Reaktiv harakat harakatlanayotgan jismdan chikayotgan gaz, bugʻ va boshqa ish jism-lari taʼsirida


Download 5.95 Kb.
Sana20.10.2023
Hajmi5.95 Kb.
#1712934
Bog'liq
Презентация8


Reaktiv harakat — harakatlanayotgan jismdan
chikayotgan gaz, bugʻ va boshqa ish jism-lari taʼsirida
vujudga keladigan harakat. Reaktiv harakatni reaktiv
tortish kuchi hosil qiladi.Reaktiv tortish kuchi — ish jismi
(yonilgʻi yonishidan hosil boʻladigan gazsimon modda-
lar)ning dvigatelning ish sirtiga koʻrsatadigan bosimiga
teng taʼsir etuvchi kuch. Reaktiv harakat reaktiv dviga-
tellarda yuz beradi. Reaktiv harakat impulsning saqalanish qonuniga asoslanadi. Reaktiv harakat deganda raketalar va reaktiv samolyotlarning harakatini tushunamiz.. Shuni ham aytish kerakki qayiq, kema, parrakli samolyot kabi naqliyot vositalarining harakati ham mohiyati jihatdan reaktiv harakatdir chunki qayiq va kemalarda eshkak va parraklar yordamida suv bir tomonga biror (𝒗_𝟏 ) ⃗ tezlik bilan harakatga keltirilsa, qayiq va kema qarama-qarshi tomonga (𝒗_𝟐 ) ⃗ tezlik bilan harakatlanadi. Parrakli samolyotlarda ham shu hodisa kuzatiladi.
Ammo “reaktiv harakat” tushunchasi odatda ancha tor ma’noda qo’llanilib, bunda raketa va reaktiv samolyotlarning harakatigina ko’zda tutiladi. Yopiq sistemada jismlarning bir qismi tezlik bilan ajralganda ikkinchi qismiga qarama-qarshi yo’nalishda tezlik berilishiga asoslangan harakatga reaktiv harakat deyiladi. Raketa va reaktiv samolyotlar harakatining asosiy hususiyatlaridan biri shundan iboratki bu yerda berktizimning massasi hara-
kat davomida uzluksiz o’zgarib boradi: raketada yon-
ga yonilg’idan hosil bo’lgan gaz raketadan uzluksiz oti-
lib chiqib turadi va binobarin, raketaning massasi ham
uzluksiz kamayib boradi. Yonilg’ining yonish jarayonida
hosil bo’lgan gaz qandaydir 𝒖 ⃗ tezlik bilan raketadan
otilin chiqishi tufayli raketa 𝒖 ⃗ ga teskari yo’nalishda biror 𝒗 ⃗ tezlik bilan harakatlanadi.
Reaktiv kuch ta’sirida harakatlanadigan kosmik uchish sistemalari raketa deb ataladi. Keyingi 50–60 yil ichida fazoga ko‘plab kosmik kemalar, Yerning sun’iy yo‘ldoshlari uchirildi.
Ularni Yerdan orbitaga raketalar olib chiqadi. Raketaning harakati reaktiv harakatga asoslangan. Raketa, asosan, to‘rt qismdan iborat. 1-qismda Yer atrofidagi orbitaga chiqarib qo‘yiladigan kosmik kema yoki sun’iy yo‘ldosh joylashgan. Raketaning 2-­qismini yoqilg‘i va raketani Yerdan uchirish jihozlari tashkil etadi. 3-­qismda yoqilg‘i yonish kamerasi joylashgan bo‘lib, bu yerda yoqilg‘i yonishi natijasida yuqori harorat va bosimli gaz yig‘iladi. Bunday gaz reaktiv soplo orqali juda katta tezlikda tashqariga chiqariladi. Keyingi 50–60 yil ichida fazoga ko‘plab kosmik kemalar, Yerning sun’iy yo‘ldoshlari uchirildi. Ularni Yerdan orbitaga raketalar olib chiqadi. Impulsning saqlanish qonuni asosida hosil bo‘ladigan reaktiv harakat kosmonavtikaning asosi hisoblanadi. Kosmik raketa va kemalarning yaratili shiga olimlardan K. E. Siolkovskiy (1852–1935), S. P. Korolyov (1906–1966), M. V. Keldish (1911–1978), V. Braun (1912–1976), G. Obert (1894–1989) va boshqalar katta hissa qo‘shganlar. Hozirda kosmonavtika sohasi yuksak darajada taraqqiy etib bormoqda.
Reaktiv harakatga misollar
Puflab shishirilgan havo sharining og’zini bog’lamasdan qo’yib yuborsak ,shar ajoyib trayektoriya bo’yicha uchib ketishini kuzatganmiz.
Bunda impulsning saqlanish qonuni bajarilib havo katta tezlikda shar og’zidan bir tomonga sharning o’zi esa qarama-qarshi tomonga harakat qiladi .Bu hodisa reaktiv harakatga misol bo’la oladi.
Tabiatda reaktiv harakatning qo’llanilishi
Ko’pchiligimiz hayotimizda meduzalarni ko’rganmiz.Har holda ul,arning soni yetarli.Ammo kamdan-kam odamlar meduzalar harakatlanishi uchun reaktiv harakatdan ham foydalanadilar deb o’ylashadi.Bundan tashqari lichinkalari va dengiz planktonlarining ayrim turlari shunday harakat qiladi va ko’pincha dengiz umurqasizlarining reaktiv harakatlanishdan foydalanish samaradorligitexnik ixtirolarga qaraganda ancha yuqori .Reaktiv harakatni ko’plab molyuskalar, sakkizoyoqlar, kalamarlar, krevetkalar qo’llaydi.Masalan dengiz qisqichbaqasimon molyuska klapalarini keskin siqish paytida qobiqdan chiqarilgan suv oqimining reaktiv kuchi tufaylioldinga siljiydi
Download 5.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling