Raximov X. “Valeologiya asoslari”


Alkogolizmga qarshi kurash


Download 0.58 Mb.
bet23/38
Sana30.01.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1141069
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
Bog'liq
Valeologiya asoslari (01)

Alkogolizmga qarshi kurash.
Tabiy savol beriladi? Qachonlardir alkogolizmga qarshi kurash olib borilganmi: bunga ishonch bilan ha deb javob berish mumkin.
Ichkillikbozlikka qarshi dastlabki qonunlar juda qadim zamonda bizning eramizdan avval qabul qilingan. Bu qonunlardan biri shox Xammurapi tomonidan chiqarilgan. Bu qonunda shunday deyilgan “Vino sotuvchi ichkilikbozlar bilan xonada janjal ko’tarsa, ularni tartibga chaqirish xonasiga olib kirmasa u javobgarlikka tortiladi va o’lim jazosiga xukm qilinadi.
Bizning eramizdan avval 1220 yilda Xitoy imperatori Vu Veng mast odam otilishga xukm etilishi haqida qonun qabul qilingan. Qadimgi Gretsiya xramlarini asrovchilar va yashovchilar spirtli ichimliklar sotiladigan yerga kirishlari man etilgan, aks holda ularni olovda yondirishgan. Spartada yoshlarni salomatligi haqida qayg’urishgan, ularni mastvozlikdan himoya qilishgan. Rimliklarning qonuniga binoan 30 yoshgacha ichish man etilgan chunki, shu davrda odam voyaga yetadi, oila quradi. To’y va marosimlarda kelin kiyovga vino berilmagan. U zamonning yuqori tarbiyali kishilarni mastlikni zarar haqida ogoxlantirishgan. Arestotel va Gippokratlar mastlik ixtiyoriy tentaklik, aqlsizlik deb bilganlar. “Pyanistadan pyanista dunyoga keladi” deyilgan. Xitoyda juda piyanista odamni o’lim jazosiga buyurilgan. Hindistonda pyanista odamning og’ziga qaynagan vino quyilgan. Angliyada pyanista odamlarga latta boylab unga pyanista deb yozib qo’yilgan. Shvetsiyada ichkilikbozni boshini kesishgan. Birlashgan Arab davlatida, Emiratlarda alkogolik ichimliklarni ichish butunlay taqiqlangan. Spirtli ichimlik ichgan musulmon 40 darra urilgan. Musulmon bo’lgan 750 funsterling jarima solingan.
Chet elliklar ichsa 3 oydan 6 oygacha qamoqqa, ichimlik sotganlarga bir yilgach qamoq jazosi qo’llangan. Rossiyada birinchi marta ichkilik bozlikkka qarshi choralar ko’rilgan. 1652 yilda 1 xaftada 4 marta spirtlik ichimlik sotishga ruxsat berilgan. Petr 1 mas odamlarni tayoq bilan urdirgan chuqurga tushirgan. Ichkilikbozlik bilan qamalgan odamning bo’yniga (6 kg 800g) medal osib qo’yilgan. Bu medalga “pyanistaligi uchun” deb yozib qo’yilgan. Yuz yil avval Samara gubernasida qadimgi odat saqlangan edi. Pyanista odamga ruslar machitada duolar o’qish, xor bo’lib ashula aytish man etilgan. O’lgan odamni daryoga tashlab yuborishgan yoki o’rmonga tashlab qo’yishgan.
XIX asrda Angliyada (1808) yilda birinchi marta alkogolga qarshi turli tashkilotlar tuziladi. XIX asrning 30 yillarida Ovropada xam alkogolga qarshi xarakatlar kuchayib ketadi. Germaniya, Irlandiyada xushyorlar jamiyati tuziladi. 1914 yilda Shvetsiyada alkogolni faqat oila boshlig’i sotish haqida farmon qabul qilingan.
1917 yilda AQSH da ichmaslik haqida qonun qabul qilinadi. Lekin 1932 yilda bu qonun bekor qilinadi. 1919 yilda Rossiya territoriyasida spirtli ichimliklarni uyda tayyorlash, uni sotishni man etish haqida farmon qabul qilinadi. 1928 yilda alkogolizm bilan kurashish haqida farmon qabul qilinadi. 1972 yilda
ichkilikbozlik va alkogolizmga qarshi kurashish haqida farmon qabul qilinadi. 1985 yilda O’zbekiston Respublikasining Prezidiumi “Ichkilikbozlik va alkogolizmga qarshi kurashish va spirtli ichimliklarni uyda tayyorlashni oldini olish haqida” farmon qabul qilgandi. Bu farmonda jamoat joylarda spirtli ichimliklarni ichish man etilgan.
Voyaga yetmagan bolalarni ichkilikka o’rgatgan odamga yirik miqdorda jarima yoki 5 yil ozodlikdan maxrum etish ko’zda tutilgan.
Avtomobil xaydovchilar uni xaydayotganida ichgan bo’lsa katta jarima yoki 1 yilda 3 yilgacha xaydash xuquqidan mahrum etiladi. Mast odamni transport xaydashga ruxsat bergan odamga 10 karra oylikdagi jarima solinadi. Agarda xaydovchi qayta mast xolda transportni boshqarsa bir yil ozodlikdan maxrum etiladi.

Nazorat savollari.


Zararli odatlarni kеlib chiqish tariхi sababi haqida ma’lumot bеring.
Tamaki nos chеkishni kеlib chiqish tariхi.
Tamaki tarkibidagi moddalar va ularni salomatlikka ta’siri haqida nima bilasiz?
Tamaki chеkishni sog’liqqa zarari haqida nima bilasiz?
Chеkishni oldini olish usullari.
Alkogolizmni kеlib chiqishi va tarqalishi haqida nima bilasiz?
Alkogolni ta’sir etuvchi moddalarga haqida ma’lumot bеring?
Alkogolni organizmga ta’siri haqida nima bilasiz?



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling