Real iqtisodiy o‘sish tahlilida iqtisodiy dinamikani


Download 32.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi32.5 Kb.
#1581605
  1   2
Bog'liq
Iqtisodiy O\'sish Juraev Sultonbek



Real iqtisodiy o‘sish tahlilida 
iqtisodiy dinamikani 
aniqlovchi omillar, tarmoqlar 
va takror ishlab chiqarish 
proporsiyasi
Bajardi: Juraev Sultonbek 14gu-20 guruh talabasi.


Reja
1.Real iqtisodiy o‘sish tahlilida o‘qitish predmeti iqtisodiy dinamikasi.
2. Tovar ishlab chiqarishni ommoviy o‘zlashtirish jarayoni.
3. Iqtisodiy o‘sishni hisoblashning u yoki bu uslubini qo‘llash 


Real iqtisodiy o‘sish tahlilida o‘qitish predmeti iqtisodiy dinamikani 
aniqlovchi omillargina emas, shuningdek tarmoqlar va takror ishlab 
chiqarish proporsiyasining o‘zgarishi, iqtisodiy o‘sish jarayonidagi 
institutsional tuzilmalar transformatsiyasi, o‘sish sur’atlarini to‘xtatib 
turish yoki rag‘batlantirish bo‘yicha davlat siyosati, real ishlab 
chiqarish potensial ishlab chiqarish hajmidan ortda qolishi sabablari va 
boshqalar ham bo‘lishi mumkin. Real iqtisodiy o‘sish mohiyati 
iqtisodiyotni asosiy ziddiyatlaming yangi darajasida qayta tiklash va 
ruxsat berishdan iborat: ishlab chiqarish resurslarining cheklanganligi 
va jamiyat ehtiyojlarining cheklanmaganligi o‘rtasida. Bu qarama-
qarshilik ikki asosiy usulda bo‘ladi:
- ishlab chiqarish quvvatining oshishi hisobiga;
- ishlab chiqarish quvvati va jamiyat ehtiyojlari rivojlanishiga ega 
bo‘lgan samarali foydalanish hisobiga.


Biroq bu jarayonda har bir yangi bosqichda ishlab chiqarish imkoniyatlari 
kengayishidagi rivojlanishda barcha jamiyat ehtiyojlari qondirilmaydi. Jamiyat 
ehtiyojlari ishlab chiqarish resurslariga munosabatda doimo birinchi bo‘lsa -
da, bu ehtiyojlami qondiruvchi ishlab chiqarish mahsulotlari ma’lum 
mamlakatning ishlab chiqaruvchilari yoki import mahsulotlari vositalari 
o‘zlashtirilganda vujudga keladi. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, 
ehtiyojlaming vujudga kelishi qadam - baqadam ommaviy tus oladi va ishlab 
chiqarishning uzluksiz rivojlanishini nazarda tutadi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlarining rivojlanishi jamiyat ehtiyojlari o‘sishi 
miqdori bilangina emas, ulaming tuzilmasida bir ehtiyoj ulushining ortishi va 
boshqasining ulushi pasayishi bilan shartlanadi.
Ishlab chiqarish resurslari va ishlab chiqarish tuzilmasi, qoidaga muvofiq 
ehtiyojlar tuzilmasi kabi tez o‘zgarishi mumkin emas. Mahsulot yoki xizmatga 
yangi ehtiyoj tug‘ilishi uchun uning bir
vaqtda ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va bozorda iste’molchilar talablariga 
mos, to‘lash qobiliyatiga ega o‘z sifati va narxi bilan ular talabiga javob 
beradigan yangi mahsulotning paydo bo‘lishi dalili yetarli.


Iqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishning 
yuzaga kelishi shakllari izohida ikki 
asosiy yondashuv mavjud. Ulardan 
keng tarqalgani iqtisodiy o‘sishni 
YAIM (MD) real hajmi o‘sish sur’ati 
yoki bu ko‘rsatkichlami aholi 
ehtiyoji hisobida oshirish sur’ati 
bilan o‘lchanadigan aniq vaqtda 
milliy iqtisodiyot rivojlanishining 
jami tavsifi bilan tushunish 
hisoblanadi.


Shu bilan birga ma’lum tovar ishlab chiqarishni ommoviy 
o‘zlashtirish uchun ma’lum muddat zarur. Ishlab chiqaruvchilar 
ortda qolishni kamaytirishgagina erishishlari mumkin, lekin uni 
butunlay eskirtira olmaydilar. Bundan kelib chiqadiki, iqtisodiyot 
asosiy subyektlarining iqtisodiy o‘sishi tomon intilishi jamiyatda 
qanday rivojlanish darajasiga erishilganga bog‘liq bo‘lmagan 
holda mavjud boMadi. Biroq ishlab chiqarish real shartlari o‘sish 
salohiyatini amalga oshirishda har doim ham yo‘l qo‘ymaydi. 
Bunday sharoitlarda dipressiya yoki xuddi ichki iqtisodiy omillar 
kabi milliy iqtisodiyotga munosabatdagi ichki omillar (masalan, 
urushlar, ichki va xalqaro siyosatdagi o‘zgarish va boshqalar) 
bilan izohlanishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy tanazzul boshlanadi. 


Iqtisodiy o‘sishni hisoblashning u yoki bu uslubini qo‘llash zarurati, 
odatda tadqiqot masalalari bilan bog‘liq. Iqtisodiy o‘sishni hisoblashning 
birinchi usuli, odatda, mamlakatning iqtisodiy salohiyati kengayish 
sur’atlarini baholashda qo‘llaniladi, ikkinchisidan esa aholining qulay 
sharoiti dinamikasi tahlilida yoki turli hududlar va mamlakatlarning 
hayotiylik darajasini solishtirishda foydalaniladi. Hozirgi vaqtda o‘sish 
nazariyasida ikkinchi hisoblash usuli afzal deb qaraladi. Iqtisodiy o‘sishda 
real milliy daromad oshishi sur’atlari aholi o‘sishi sur’atlarini oshiradigan 
milliy iqtisodiyot rivojlanishi nazarda tutiladi. Bu o‘sish muammolarini 
tashqi kuzatuvchi nuqtai nazaridan emas, mamlakat aholisi pozitsiyasidan 
turib ko‘rib chiqishni taqozo etadi.
Iqtisodiy o‘sishni ishlab chiqarish real hajmining oshish sur’atlari nuqtai 
nazaridan qarab chiqishda, odatda (aniq va noaniq shaklda) iqtisodiyotda 
chuqur tuzilmaviy va institutsional o‘zgarishlari yuz bermasligi taxmin 
qilinadi. Ishlab chiqarish tuzilmasi va institutsional muhit murakkab va 
o‘zgarmas hisoblanadi.


Ta’kidlash kerakki, “uzoq muddatli” va “yuqori uzun” 
davrlar tushunchalari dinamika nazariyasida iqtisodiy vaqt 
haqida gap borar ekan, xuddi o‘zining vaqtinchalik masofasi 
va konseptual yo‘nalish kabi farqlanadi (xodisalar sodir 
bo‘lish tezligi). “Yuqori uzun” davr o‘zining vaqtinchalik 
masofasi xodisalari qatorida uzoq muddatli davr
va uning an’anaviy tushunchasida qisqa bo‘lishi mumkin. 
Xususan, bu mamlakatimiz rivojlanishining zamonaviy 
bosqichida, uning uchun xarakterlidir. 


Bunday rivojlanish xarakteri tashqi muhit bilan o‘zaro 
ta’sirda balanslangan va
yaxlitlik xususiyatiga ega bo‘lgan iqtisodiy tizim 
uchun o‘ziga xos. Iqtisodiy o‘sish nazariyasidagi 
boshqa yondashuv industrial va postindustrial 
jamiyatni takror ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Bu 
nazariyalar qachonki, o‘zgarishlarga hokimlik, 
boshqaruv, infratuzilma obyektlari, iqtisodiyotdagi 
tuzilmaviy o‘zaro ta’sir va uning tashqi muhit bilan 
o‘zaro aloqasining asosiy institutlari duch kelganda, 
“yuqori uzun” davrda iqtisodiy dinamika 
muammolarini tahlil qiladi. 


Bunda tuzilmaviy, institutsional va funksional o‘zgarishlar ishlab 
chiqarish real hajmi tabiiy o‘sish jarayonini aniqlaydigan ishlab 
chiqarishning tekis ommillari o‘zgarishidan ko‘ra tezroq yuz beradi. 
Yuqori uzun davrdagi iqtisodiy o‘sish tahlilining ikki asosiy 
xususiyatini ajratish mumkin:
- iqtisodiy o‘sish iqtisod rivojlanishining tashkiliy elementi
sifatida qaraladi. U bir tomondan rivojlanishning siklik xarakterini 
ifodalaydi, ikkinchi tomondan o‘zi pasayish va depressiya davrlariga 
tayyorlovchi o‘zgarishlar natijasi hisoblanadi. Shuning uchun asosiy 
e’tibor iqtisodiy o‘sish sur’atlariga emas, balki iqtisodiyotdagi global 
o‘zgarishlar, barqaror tendensiya va qonunchiliklar va ulaming yangi
sifat o‘zgarishlariga qaratiladi.


Odatda iqtisodiy o‘sishning quyidagi nazariyalarini 
farqlaydilar:
• iqtisodiy o ‘sishning yangi keynscha nazariyalari;
• iqtisodiy o ‘sishning yangi klassik nazariyalari;
• iqtisodiy o‘sishning empirik nazariyalari;
• endogen o‘sishning yangi nazariyalari.
Ushbu yo‘nalishlar doirasida iqtisodiy o‘sishning turli nazariy 
modellari yaratila boshlangan. Iqtisodiy o‘sish modellari bu 
tadqiq qilinayotgan iqtisodiy jarayonlaming muhim sabablari 
va omillarini aniqlash maqsadida grafik va matematik usullar 
orqali real iqtisodiy jarayonlami abstrakt holda 
umumlashtirilgan va soddalashtirilgan
ifodasi bo‘lib hisoblanadi. 



Shuning uchun iqtisodiy o‘sish nazariyalarida kapital jamg‘arilishi yuksak 
darajasini ta’minlaydigan jamg‘armalaming eng maqbul darajasi tadqiq 
qilinadi. U barqaror va mutanosib o‘sishni ta’minlaydi.
Bugungi kunda iqtisodiyotda ikki turdagi iqtisodiy o‘sish modeli: 
neoklassik va yangi keynschilik maktablari nazariyalari keng tarqalgan. 
Iqtisodiy o‘sish nazariyasida asosiy o‘rinda tarkibiy qayta qurishda 
investitsiyalaming o'mi masalasi turadi. Keyns tomonidan iqtisodiy fanda 
bozor iqtisodiyoti, iqtisodiyotda barqarorlikni kafolatlay olmaydi degan 
inqilobiy fikr bayon etilgan edi. Iqtisodiyotdagi inqiroziy holatlar va yuqori 
ishsizlik darajasiga qarshi davlat o‘zining barqarorlashtiruvchi siyosatini 
olib borishi lozim.
Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolidan foydalanmasdan turib, 
takror ishlab chiqarishning zaruriy makroiqtisodiy nisbatlariga erishish 
mumkin emas.


E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 32.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling