan qoramtir dog’ sifatida ko’rinadi. 
Bu usul bilan asosan organizmlar hujayralari yadrosiga jinsiy xromosomalar sonidagi 
buzilishlar aniqlanadi. 


29 
Jinsiy xromatin – spirallashgan holatidagi X xromosomadir. Jinsiy xromatinni 
har qanday somatik hujayrada ham tekshirsa bo’ladi, lekin lunj epiteliyasi, qon 
surtma preparatni tekshirish amaliy tibbiyotda ko’proq qo’llaniladi. Normal ayol 
kariotipida ikkita X xromosoma mavjud bo’lib, ulardan biri jinsiy xromatinni hosil 
qiladi. Odamda jinsiy xromatin-ning soni shu shaxsdagi X xromosomalardan bitta 
kam bo’ladi. XO kariotipiga ega bo’lgan ayolda (X monosomiya, SHereshevskiy – 
Terner kasalligi) yadroda jinsiy xromatin aniqlanmaydi. X trisomiyasi (XXX) 
kasalligida ikkita jinsiy xromatin, erkaklarda uchraydigan Klaynfelьter kasalligida 
(XXY) bitta jinsiy xromatin aniqlanadi. SHunday qilib X va Y xromatinni aniqlash 
usullaridan hamma laboratoriyalarda foydalanish mumkin. 
YAqin qarindoshlar o’rtasidagi nikohning noma’qbul ekanligi juda qadimdan 
ma’lum. Mutafakir olim va hakim Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» kitobida qator 
kasaliklarning nasldan-naslga o’tishini, suyak surishini va nihoyat yaqin qon-
qarindoshlar orasidagi nikohning zararli oqibatini ko’rsatib o’tgan. Keyingi vaqtlarda 
ilmiy tadqiqotlardan ma’lum bo’ldiki, bu odatning oqibati zurriyotga zararli ta’sir 
ko’rsatar ekan. Qarindoshlar o’rtasidagi nikohning tarixi bilan juda ko’p 
mutaxassislar qiziqqan, uning mutlaqo nomaqbul ekanligi ilmiy jihatdan ta’moman 
isbotlangan. 
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti 1966 yili jahonning turli mamlakatlaridagi 
38ta ilmiy markaz ma’lumotlarini umumlashtiradi. Unda vrachlar 20 mln dan ortiq 
yangi tug’ilgan chag’aloqlarni tekshirgan. SHundan 1% bola tug’ma majruh bo’lgan, 
ya’ni har bir yuzinchi tug’ilgan bola mayib-majruh yoki irsiy kasal demakdir. Ayrim 
markazlarning ma’lumotlarida esa bu raqam 3% dan oshib ketganligi qayd qilingan. 
Maktab yoshidagi bolalar orasida esa tug’ma no’qsonlar 20-25%ga etgan. 
Demak bolalardagi tug’ma nuqsonlar sababini odam irsiyatida ro’y beradigan 
o’zgarishlardan qidirmog’imiz zarur. Chunki odam irsiyati odam populyatsiyasi 
ichida juda ko’plab irsiy no’qsonlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Genofondni 
ya’ni nasl- nasabimizni o’zgarishiga va yangidan-yangi irsiy kasalliklar va 
nuqsonlarni paydo bo’lishiga yo’l qo’ymasligimiz zarur.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling