Raximova Muxoyyo


Download 84.14 Kb.
bet1/9
Sana19.04.2023
Hajmi84.14 Kb.
#1363902
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Raximova Muxoyyo diplom ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi

Qamashi pedagogika kolleji

“Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi II-bosqich 5\20 guruhi talabasi

Raximova Muxoyyoning
Defektologiya faninig maqsadi va vazifalari”
mavzusi bo’yicha bajargan


BITIRUV MALAKAVIY ishi

Kafedra mudiri: X.Oqnazarov Bitiruv malakaviy ishi rahbari: A.Qurbonova


Bajaruvchi: M. Raximova

Qamashi-2022 yil


MUNDARIJA
KIRISH
I bob. DЕFЕKTOLOGIYA FANINING UMUMIY MASALALARI.


1.1. Alohida yordamga muhtoj bolalar ta’lim-tarbiyasining huquqiy asoslari
1.2. Dеfеktologiya fani, uning prеdmеti, maqsadi va vazifalari
1.3. Alohida yordamga muhtoj bolalar toifalari
II BOB. KO’RISHDA, ESHITISHDA, AQLIY VA PSIXIK NUQSONI BO’LGAN BOLALAR.
2.1 Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
2.2 Eshitishida nuqsoni bo ‘lgan bolalar
2.3. Aqliy nuqsonlari bo’lgan bolalar va ulardagi nuqson darajalari.
2.4. Psixik rivojlanishi orqada qolgan bolalar


XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining birinchi yillaridan boshlab «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi», «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa bir qator qonunlar asosida yaratilgan malakali kadrlar tayyorlash tizimi o‘zining strategik maqsadlariga ega ekanligini isbotlab berdi. 2017–2021-yillarda «O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi»da hamda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni imzolagan «2017–2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish; ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish kabilar Dasturning asosiy maqsadli vazifalari va yo‘nalishlari sifatida alohida ajratib ko‘rsatilgan. Ushbu masalalarni hal etishda maktabgacha ta’lim muassasalarining xodimlari kompetentligi muhim ahamiyatga ega. Qo‘yilgan hozirgi davr talablaridan kelib chiqqan holda rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ham jamiyatning faol a’zolariga aylantirish lozim. Buning uchun maxsus segregatsion hamda integratsiyalashgan, inkluziv shakldagi ta’lim sohasiga yetuk mutaxassislar tayyorlash talab etiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislar, ota-onalar, jamoatchilik jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan alohida yordamga muhtoj bolalar haqida to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lib, ularni umumta’lim maktablarida me’yorda rivojlangan tengdoshlari orasida hamma qatori o‘qishini ta’minlashlari lozim. «Defektologiya asoslari» qo‘llanmasini yaratishda korreksion pedagogikaga oid tiflopedagogika, surdopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya fanlari bo‘yicha ma’lumotlar tahlil etildi, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar haqidagi zamonaviy ma’lumotlar, turli kamchiliklarning kelib chiqish sabablari, o‘ziga xos xususiyatlari, ular bilan olib boriladigan korreksion, kompensatsiya ishlarining mazmuni yoritildi. Maktabgacha ta’lim muassasasida va maktabda boladagi ulgurmovchilikning oldini olish, bartaraf etish shakl va usullari, ixtisoslashtirilgan ta’limga jalb etiladigan bolalarni saralash, tashxis qo‘yish, tibbiy-pedagogik, kasb-hunarga yo‘naltiruvchi tashxis markazi faoliyati haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

Download 84.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling