Rdb stakoklarini texnologik hujjatlari Reja Dastur bilan boshqarish haqida asosiy tushunchalar. Raqamli dastur bilan boshqarish tizimlarining tiplari
Hisobiy texnologik kartalarni tuzish
Download 37.82 Kb.
|
RDB stakoklarini texnologik hujjatlari
Hisobiy texnologik kartalarni tuzish
Asbob harakatining tanlangan tipaviy traektoriyasiga mos o‘tishlar bo‘yicha texnologik jarayon asosida bajarilgan operatsion eskiz bo‘yicha texnolog hisobiy texnologik kartani (HTK) tuzadi. Bu karta o‘z ichiga RDB stanokda detalga ishlov berishni barcha tushintirishlari va hisobiy o‘lchamlari bilan birga asbob harakati traektoriyasining grafik tasviri ko‘rinishidagi tugallangan rejasini oladi. HTK ma’lumotlari bo‘yicha texnolog-dasturchi detal chizmasiga yoki boshqa biror ma’lumotlardan foydalanmasdan RDB stanokni avtomatik ishlashini boshqarish dasturini to‘liq hisoblashi mumkin. Quyida HTK ni tuzish ketma-ketligi keltirilgan: 1. Detal to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasida chiziladi, traektoriyaning boshlang‘ich nuqtasi – 0 tanlanadi. Ko‘p asbobli ishlov berishda har bir asbob uchun alohida boshlang‘ich nuqtalar tanlanishi mumkin. Detalning ishlov berilishi kerak bo‘lgan konturi va zagatovka konturi dasturlash uchun zarur bo‘lgan barcha o‘lchamlari ko‘rsatilgan holda masshtabda chiziladi. 2. Moslamaga bo‘lgan texnik talablarga mos ravishda detalni mahkamlash zonalari va siqqichlarning joylashishi belgilanadi. 3. Asbob markazi harakat traektoriyasi koordinatalar sistemasining ikki tekisligida tushiriladi. Agar ko‘p asbobli ishlov berish nazarda tutilsa foydalaniladigan har bir asbobning harakat traektoriyasini tasvirlash kerak. Har bir asbobning harakat traektoriyasini boshlanish va tugashi boshlang‘ich - 0 nuqta bo‘lishi kerak. 4. Asbobning harakat traektoriyasida traektoriyaning tayanch nuqtalari raqam bilan belgilanadi va harakat yo‘nalishini ko‘rsatuvchi strelkalar quyiladi. Tayanch nuqtalarini geometrik va texnologik belgilar bo‘yicha quyiladi. 5. Zarurati bo‘lganda stanok ishchi organlarini dasturni bajarish aniqligini tekshirish maqsadida asbobning qisqa vaqt to‘xtashini nazarda tutadigan nazorat nuqtalari ko‘rsatiladi. Xuddi shunday asboblarni almashtirish uchun, detalni qayta mahkamlash uchun va hk. lar uchun zarur to‘xtash nuqtalari belgilanadi. To‘xtash davri sekundlarda ko‘rsatiladi. 6. HTK ga qo‘shimcha ma’lumotlar (stanok turi, shifri, detal nomi va materiali) kiritiladi, zagatovkani o‘ziga xos xususiyatlari va uni mahkamlash, asbobning parametrlari va alohida uchastkalarda uni ishlash rejimlari, traektoriyaning alohida uchastkalarida harakat traektoriyasi va b. Ko‘rsatiladi. Asosiy texnologik hujjatlardan biri sifatida HTK odatda shifrlanadi v maxsus kartotekaga kiritiladi. Xulosa
Davlat standartlari tomonidan texnologik hujjatlashning yagona sistemasi (THYAS) o‘rnatilgan, unda barcha mashinasozlik va asbobsozlik korxonalarida qo‘llanadigan texnologik hujjatlarni ishlab chiqish qoidalari, rasmiylashtirish va komplektlash belgilangan. THYAS standartining asosiy vazifasi – har xil turdagi ishlar uchun ishlab chiqiladigan hujjat shakllarida unifikatsiya belgilari va bir xil turdagi axborotlar ketma-ketligini joylashtirishdan iboratdir. Foydalanilgan adabiyotlar . 1.Jamilov M.M. Metall qirqish dasgoxlari.- T.: «О’qituvchi» 1986.-2. Iskandarov A.S. Materiallarni kesib ishlash, kesuvchi asboblar va stanoklar.-T:«Fan va texnologiya»2004.-400 b. G’aniyev S. K. ,Karimov M. М., Tashev К. А. АХBOROT XAVFSIZLIGI Toshkent 07 S.S. Qosimov Axborot texnologiyalari xaqida o’quv qo’llanma Toshkent 07 G’aniyev S.K.Karimov M.М. Hisoblash tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi TDTU 03 4. http://www.kaspersky.ru/ http://www.viruslist.ru/ http://www.citforum.ru/internet/infsecure/its2000_01.shtml/ http://www.osp.ru/lan/2001/04/024.htm/ http://www.osp.ru/lan/2001/03/024.htm/ www.nasa.gov/statistics/ www.security.uz/ www.cert.uz/ www.uzinfocom.uz/ Download 37.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling