«редактирование» taxrirlash asboblar paneli


«Число элементов:» - Elementlar soni


Download 0.82 Mb.
bet7/21
Sana18.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1570927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
CHIZISH ASBOBLAR PANELIDAGI BARCHA BUYRUQLARNI MISOLLAR YORDAMIDA O’ZLASHTIRISH

«Число элементов:» - Elementlar soni.
«Угол заполнения:» - To`ldirish burchagi.
«Угол между элементами:» - Elementlar orasidagi burchak.
To`ldirish burchagi va Elementlar orasidagi burchak oynachalari qiymat asosida kiritishdan tashqari ko`rsatkich tugmalarga ham egaki, ular yordamida qiymat kiritilmasdan bevosita sichqoncha yordamida ekrandan kerakli burchak nuqtasi tanlanishi mumkin va u qiymat sifatida qabul qilinadi.

  1. Yasash usuli bandining tanlangan sharti asosida kerakli qiymatlar kiritiladi.

  2. «Поворачивать элементы массива» - Massiv elementlarini burish bandi tanlansa belgi olib tashlanadi. Takroran ushbu band tanlansa belgi qaytib o`rnatiladi. Bu band massiv elementlarini markaziy oqga nisbatan burishni nazarda tutadi.

  3. Barcha amallar “OK” tugmasi bilan tasdiqlanishi yoki «Просмотр» - Namoyish tugmasi orqali ko`rib chiqilishi mumkin.

Перенести – Ko`chirish buyrug`i

U shbu buyruq tugmasi ob`yektlarni tuzilishini o`zgartirmasdan bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko`chirishni nazarda tutadi.


Tahrirlash ketma – ketligi:
I usul:

  1. Ob`yekt (Ob`yektlar) sichqoncha yordamida tanlanadi.

  2. Tahrirlash panelidagi «Перенести» - Ko`chirish buyruq piktogrammasi tanlanadi.

E kranga «Базовая точка или ↓» - Bazaviy nuqta yoki ↓ axboroti chiqariladi.



  1. Sichqoncha yordamida ob`yekt (ob`yektlar)ning biron bir nuqtasi ko`chirish uchun asos qilib tanlanadi.

  2. Tanlangan nuqta asosida ob`yekt boshqa nuqtaga ko`chiriladi va sichqoncha yordamida o`rnatiladi.

II usul:

  1. Tahrirlash panelidagi «Перенести» - Ko`chirish buyruq piktogrammasi tanlanadi. Sichqoncha ko`rsatkichi ob`yekt tanlash rejimiga o`tadi.

  2. Ob`yekt (ob`yektlar) sichqoncha yordamida tanlanadi va “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi. Ekranga «Базовая точка или ↓» - Bazaviy nuqta yoki ↓ axboroti chiqariladi.

  3. Sichqoncha yordamida ob`yekt (ob`yektlar)ning biron bir nuqtasi ko`chirish uchun asos qilib tanlanadi.

  4. Tanlangan nuqta asosida ob`yekt boshqa nuqtaga ko`chiriladi va sichqoncha yordamida o`rnatiladi.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling