Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/207
Sana06.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1693302
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   207
Bog'liq
Муғалим журнал 6-2 2022

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
174
Zaruriy emotsional taassurotlar oqimidan mahrum bo‘lgan intellektual rivojlanmaganligi 
bor bola faqat tor doiradagi shaxslar, buyumlar haqida tasavvurga ega bo‘ladi; uning hayoti 
chegaralangan monoton sharoitlarda kechadi. Aqlan zaif bolalar rivojlanish xususiyatlari 
bilan bog‘liq holda normal rivojlanayotgan bolalardan ham ko‘proq kattalarning maqsadga 
yo‘naltirilgan o‘rgatuvchi ta’siriga muhtoj bo‘ladi. Jamoaviy tajribani shiddatli o‘zlashtirish, 
ayniqsa, ilk yoshda ularda deyarli kuzatilmaydi. 
Intellektida nuqsoni bor bolalarning rivojlanish xususiyatlarini tadqiq qiluvchi olimlar, 
ularda birinchi navbatda patologik inertlikni, atrofga qiziqish yo‘qligini ta’kidlaydilar. 
Shuning uchun bu bolalarni o‘qitish va tarbiyalashni tashkil etish uchun ta’sir o‘tkazishni 
quyidagi usullari alohida o‘rin tutadi: bu nuqsonlarni bartaraf etishga qaratilgan, ularning 
bilish faoliyatini faollashtirishga yo‘naltirilgan. Shu tariqa boladagi organik nuqsonga atrof 
olamning qashshoq va ba’zan buzilgan obrazi qo‘shiladi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasida 
o‘yinlarda, bolalarning mustaqilligi va ijodkorligi darajasiga asoslangan klassifikatsiyasi 
tarkib topgan. Shunday qilib bolalar o‘yinlari guruhga bo‘linadi: Ijodiy o‘yinlar va qoidali 
o‘yinlar. Ijodiy o‘yinlarga bola topqirligini, tashabbuskorligini, mustaqlligini namoyon 
qiladigan o‘yinlar kiradi. O‘yinlarda bolalarning ijodiy namoyon bo‘lishi turlicha: Syujet 
va o‘yin mazmunini to‘qishdan hayolidagini yaxshiroq amalga oshirishdan tortib adabiy 
asarlardagi rollarni talqin qilishgacha. Ijodiy o‘yinlar quyidagilarga bo‘linadi: 
– rejissyorlik; 
– teatrlashgan; 
– syujetli-rolli; 
– qurilish materiali bilan o‘yinlar. 
An’anaviy pedagogikada rejissyorlik o‘yinlari syujetli-rolli o‘yinlar o‘zanida 
qaralganligini ta’kidlash lozim. 
Oxirgi paytlarda rejissyorlik o‘yinlarini syujetli rolli o‘yinlarning mustaqil turi sifatida 
xarakterlovchi tadqiqotlarning paydo bo‘lishi munosabati bilan rejissyorlik o‘yinlarini 
ajratish tendensiyasi yuzaga kelmoqda. Rejissyorlik o‘yinlarining asosiy farqi shundaki, bu 
ko‘proq individual o‘yinlar, unda bola xayolidagi vaziyatni to‘liq boshqaradi, bir paytda 
hamma ishtirokchi uchun harakat qiladi. Qoidali o‘yinlar, o‘yinlarning alohida guruhi 
hisoblanadi. Bu guruhdagi o‘yinlar ilmiy va xalq pedagogikasi tomonidan bolalarning 
ta’lim va tarbiyasidagi tayinli vazifalarni hal qilish uchun yaratilgan. 
Bu o‘yinlar tayyor mazmun bilan, o‘yinning qat’iy komponenti hisoblangan qoidalar 
bilan qandaydir topshiriqni bajarish jarayonida ta’lim vazifalari bolaning o‘yin harakatlari 
orqali amalga oshadi. Qoidali o‘yinlar 2 ta katta guruhga bo‘linadi. 
Didaktik o‘yinlar va harakatli o‘yinlar. Bular o‘z navbatida turli asoslarni inobatga olib 
klassifikatsiyalanadi. 
Didaktik o‘yinlar quyidagilarga bo‘linadi. 
1) mazmunga ko‘ra: 
– matematik o‘yinlar; 
– tabiatshunoslik o‘yinlari; 
– nutqiy va h.k. 
2) Didaktik materialga ko‘ra: 
– Buyumlar va o‘yinchoqlar bilan o‘yinlar. 
– Stol ustidagi – yozuvli. 
– Og‘zaki. 
Harakatli o‘yinlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi: 
1) o‘yinning harakatchanlik darajasi bo‘yicha: 
– kamharakatli; 



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling