«Касательная» - Urinma bog`lovchisi __
«Нормаль» - Perpendikular bog`lovchisi __
«Параллельно» - Parallel bog`lovchisi __
«Точка вставки» - Qo`yish nuqtasi bog`lovchisi __
«Узел» - Nuqta bog`lovchisi __
«Ближайшая» - Yaqin nuqta bog`lovchisi __
«Ничего» - Hech narsa __
«Режим привязки» - Bog`lash rejimi __
Ushbu panel buyruqlari faoliyat ko`rsatishi uchun ekranda ob`yekt (ob`yektlar) mavjud va Chizish yoki Tahrirlash panelidan biron bir buyruq tanlangan bo`lishi lozim. Chizish yoki Tahrirlash panelidagi biron bir buyruq tanlangandan so`ng Ob`yekt bog`lovchisi paneldagi buyruqlarga murojaat etish mumkin. Barcha bog`lovchi buyruqlarni qo`llanish tartibi bir xil bo`lganligi uchun har bir bog`lovchi xususiyatiga to`xtalib o`tirmasdan ularni qo`llanishini umumiy misollarda ko`rib o`tamiz va ayrimlari batafsil yoritiladi.
Paneldagi bog`lovchi buyruqlarni qo`llashdan oldin dastlab ularni parametrlarini o`rnatib olish lozim. Ushbu parametrlar bir marta o`rnatilsa, har safar AutoCAD dasturini ishga tushirganda parametrlar saqlanib qolaveradi. Parametrlar Ob`yekt bog`lovchisi panelidagi «Режимы привязки» - Bog`lanish rejimlari buyrug`i bilan kiritiladi.
«Режимы привязки» - Bog`lanish rajimlari
B uyruq piktogrammasi bog`lanish rejimi va parametrlarini o`rnatishni nazarda tutadi. Piktogramma tanlanganda ekranga «Режимы рисования» - Chizish rejimlari oynasi chiqariladi.
Ushbu muloqot oynasi to`rtta sarlavxa bo`limdan iborat.
Bular:
«Шаг и сетка» - Qadam va to`r (setka)
«Отслеживание» - Kuzatish
«Объектная привязка» - Ob`yekt bog`lovchisi
Do'stlaringiz bilan baham: |