Raximov X. “Valeologiya asoslari”
Download 0.58 Mb.
|
Valeologiya asoslari (01)
Etuklik davri erkaklarda 22 yoshdan, ayollarda 21 yoshdan hisoblanadi va ikki bosqichga bo’linadi. Etuklik davrining birinchi bosqichi 35 yoshgacha, ikkinchi bosqichi 36 yoshgadan 60 yoshgacha, ayollarda esa 55 yoshgacha hisoblanadi. 30-35 yoshlarda o’spirinlik yoshidan etuklikka o’tish davri fiziologik reaktsiyalarda bir qator o’zgarishlar sodir bo’ladi – moddalar almashinishi o’zgaradi. Natijada odamning ba’zi bir mehnat turlarini bajarish imkoniyati chegaralanib qoladi. 45 yoshdan oshgadan so’ng endokrin funktsiyasida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’ladi, beshinchi o’n yillik davomida qarish jarayoni boshlanayotgannini bildiradigan o’zgarishlar paydo bo’ladi. SHu bilan bir vaqtda organizmni qayta qurish va moslash mexanizmlari ishga tushadi. Erkaklarda 61 yoshdan, ayollarda esa 56 yoshdan katta yoshlik (keksalik) davri boshlanadi. Ko’p odamlar bu davrda etarli darajada ish faoliyatini saqlab qoladi.
Odamning vazni asosan gavda tuzilishi, jins va yoshga bog’liq bo’lib, kishining jismoniy rivojlanganligi va sog’lig’ini belgilovchi nisbiy ko’rsatgich hisoblanadi. Sog’lom odamning vazni normasini aniqlashda tana tuzilishiga qarab odamlar astenik, normostenik va giperstenik deb ataluvchi uch turga bo’linadilar. Asteniklar oriq, ko’kraklari yassi, mushaklari nisbattan zaifroq, normosteniklarning elkalari va ko’kraklari keng, mushaklari kuchli rivojlangan, gipersteniklar baquvvat, vazni og’ir kishilar bo’ladilar. Qarish – ontogenezning tabiiy oxirgi davridir. Bu davrda ham o’ziga xos morfologik – funktsional xususiyatlarga ega. Ana shu xususiyatlarni biologiya-ning g e r o n t o l o g i ya qismi o’rganadi. qari organizmdagi o’ziga xos kasalliklar xsususiyatlarini o’rganuvchi fan – g e r i a t r i ya d i r. Hozirgi vaqtda yoshi 60-74 ga to’lgan kishilar keksa, 75-89 yoshga kirganlar - qari, 90 yoshdan keyin esa uzoq umr ko’rgan kishilar deyiladi. Odatda qarishning dastlabki belgilari odamda etuklik davridan so’ng boshlanadi. Qarish organizm hujayralarida hujayralar faoliyatining asta – sekin susayishi bilan boradi. Qarish jarayoni dastlabki yurak - qon tomirlari, nerv sistemasi hujayralari faoliyatining va morfologiyasining buzilishidan boshlanadi. Nerv sistemasining o’tkazuvchanligi va qo’zg’aluvchanligi yomonlashishi tufayli qari kishilarda tashabbuskorlik, mehnat qobiliyati, bir faoliyatdan ikkinchiga o’tish qobiliyati susayadi, tormozlanish jarayoni etarli bo’lmasligi natijasida yangi muhitga moslashish va taasurotlarga javob reaktsiyalari hisoblanadigan shartli reflekslar sust hosil bo’ladi va so’nadi. Hozirgi vaqtda qarish sabablari haqida yagona bir nazariya ishlab chiqilmagan. Lekin qarish jarayonida xujayralarda irsiy apparatning o’zgarishiga uchrashi haqidagi fikr keng tarqalgan. Bu fikrdan qarishda irsiyatning ahamiyati katta ekanligi kelib chiqadi. Ayrim oilalarda uzoq umr ko’ruvchilarning ko’p uchrashiga ilgaridan ahamiyat berib kelingan. Bunday oilalarda uzoq umr ko’rish belgisi nasldan – naslga beriluvchi ekanligi aniqlangan. I.I. Mechnikov tomonidan tavsiya etilgan nazariyaga asosan qarish faqat biologik omillargagina emas, ijtimoiy omillarga tubdan bog’liqdir. Uning fikriga ko’ra, odam organizmida umri davomida o’z – o’zini zaharlash kuzatiladi. Bunda organizmda yo’g’on ichakdagi chirish natijasida ayrim zaharli moddalar organizmga so’riladi, azot almashinuvi natijasida esa organizmda jarayonning oxirgi mahsulotlari, ammiak to’planib, ayrim hujayralarni, a’zolar (jigar, miya)ni shikastlaydi, atrofiya (kichrayish)ga uchrayd. A.A. Bogomolьtsev nazariyasiga asosan qarish to’qimalararo munosabatlarning buzilishi natijasidir. M.P. Pavlov esa qarishning sabablarini markaziy nerv sistemasisidagi o’zgarishlar bilan bog’laydi. A.V. Nagorniy fikriga ko’ra, qarish oqsil molekulalarining yangilanish xususiyatining buzilishi natijasida bo’lib hisoblanadi. Demak, hozirgacha qarish jarayonini tushuntiruvchi aniq, umumiy nazariya yo’q. Lekin mavjud nazariyalar kelajakda umumiy sintetik qarish haqidagi nazariyalar kelajakda umumiy sintetik qarish haqidagi nazariya yaratilishida asos bo’lib qoladi degan fikrdamiz. Nazorat savollari. Ontogenez tushunchasi haqida nima bilasiz? Ontogenezning parenterial ya’ni embrional davri haqida ma’lumot. Ontogenezning postparenterial –tug’ilgandan keyingi davri haqida ma’lumot bering. Bolalik davrini o’zi necha xil davrga bo’linadi? Chaqaloqlik davrining xususiyatlari haqida nimani bilasiz? Bolaning emadigan davri xususiyatlari haqida ma’lumot bering. Maktabgacha tarbiya yoshining xususiyatlari haqida nima bilasiz? Maktab yoshi davrining o’ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot bering. Odamning etuklik davri kanday kechadi? Postembrional ontogenezning kanday turlari bor? Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling