Raxmonova shaxodatxon
Download 42.77 Kb.
|
RAXMONOVA SHAXODATXON
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha yoshdagi bolalarning moslashuv jarayonida jamiyatda mavjud bo‘lgan me’yorlar, qadriyatlar, xulq-atvor shakllarining o‘zlashtirilishi qaday olib boriladi Ijtimoiy moslashuv
RAXMONOVA SHAXODATXON Bolalarni ijtimoiy moslashuvi fanidan I-Nazorat savollari: Maktabgacha yoshdagi bolalarning moslashuv jarayonida jamiyatda mavjud bo‘lgan me’yorlar, qadriyatlar, xulq-atvor shakllarining o‘zlashtirilishi qaday olib boriladi? Ijtimoiy moslashuvning pedagogik mexanizmlarini yoritib bering? Maktabgacha yoshdagi bolalarning moslashuv jarayonida jamiyatda mavjud bo‘lgan me’yorlar, qadriyatlar, xulq-atvor shakllarining o‘zlashtirilishi qaday olib boriladi Ijtimoiy moslashuv — individning ijtimoiy muhitga doimiy faol moslashish jarayoni va bu jarayonning natijasi. Ijtimoiy moslashuv uzluksiz xususiyatga ega ekanligiga qaramasdan, uni, odatda, individning oʻz faoliyatini va oʻzini oʻrab turgan ijtimoiy davrasini tubdan oʻzgartirish davrlari bilan bogʻlaydilar. Moslashish jarayonining ijtimoiy muhitga faol taʼsir etish koʻrinishi va muhitdagi maqsad va qadriyatlarni kelishuvchanlik bilan, passiv qabul qilish koʻrinishi boʻladi. Ijtimoiy moslashuv shaxs ijtimoiylashuvining asosiy ijtimoiy-psixologik omillaridan biridir. Ijtimoiy moslashuvning samaradorligi koʻp jihatdan individ oʻzini va oʻzining ijtimoiy aloqalarini qanchalik oʻxshash (adekvat) anglashiga bogʻliq. Oʻzi toʻgʻrisidagi ijtimoiy tasavvurning notoʻgʻriligi yoki yetarlicha emasligi ijtimoiy moslashuvning buzilishiga olib keladi, bu holat (voqelik) ning eng ayanchli koʻri-nishi autizm (individning atrofdagilar bilan muloqot qilishdan qochib, oʻzining ichki kechinmalari dunyosiga gʻarq boʻlishi) dir. Ijtimoiy moslashuv muammosi jahon psixologiyasida psixoanaliz, autizm, deprivatsiya kabi ilmiy yoʻnalishlarda tadqiq etib kelinadi. Bunda asosiy eʼtibor moslashuvning buzilishiga (ruhiy sohadagi buzilishlar, begonalashish, apatiya, alkogolizm, giyohvandlik va b.) va uni tuzatish (korreksiyalash) ning psixoterapevtik uslublariga, autotrening, sotsiotrening vositalariga yoʻnaltiriladi. Muhitga shaxsning kirishib ketishi uning xulqi, faoliyati, muomalasi orqali sodir boʻlsa moslashishning mukammalligi vujudga keladi. Shaxsning katta yoki kichik guruhlar muhitiga moslashishi i.ch. samaradorligini oshiradi, taʼlim-tarbiya jarayonini yaxshilashga yordam beradi. Tаrbiyаning mаqsаdi – hаr tоmоnlаmа shаxsni shаkllаntirish. Tаrbiyа mаzmuni dеgаndа, qо’yilgаn mаqsаd vа vаzifаlаr bilаn bоg’liqlikdа tаrbiyаlаnuvchilаrning еgаllаshi lоzim bо’lgаn bilim, mаlаkа, е’tiqоd, shаxs sifаti vа xаrаktеri, xulq-аtvоr tizimi tushunilаdi. Tаrbiyаning umumiy vаzifаlаrigа quyidаgilаr kirаdi: tаrbiyаlаnuvchilаrning mаqsаdgа yо’nаltirilgаn rivоjlаnishi hаmdа ulаrning qаtоr еhtiyоjlаrini qоndirish uchun shаrt-shаrоit yаrаtish; jаmiyаt rivоji uchun zаrur bо’lgаn ijtimоiy mаdаniyаtgа mоs yеtаrlichа hаjmdаgi “insоn kаpitаli”ni tаyyоrlаsh; mаdаniyаtlаrni uzаtib turish оrqаli ijtimоiy hаyоtning bаrqаrоrligini tа’minlаsh; mа’lum jins yоshi vа ijtimоiy-kаsbiy guruhlаrning qiziqishlаrini hisоbgа оlgаn hоldа ijtimоiy munоsаbаtlаr dоirаsidа jаmiyаt а’zоlаrining hаrаkаtini tаrtibgа sоlish. Download 42.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling